O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə30/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

9-mavzu. QISHLOQ XO‘JALIGINING ASOSIY VA AYLANMA FONDLARI XAMDA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
(2-soat)
1. Asosiy va aylanma fondlar (vositalar) haqida tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlashtirilishi.
2.Asosiy fondlari (vositalar) va ulardan foydalanish darajasini, samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularning aniqlanishi.
3.Aylanma fondlar (vositalar), ulardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularning aniqlanishi.
4. Asosiy va aylanma vositalarning, fondlarning shakllantirilishi, barpo etilishi.


    1. 1. Asosiy va aylanma fondlar (vositalar) haqida tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlashtirilishi

Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun uning moddiy-tehnika bazasini mustahkam qilib barpo etish lozim. CHunki moddiy-tehnika resurslari yordamida barcha turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ularga qishloq xo‘jaligida, haydaladigan yerlar, yaylovlar, pichanzorlar, bog‘zor, uzumzorlar, traktorlar, mashinalar, binolar, inshoatlar, barcha turdagi chorva hayvonlari, qishloq xo‘jalik texnikalari, mineral hamda mahalliy o‘g‘itlar, yem-xashaklar, yoqilg‘I va yonilg‘I materiallari va boshqa vositalar kiradi. Ularni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda qatnashib, o‘zlarining mazmun, mohiyatiga qarab asosiy va aylanma vositalarga ajratiladi. Asosiy vositalar deb qishloq xo‘jaligida uzoq yillar davomida hizmat qilib o‘z ko‘rinishini o‘zgartirmasdan, o‘z qiymatini asta-sekinlik bilan (eskirishini) ishlab chiqarilyotgan mahsulotlarga, ish va hizmatlarga yilma-yil o‘tkazib beradigan vositalarga aytiladi.
Aylanma vositalar deb tarmoq ishlab chiqarishidagi ish jarayonlarida bir marta qatnashib, o‘zining shaklini to‘liq o‘zgartiradigan hamda o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotlarga, ish va hizmatlarga to‘liq o‘tkazadigan vositalarga aytiladi. Asosiy va aylanma vositalarning qiymat holidagi ko‘rinishiga fondlar deyiladi. Ularni iqtisodiy mohiyati, shakllanishi, ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko‘ra, ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi. Ularni ayrim hollarda ishlab chiqarish jarayonida bevosita va bilvosita qatnashadiganlarga ham bo‘linadi. Masalan, yer, suv, o‘g‘it, urug‘lik, em-xashak, yer haydaydigan, ishlov beradigan traktorlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda bevosita qatnashadi. CHunki ular mahsulot yetishtirish hajmiga, sifatiga bevosita ta’sir etadi. Xo‘jaliklarning ma’muriy, madaniy va boshqa binolari, dala shiyponlari, omborxonalar, hizmat ko‘rsatuvchi texnikalar, kompyutYerlar va boshqa vositalar ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga, ularning sifatiga bilvosita ta’sir etadi. Lekin ularning mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi umumiy ahamiyatini inkor etish maqsadga muvofiq emas. Ular iqtisodiy mohiyatiga, ya’ni shakllantirilishi, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish jarayonida qatnashishiga ko‘ra, asosiy hamda aylanma fondlarga bo‘linadi. Ular natural holida ko‘rinishi va qatnashishi bo‘yicha asosiy va aylanma vositalar ham deb ataladi. Ular ishlab chiqarish jarayonidagi funksional faoliyatiga ko‘ra, mehnat predmetlari hamda mehnat vositalariga bo‘linadi. Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida yaratilib, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda inson mehnati yordamida ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, o‘z shakllarini to‘liq o‘zgartiradigan predmetlar, vositalar tarmoqning mehnat predmetlarini tashkil etadi.
1-chizma
Qishloq xo‘jalik fondlarini turkumlashtirilishi

