O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Asosiy fondlari (vositalar) va ulardan foydalanish darajasini, samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularning aniqlanishi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə31/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

2. Asosiy fondlari (vositalar) va ulardan foydalanish darajasini, samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularning aniqlanishi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish fondlari (vositalari)ning katta qismini asosiy fondlar tashkil etadi. Ularga qishloq xo‘jaligida qatnashadigan barcha mehnat vositalari kiradi. Ular qishloq xo‘jalik korhonalarining doimiy kapitalini tashkil etadi. Funksional vazifasiga qarab, asosiy fondlar (vositalar) ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish vositalariga bevosita moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadigan fondlar (vositalar), noishlab chiqarish vositalariga esa, xo‘jalikning klublari, madaniyat saroylari, maktablar, sog‘likni saqlash idoralari, yasli, hammom, ombor va hokazolar kiradi. Ular mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishda katta rol o‘ynaydi.
Asosiy fondlarning alohida turlari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida bir xilda ishtirok etishmaydi. Ulardan ba’zilari asosiy ishlab chiqarish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan va chorvachilik, o‘simlikchilik mahsulotlarini ko‘paytirishda asosiy omil hisoblanadi. Ularga traktorlar, kombaynlar, yuk mashinalari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, texnikalari va hokazolar kiradi. Boshqa asosiy fondlar qurilish, savdo va qishloq xo‘jalik korhonalaridagi umumiy ovqatlanishga va boshqalarga yo‘naltirilgan. Shuning uchun asosiy fondlar (vositalar) qishloq xo‘jaligida bevosita qatnashuvchi va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishida bevosita qatnashmaydiganlarga bo‘linadi.
Tarmoqda mahsulot ishlab chiqarishda asosiy rol qishloq xo‘jaligida qatnashuvchi fondlarga tegishlidir, chunki ular asosiy ishlab chiqarish fondining 80 foizini tashkil qiladi. Bu fondlarga quyidagilar kiradi:

  • Yer resurslari, ayniqsa qishloq xo‘jalik yerlari;

  • ishlab chiqarish sohasidagi binolar;

  • inshootlar;

  • mashina va texnikalar;

  • transport vositalari;

  • ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari;

  • sut beruvchi qoramollar;

  • go‘sht beruvchi qoramollar;

  • ko‘p yillik ekinlar;

  • Yerni yaxshilash uchun qilingan sarflar (inshootlardan tashqari).

  • asboblar va hokazaolar.

Qishloq xo‘jaligining asosiy vositalari, fondlari tarmoqda qatnashish hususiyati bo‘yicha o‘simlikchilik, chorvachilik va umumiy fondlarga bo‘linadi. Ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllanishida esa asosiy fondlar hususiy, ijaraga olingan va ijaraga berilgan, jamoa fondlardan tashkil topadi.
Bundan tashqari qishloq xo‘jaligida tor doirada faoliyat ko‘rsatadigan asosiy fondlar borki, ulardan faqatgina bir mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladi. Masalan, don kombaynlari, paxta teruvchi mashinalar, sigir sog‘uvchi apparatlar va hokazo.
Asosiy vositalar, fondlar ishlab chiqarishning so‘ngi natijalariga bir xilda ta’sir etmaydilar. Shuning uchun ular aktiv va passiv fondlarga ajratiladi. Aktiv fondlarga ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan traktorlar, kombaynlar, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, transport vositalari, mahsulotlarni realizatsiya qilishda ishtirok etadigan vositalar va boshqalar kiradi. Passiv fondlarga esa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida bevosita qatnashmaydigan binolar, inshootlar, melioratsiya ob’ektlari kiradi. Barcha asosiy vositalardan to‘liq va samarali foydalanishga harakat qilish kerak. Buning uchun ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jaligining asosiy vositalari (fondlar) ishlab chiqarishda qatnashishiga ko‘ra quyidagicha turkumlantiriladi. Ulardan qishloq xo‘jaligida doimo to‘liq va samarali foydalanish maqsadga muvofiq.
Asosiy fondlar (vositalar)dan foydalanish darajasi hamda samaradorligini aniqlashda bir qancha ko‘rsatkichlardan, jumladan, asosiy vositalardan foydalanish darajasini isbotlovchi natural ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. CHunonchi, bitta mashinaning bir yil mobaynida bajargan ishi, bitta kombaynning bir yilda ishlagan kuni, hosilini yiqqan maydoni hamda yig‘ishtirgan hosili. Ularni quyidagi formulalardan foydalangan holda aniqlash mumkin:
XM = XT = : XK = .
Bunda: XM, XT, XK - ishlagan mashinalarning, traktorlarning, kombaynlarning o‘rtacha soni (dona);


MI, TI, Ki - mashinalar, traktorlar, kombaynlar bilan jami bajarilgan ish hajmi (tn.km; et; ga, tonna).
Bu ko‘rsatkichlar yordamida har bir turdagi texnikalarning o‘rtacha bir donasi qancha ish bajarganligini ya’ni ularning har birini unumdorligini aniqlash mumkin bu ko‘rsatkichlar darajasi meyoridagidan yuqori bo‘lgani ma`qul.Asosiy fondlardan foydalanish darajasi xo‘jalik, uning ishchi va hizmatchilari fondlar bilan ta’minlanganligiga hamda mehnatning qurollanganligiga bog‘liq.
Mehnatning asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik yoki qurollanganlik darajasi esa, asosiy fondlarning yillik o‘rtacha summasi, shuningdek, ularning quvvati ishlagan ishchi-hizmatchilar (mehnat resurslari) ning o‘rtacha yillik soniga taqsimlanadi. Ularni ushbu formulalar yordamida aniqlash mumkin:

Mt = ; Mt = .


Bunda: Mt – mehnatning (1 kishiga) asosiy fondlar bilan ta’minlanganligi (so‘m/kishi);
AFk – asosiy vositalarning o‘rtacha yillik quvvati (ot kuchida);
Mr – mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni (kishi).
Bu ko‘rsatkichlar xo‘jaliklarning ixtisoslashishiga, mashina-texnikalar bilan ta’minlanganligiga ko‘ra, farq qilishi mumkin. Ayniqsa, oxirgi formula yordamida aniqlangan ko‘rsatkich ishlab chiqarish mexanizatsiyalashtirilishini, avtomatlashtirilishini ta’minlab, jonli mehnat xarajatlarini tejab, mehnat unumdorligi yuksalishiga olib keladi.
Bunda: Afk - fond qaytimi (so‘m);
Fondlar qaytimini bir so‘mlik asosiy fond evaziga ma’lum muddatda olingan yalpi daromad va sof foyda ko‘rsatkichlari yordamida ham aniqlash mumkin. Ular yalpi daromad, sof foyda summasini asosiy fondlarning yillik o‘rtacha qiymatiga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Bunda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:

YADFk =


Bunda: YADFk-yalpi daromad bo‘yicha fond qaytimi (so‘m);
YAD - yillik yalpi daromad summasi (so‘m);
SFFk – sof foyda bo‘yicha fond qaytimi (so‘m);
- yillik sof foyda summasi (so‘m).
Bu ko‘rsatkichlar yordamida 1 so‘mlik asosiy fondlar evaziga necha so‘mlik yalpi mahsulot, yalpi daromad va sof foyda olinganligi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar miqdori yuqori bo‘lgani yaxshi.
Fondlar sig‘imi. Uni aniqlash uchun asosiy fondlarning yillik o‘rtacha summasini yetishtirilgan yalpi mahsulot qiymatiga taqsimlash zarur. Buning uchun quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:
Fs=
Bunda: Fs-fond sig‘imi (so‘m).
Fond sig‘imi esa, bir so‘mlik qishloq xo‘jalik mahsulotini yetishtirish uchun qancha asosiy fond qiymati to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish fondlarining (asosiy va aylanma) iqtisodiy samaradorligi rentabellik ko‘rsatkichi bilan ham xarakterlanadi. Iqtisodiyotda bu ko‘rsatkichni foyda normasi (me’yori) deyiladi. U quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Fn =
Bu yerda: Fn-foyda normasi, foiz;
Fs- foyda summasi, so‘mda.
Foyda normasi bir birlik ishlab chiqarish fondlari qiymatiga qancha foyda olinganligini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkichning darajasi yuqoriga intilishi maqsadga muvofiqdir.

7.3. Aylanma fondlar (vositalar), ulardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularning aniqlanishi.


Qishloq xo‘jaligi vosita va fondlarining muhim qismini aylanma fondlar tashkil etadi. Aylanma fondlar ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonining to‘xtamay amalga oshishini ta’minlab turadi. Ularning natura holidagi ko‘rinishi aylanma vositalar deyilsa, pul (qiymat) shaklidagi ko‘rinishi aylanma fondlar, mablag‘lar, deb ataladi.


Aylanma fondlarga (vositalarga) ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan, qatnashadigan mehnat vositalari va moddiy ne’matlarning ayrimlari kiradi. Aylanma vositalar, mablag‘lar qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, bir shakldan ikkinchi shaklga aylanib turadi. Masalan, bug‘doy urug‘i ekilib, niholi unib chiqishi. So‘ng u yana g‘allaga aylanadi. Bu jarayon falsafa qonuniga ko‘ra, inkorni-inkor etish, deb ataladi. Aylanma fondlar asosiy fondlardan farqli o‘laroq, bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o‘z moddiy qiymatini va shaklini to‘liq o‘zgartiradi. Misol: ekilgan urug‘ o‘simlikka, mineral o‘g‘itlar esa oziqa moddalarga aylanadi, yonilg‘idan foydalanish natijasida mashina-traktorlar ish bajaradi, chorva hayvonlariga yem berilsa, ulardan go‘sht sut yetishtiriladi va hokazolar.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi mavsumiy bo‘lganligi uchun, aylanma fondlarning sarflanishi, tarkibi yil davomida o‘zgarib turadi. Masalan, qishda aylanma fondlarning ko‘p qismi urug‘ va ozuqada, yozda esa fondlarning aksariyat qismi neft mahsulotlari, mashina ehtiyot qismlari, tugallanmagan ishlab chiqarish bilan band bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi korhonalarining aylanma vositalariga, fondlariga quyidagilar kiradi:

  • xomashyo materiallar;

  • o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy vositalar;

  • yoqilg‘i, yog‘lovchi moddalar;

  • idish va idish materiallari;

  • urug‘ va urug‘lik materiallari;

  • qurilish materiallari;

  • ehtiyot qismlari;

  • ozuqalar, em-xashaklar;

  • boquvdagi hayvonlar;

  • arzon baholi va tez eskiruvchi predmetlar;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari:

a) o‘simchilikda;
b) chorvachilikda;
v) sanoat va yordamchi ishlab chiqarishda;

  • realizatsiyaga tayyor mahsulot;

  • xaridorlar bilan hisob-kitob qilishdagi mablag‘lar;

  • material va xomashyolarni sotib olish uchun pul mablag‘lari;

  • hisob raqamidagi, g‘aznadagi mablag‘lar va boshqalar.

Ularning ishlab chiqarish jarayonida bajarayotgan vazifalarini e’tiborga olgan holda quyidagicha guruhlashtirish – ishlab chiqarish zahiralariga, tugallanmagan ishlab chiqarish hamda muomaladagi vosita va mablag‘larga bo‘lish mumkin (7.3.1-chizma).
Aylanma fondlarining aylanishi o‘zida uch bosqichni mujassamlashtiradi: ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya (sotish).
Aylanma fondlar (vositalar) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda xo‘jalik faoliyatining so‘ngi natijalariga bir xil ta’sir etmaydi. Ta’sir etish darajasiga qarab aylanma fondlar:
-qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining hajmini ko‘payishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi;
-ishlab chiqarish jarayoniga va samaradorligiga bilvosita ta’sir qiluvchi fondlarga vosita va bo‘linadi.
Birinchi guruhga urug‘lik, ko‘chatlar, ozuqa, o‘g‘itlar, ximikatlar, boquvdagi hayvonlar kabilar, ikkinchi guruhga yoqilg‘i materiallari, mashina ehtiyot qismlari va boshqalar kiradi.
Aylanma fondlarning tarkibi korhonaning ixtisosiga qarab o‘zgarib turadi. Masalan, don mahsulotlari yetishtiruvchi korhonalarda aylanma fondlarning asosiy tarkibini yoqilg‘i, urug‘lik, ehtiyot qismlar, texnikalar band etgan bo‘lsa, chorvachilik korhonalarida bu tarkibni asosan ozuqa, boquvdagi hayvonlar band etadi. Mavjud bo‘lgan aylanma vositalardan (fondlardan) to‘g‘ri, ya’ni maqsadga muvofiq hamda samarali foydalanish zarur.
Aylanma fondlar (vositalar)dan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin:
Aylanma fondlarning aylanish koyeffitsiyenti. Uni aniqlash uchun sotilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining, ko‘rsatilgan hizmatlarning, bajarilgan ishlarning umumiy qiymatiga asosiy podaga o‘tkazilgan yosh hayvonlarning qiymatini qo‘shib, undan asosiy podadagi hayvonlarni sotishdan tushgan mablag‘ni ayirgandan so‘ng qolgan qiymatni aylanma fondlarning yillik o‘rtacha qoldiq summasiga taqsimlash lozim. U quyidagi formula orqali aniqlanadi:
K =
Bunda:
K - aylanma fondlarning aylanish koyeffitsiyenti;
Sk - sotilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining, bajarilgan ishlar, hizmatlarning qiymati (so‘m);
ExK - asosiy podaga o‘tkazilgan yosh hayvonlarning qiymati (so‘m);
Xs - asosiy podadagi hayvonlarni sotishdan tushgan tushum (so‘m):
AFkk - aylanma fondlarning yillik o‘rtacha qoldiq qiymati (so‘m).
Bu ko‘rsatkich xo‘jaliklardagi aylanma fondlarning bir yil davomida aylanish tezligini ko‘rsatadi. Uning miqdori imkoniyat doirasida birdan yuqori bo‘lgani ma’qul. SHu ko‘rsatkichga asoslangan holda aylanma fondlarning aylanish muddati ham aniqlanadi.
Uni yuqoridagi ko‘rsatkichdan foydalanib, yil davomida aylanma fondlar (vositalar) aylanishining o‘rtacha davrini topamiz. Buning uchun bir yildagi kalendar kunlari umumiy sonini (365 yoki 366) aylanish koyeffitsiyentiga taqsimlab, quyidagi tenglikdan foydalaniladi:
Ad=
Bunda-Ad-aylanma fondlarning aylanish muddati, kun.
YUqoridagi ko‘rsatkichlardan tashqari qishloq xo‘jalik korhonalarida aylanma vositalarning ayrimlaridan foydalanilganlik darajasini ham aniqlash mumkin. Jumladan, mineral o‘g‘itlardan, em-xashak va ozuqa moddalardan, yoqilg‘ilardan va boshqalardan. Ularni natura yoki qiymat holida aniqlash imkoniyati mavjud. Bunda mineral o‘g‘itlardan foydalanishning samaradorlik darajasini quyidagi formulalar yordamida aniqlash mumkin:



Bunda, MO‘ – sarflangan mineral o‘g‘itlarning sof holdagi miqdori samaradorligi; (1kg. yoki 1 so‘milk o‘g‘it evaziga )
YAXm – olingan yalpi hosil miqdori (ekinlar bo‘yicha), tonna;
YAXk – olingan yalpi hosil qiymati, so‘m.
MUm (k) – sarflangan mineral o‘g‘itlar miqdori, qiymati, kg/so‘m.
Bu ko‘rsatkich yordamida sarflangan sof holdagi bir kilogramm (tsent) o‘g‘it mio‘dori qancha yalpi hosil yoki qancha miqdorda mahsulot olinganligini aniqlash mumkin. Uning miqdori qanchalik yuqori bo‘lsa, mineral o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi shunchalik yuksalayotganligidan dalolat beradi.
CHorvachilikda esa sarflangan oziqa birligining samaradorlik darajasini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
Sos =
Bunda:
Sos – mahsulot yetishtirish uchun sarflangan ozuqa miqdorining samaradorlik darajasi;
CHMm – etishitirilgan chorvachilik mahsulotlarining (go‘sht, sut) miqdori, sen (kg);
CHMk – yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining (go‘sht, sut) qiymati, so‘m;
SOm – chorva mahsulotlarini yetishtirishga sarflangan ozuqa birligi.
Albatta, aylanma fondlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda fond qaytimi va fond sig‘imi ko‘rsatkichlaridan ham foydalanish mumkin.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin