Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik hamda ulardan foydalanganlik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi
4. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik hamda ulardan foydalanganlik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi Qishloq xo‘jalik korhonalarini moddiy-texnika resurslari bilan talab darajasida ta’minlashga doimo katta e’tibor berilmoqda. CHunki bu sarflanadigan mehnat hamda mablag‘ xarajatlari kamayishi, mehnat unumdorligi yuksalib, foyda summasi ko‘payishi uchun imkoniyat yaratadi. SHunday ekan, qishloq xo‘jalik korhonalarining moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlanish va bu vositalardan foydalanish jarayonini va bu boradagi o‘zgarishlarni bilish talab etiladi. Buning uchun bir qancha ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin. eng avvalo, bu boradagi asosiy ko‘rsatkich – jamoa, shirkat hamda qo‘shma va davlat korhonalarining, hissadorlik jamiyatlarining moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash kerak. Ma’lumki, xo‘jalik o‘z faoliyatida amalga oshiradigan ishlarni tez va sifatli bajarishga intiladi, bu jarayonda texnika vositalari o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlashga alohida e’tibor beradi. Sababi – traktorlar ko‘p, ularga tirkaladigan mexanizmlar kam yoki aksi bo‘lsa, kutilgan samaraga Yerishib bo‘lmaydi. CHorva hayvonlari ko‘p bo‘lib, em-xashak kam bo‘lishi ham foydasizdir. Demak, korhonalar samarali muvozanatdagi moddiy-texnika resurslari bilan talab darajasida ta’minlangan bo‘lishlari kerak. Uning darajasini quyidagi formula yordamida aniqlash lozim:
MTRTD =
Bunda: MTRTD – moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi, so‘m;
Ek - qishloq xo‘jalik yerlarining qiymati (so‘mda);
AFk - asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati (so‘mda);
AS – asosiy vositalarning o‘rtacha yillik eskirish summasi (so‘mda);
AFK – aylanma vositalarning o‘rtacha yillik summasi (so‘mda);
BGk- bog‘lar, tokzorlarning o‘rtacha yillik summasi (so‘mda).
KXe - qishloq xo‘jalik yerlarining maydoni.
Bu ko‘rsatkich yordamida har bir xo‘jalik ixtiyoridagi foydalanilayotgan 1 ga qishloq xo‘jalik yeriga yoki ekin maydoniga qancha so‘mlik moddiy-texnika resurslari to‘g‘ri kelayotganligi aniqlanadi. Uning miqdori talab, ya’ni me’yor darajasida bo‘lishi kerak. Bu umumiy ko‘rsatkich maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa aniq ko‘rsatkichlar yordamida yanada aniqlashtiriladi.
Jumladan, xo‘jalikning ta’minlanganlik darajasini, masalan, asosiy va aylanma fondlar yoki haydov, chopiq traktorlari bilan ta’minlanganlik darajasini shu ko‘rsatkich tarkibidagi boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham alohida-alohida aniqlash mumkin. Ular ushbu darslikning 7-bobida batafsil yoritilgan.
Masalan, korhonalarning energetik resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi. Uning miqdori xo‘jalikdagi jami enYergetik resurslar miqdorini (ot kuchi hisobida) foydalanilayotgan qishloq xo‘jalik yerlari yoki ekin maydoniga taqsimlanib aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Yerk =
Bunda: Yerk - jami enYergetik resurslar quvvati (ot kuchida);
Em (KXe) – jami ekin maydoni (qishloq xo‘jalik yerlari).
Uning miqdori ham me’yor darajasida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Mehnatning enYergetik resurslar bilan qurollanganlik darajasi. U yuqorida ta’kidlangan jami enYergetik resurslar miqdorini (ot kuchida) mehnat qilgan kishilarning o‘rtacha yillik miqdoriga (kishilar) taqsimlab aniqlanadi. Bunda ushbu tenglikdan foydalanish mumkin:
Yerk=
Bunda: Yerk- mehnatni enYergetis resurslari bilan qurollanganlik darajasi (ot kuchi/kishi).
xMr – ishlagan mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni (kishi).
Bu ko‘rsatkichlar korhonada bajariladigan barcha ishlarning qay darajada mexanizatsiyalashayotganligini yoki avtomatlashayotganlik holatini o‘rganishga yordam beradi. Lekin ularning miqdori, yuqorida qayd etganimizdek, belgilangan me’yor darajasida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
SHunday ekan, ishlab chiqarish jarayonlarining mexanizatsiyalashganlik darajasini ham aniqlash lozim. Buning uchun traktor, mexanizmlar, mashinalar yordamida bajarilgan jami ish (etalon gektarda) miqdori korhona bo‘yicha bajarilgan jami ishlar hajmiga (etalon ga) taqsimlanadi. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Md=
Bunda:
Md - ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashganlik darajasi, foizda;
Mi -mashina, traktorlar mexanizmlar yordamida bajarilgan ish (et.ga tonnada);
Ji - jami bajarilgan ish miqdori (et.ga).
Bu ko‘rsatkich jami hamda ayrim ish, ekin turlari bo‘yicha ham aniqlanishi mumkin. Masalan, ekinlarni ekish, ularga ishlov berish, hosilini yig‘ishtirib olish bo‘yicha. CHorvachilikda esa sigirlarni sog‘ish, chorva hayvonlarini sug‘orish, ularga em berish va boshqa ish turlari bo‘yicha. Sigirlarni sog‘ish jarayonining mexanizatsiyalashtirilganlik darajasini aniqlash uchun mashina, agregatlar yordamida sog‘ilgan sigirlar bosh sonini jami sog‘ilgan sigirlar bosh soniga taqsimlab, 100 ga ko‘paytirish lozim. Bu ko‘rsatkichlar 100 foizdan yuqori bo‘lmasligi shart.
YAngi texnikalardan, tehnologiyalardan foydalanish natijasida mehnat, mablag‘ xarajatlari tejalishi ta’minlanadi. Uning darajasini aniqlash uchun yangi texnika, tehnologiya joriy etilmasdan avval qilingan xarajatlardan ular joriy etilganidan so‘ng qilingan xarajatlar miqdori, summasi ayrilib, aniqlangan raqam dastlabki xarajatlarga taqsimlanadi va 100 foizga ko‘paytiriladi. Ularni quyidagi formulalar yordamida aniqlash mumkin:
Xt =
Bunda:
Xt – tejalgan xarajat;
X1 - yangi texnika, tehnologiya joriy etilmasdan oldingi xarajatlar (so‘m);
X2 - yangi texnika, tehnologiya joriy etilgandan so‘ngi xarajatlar (so‘m).
YUqorida ta’kidlangan ko‘rsatkichlar bilan birgalikda xo‘jaliklardagi mavjud moddiy-texnika resurslaridan foydalanish darajasi va samaradorligi ham aniqlanadi. Buning uchun avvalo, mashina-traktor hamda avtomashinalar parkidan foydalanish koyeffitsiyenti aniqlanadi. Buni hisoblash uchun xo‘jalikda foydalanilgan mashina-traktorlar miqdorini unda mavjud bo‘lgan mashina-traktorlar miqdoriga taqsimlash lozim. Uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
MTPFk = ,
Bunda:
MTPFk – mashina-traktor parkidan foydalanish koyeffitsiyenti.
Fs - foydalanilgan mashina-traktorlarning soni (dona).
Ms - mavjud bo‘lgan mashina-traktorlarning soni (dona).
Mashina-traktorlar hamda kombaynlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashganlik darajasi ham aniqlanadi. Uni jami ishlagan mashina kunlari sonini ishlagan mashinalar soniga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Buning uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
k = ; = ; = .
Bunda:
k - bitta mashinaning 1 oyda, mavsumda, yilda ishlagan (qatnashgan) o‘rtacha kuni;
- jami ishlagan mashina kunlari;
- jami ishlagan traktor kunlari;
- kombaynlarning ishlagan jami kunlari;
Ms-ishlagan mashinalari soni;
TS- ishlagan traktorlar;
Ks- ishlagan kombaynlar soni.
Bu ko‘rsatkich yordamida xo‘jalikda 1 traktor, kombayn yoki mashina yil davomida necha mashina-kun ishlaganligi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichning miqdori yuqoriga intilishi qonuniy hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda o‘rtacha va alohida har bir mashina-traktordan, yuk mashinasidan, don kombayni, paxta teruvchi mashinadan foydalanish darajasi ham aniqlanadi. Uni aniqlash uchun mashinalar (tG‘km), traktorlar (et.ga), kombaynlar (gektar, tonna) yordamida alohida-alohida jami bajarilgan ish hajmini shu ishlarni bajarishda qatnashgan, yuqorida ko‘rsatilgan texnikalarning o‘rtacha soniga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
TMKI = ; ; ,
Bunda:
TMKI – traktor, mashinalarning o‘rtacha bajargan ishi (1 smenada, 1 kunda, mavsumda, 1 yilda etalon gektarda, tonna\km, tonnada, gektarda).
Ti, Mi, Ki –traktorlar, mashinalar, kombaynlar yordamida bajarilgan jami ish hajmi (etalon gektarda, tonna-kilometrda, tonnada);
Ts, Ms, Ks – shu ishlarni bajarishda qatnashgan traktorlar, mashinalar, kombaynlarning o‘rtacha soni (dona).
Bu ko‘rsatkichlar yordamida, masalan, 1 ta traktor ma’lum muddatda bajargan ish miqdori aniqlanadi. Uning miqdori yuqori bo‘lgani yaxshi.
Moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligi ham aniqlanadi. Masalan, 1 et. gektarning, 1 tonna km, 1 kilovat soatning tannarxi hisoblanadi. Ular quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
Bunda: eGtn-1 etalon ga. tannarxi (so‘mda);
mexanizatsiya yordamida bajarilgan ishlarga qilingan jami xarajat (ming sum);
-jami bajarilgan ish hajmi (etalon ga).
YAngi texnika-tehnologiyalarga qilingan investitsiyalarning samaradorligi ham aniqlanadi. Buning uchun ularni joriy etish tufayli tejalgan xarajatlar natijasida qo‘shimcha olingan sof daromad summasini ularga qilingan investitsiyalar summasiga taqsimlash lozim.
YUqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar holatini aniqlab, moddiy-texnika resurslari holati, darajasi, samaradorligi aniqlanib, chuqur tahlil qilinadi. Natijada ularga ta’sir etgan omillar aniqlanib, kelajakda ularni yaxshilash chora-tadbirlari belgilanadi.