Ularning natura holdagisi aylanma vositalar, qiymat holidagisi esa aylanma fondlar deb ataladi. Ularga sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan yoqilg‘i, yog‘lovchi materiallar, kimyoviy vositalar, mahalliy o‘g‘it, yem - xashak ish haqi, arzon, tez to‘zuvchi materiallar va boshqalar kiradi. Ular tarmoqning mahsulot ishlab chiqarish va hizmat ko‘rsatish jarayonlarida bir marta qatnashib, o‘z shakllarini to‘liq o‘zgartirib, qiymatini ham ularga o‘tkazadigan predmetlardir. Tarmoqda band bo‘lgan insonlarning ongli mehnati qaratilgan mehnat predmetlari yordamida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, hizmatlarni bajarish maqsadida bir necha yillar davomida foydalaniladigan narsalar, vositalar mehnat vositalari hisoblanadi. Ular tabiat tomonidan hamda sanoat, qishloq xo‘jalik tarmoqlarida yaratilgan bo‘lib, turli xildagi mahsulotlarni yetishtirishda, hizmatlarni, ishlarni bajarishda bir necha yillar davomida foydalanilib, o‘z ko‘rinishini, shakllarini o‘zgartirmasdan, lekin qiymatining ma’lum bir qismini mahsulotlarga, ishlarga, hizmatlarga o‘tkazib boradigan vositalardir. Bunday vositalar hozirgi davrda respublikada 15 (Rossiya FedYeratsiyasida 50) minimal oylikdan yuqori qiymatga ega bo‘lgan va 1 yildan ko‘proq hizmat qiladigan ishlab chiqarish vositalaridir. Ularga qishloq xo‘jalik texnikalari hisoblangan mashina-traktorlar, kombaynlar, seyalkalar, kultivatorlar sug‘orish inshootlari, binolar, stanoklar va boshqalar kiradi. yerlar, tabiiy o‘rmonlar – tabiat mahsulidir. Ishchi va mahsuldor chorva hayvonlari, bog‘zorlar, tokzorlardan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish uchun bir necha yillar mobaynida foydalaniladi. Ular qishloq xo‘jaligining asosiy vositalarini tashkil etadi. Asosiy vositalar yillar davomida jismoniy hamda ma’naviy eskiradi. Fan-texnika taraqqiyoti innovatsion jarayon natijasida yangi, zamonaviy texnikalarning yaratilishi tufayli ular ma’naviy jihatdan ham eskiradi.


Asosiy vositalarning eskirishini ularning amaldagi eskirish me’yorlari (normativlari) yordamida aniqlash mumkin. Ularning eskirish qiymati amortizatsiya summalari, deb ataladi. Asosiy vositalarning eskirish me’yorini belgilab beruvchi amortizatsiya me’yori asosida ularning eskirish qiymati (summasi) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
As = * 100 yoki ;
Bunda: As - asosiy vositaning amortizatsiya summasi (so‘m);
ABk - asosiy vositaning balans qiymati (so‘m);
An - asosiy vositaning eskirish me’yori (koyeffitsiyentda, foizda, yilda).
Asosiy vositalarning amartizatsiya summalari yordamida ularning hizmat qilish muddatlarini ham aniqlash mumkin. Buning uchun asosiy vositaning boshlang‘ich, balans qiymatini uning eskirish summasiga taqsimlash lozim.
Asosiy vositalarning eskirish me’yori (normativi) berilmaganda asosiy vositaning balans qiymatini uning hizmat muddatiga taqsimlash natijasida eskirish me’yori aniqlanadi. Xo‘jalikda bir necha yillar davomida ishlatilgan vositalar kapital ta’mirlangan bo‘lsa, ular balans qiymatiga qo‘shiladi.
Bozor iqtisodi sharoitida korhonalar fan-texnika taraqqiyoti innovatsion jarayon natijasida yaratilgan yangi, serunum texnika vositalarini sotib olishga intiladi. Xo‘jalikda uzoq yillar davomida ishlatilayotgan, ma’naviy jihatdan eskirgan vositalar esa ishlab chiqarishdan chiqariladi. Bunda asosiy vositalarning eskirish summasini aniqlashda tezkor amortizatsiya usulidan ham foydalaniladi. Uni aniqlashning belgilangan me’yori yo‘q. Shuning uchun xo‘jaliklar eskirish summasini o‘z imkoniyatlarini, fan-texnika taraqqiyoti ta’sirini e’tiborga olgan holda hisoblaydilar. Agarda ishlatilayotgan mashinalar, traktorlar, kombaynlar ma’anaviy jihatdan eskirgan bo‘lsa, ularni normativ bo‘yicha emas, qisqaroq davrda eskirishini hisoblab, ishlab chiqarishdan chiqarish mumkin. Lekin bu jarayon ular yordamida yetishtiriladigan mahsulotlarning tannarxlariga bevosita ta’sir etadi. CHunki bunda mahsulot tannnarxiga olib boriladigan amortizatsiya summasi ko‘payadi. Shuning uchun bu usulni qo‘llashdan avval ularning o‘rindoshligini hamda sarf-xarajatlarini, daromadlarini va boshqa jihatlarini e’tiborga olish lozim.
Eskirish qiymatlari yetishtiriladigan mahsulotlarga, hizmatlarga me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Asosiy va aylanma vositalar mahsulot ishlab chiqarib, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki ularsiz talabni qondiradigan miqdorda sifatli mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. Masalan, yersiz, suvsiz, urug‘siz turli xildagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish imkoniyati nihoyatda cheklangan. Mashina, traktor, kombaynlar va mexanizmlarsiz mehnat va mablag‘ sarfi tejalishi ham cheklangan. Demak, ulardan oqilona foydalanish natijasida mehnat va mablag‘ xarajatlari tejaladi.
Demak, asosiy va aylanma vositalardan oqilona va samarali foydalanish tufayli qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti rivojlanadi. Natijada aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yaxshilanadi. Shuning uchun bunday vositalarni yaratishga, qurishga, ta’mirlashga, ulardan yaxshi foydalanishga hukumatimiz alohida e’tibor berib kelmoqda.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin