O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Asosiy va aylanma vositalarning, fondlarning shakllantirilishi, barpo etilishi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə32/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

4. Asosiy va aylanma vositalarning, fondlarning shakllantirilishi, barpo etilishi
Qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan asosiy va aylanma vositalar bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida turlicha yo‘llar bilan shakllantirilib, barpo etilmoqda. Qishloq xo‘jaligidagi korhonalar ayrim asosiy vositalarni (bino, inshootlarni) o‘zlari qurmoqdalar, qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlamoqdalar, chorva hayvonlarini parvarish qilib, yetishtirmoqdalar. Masalan, bog‘zorlar, tokzorlarni barpo etmoqdalar. Ayrimlarini, ya’ni texnikalarni sotib olmoqdalar, ba’zi birlarini ijaraga olmoqdalar. Bunda o‘z mablag‘laridan hamda chetdan jalb etilgan mablag‘lardan, asosiy vositalarni barpo etishda sof daromadlaridan ajratilayotgan mablag‘, amortizatsiya fondi, asosiy vositalarni sotishdan, tugatishdan tushayotgan mablag‘lardan foydalanmoqdalar. Ular etmagan hollarda aktsiyalar chiqarib, sotish natijasida ham mablag‘larni barpo etish mumkin. Lekin bu munosabat qishloq xo‘jaligi korhonalarida ayrim sabablarga ko‘ra rivojlanayotgani yo‘q.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rivojlantirish maqsadida davlat mablag‘lar bilan yordam bermoqda. Dastavval davlat byudjetidan qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish, foydalanilayotgan zax va sho‘rlangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv bilan ta’minlash ishlari hamda ekologiyani sog‘lomlashtirish uchun mablag‘ ajratiladi. Buning uchun Respublika Moliya Vazirligi qoshida davlat buyurtmalari bo‘yicha belgilangan miqdordagi mahsulotlarni sotib olish uchun maxsus fond tashkil etilgan. SHu fonddan qishloq xo‘jaligiga mablag‘lar transh shaklida berilmoqda. Uning asosiy qismi yilning boshida xo‘jaliklarga ajratilmoqda. Xo‘jaliklar bu mablag‘larning 93 foizidan ko‘proq qismini o‘g‘itlar, yoqilg‘i, yonilg‘i, yog‘lovchi materiallar hamda ehtiyot qismlar sotib olganliklari uchun maqsadga muvofiq sarflaydilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy va aylanma vositalarni ta’sischilarning, homiylarning mablag‘laridan foydalangan holda ham qurish, sotib olish mumkin. Hozirgi davrda qishloq xo‘jalik korhonalari yerlarning unumdorligini oshirish maqsadida sug‘orish, kollektor-drenaj tizimlarini hamda xo‘jalik uchun zarur bo‘lgan bino va inshoatlarni qurishda, kapital ta’mirlashda ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari hizmatlaridan ham foydalanmoqdalar.
Bu kabi ishlarni bajarishga xo‘jaliklarning o‘z mablag‘lari etishmagan hollarda ular o‘zgalarning vaqtincha bo‘sh bo‘lgan mablag‘laridan kreditlar shaklida hamda lizing kreditlaridan ham foydalanishlari maqsadga muvofiqdir. Bunda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan «Agromashlizing» kompaniyasining hizmatlaridan foydalanish mumkin. Chetdan jalb etilayotgan mablag‘larga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar, tijorat banklaridan, hamkorlardan, chet ellardan olinayotgan uzoq, qisqa muddatli qarzlar kiradi. Ular hisobidan asosiy va aylanma vositalar barpo etilmoqda. Asosiy va aylanma vositalar barpo etishning bir qancha yo‘llari mavjud. eng avvalo, qishloq xo‘jalik korhonalari o‘z ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan vositalarni ishlab chiqaruvchilarning o‘zidan olgani ma’qul. Bunday munosabatda o‘rtada vositachilar bo‘lmasligi sababli tegishli vositalar arzonroqqa tushadi. Shuning uchun xo‘jaliklar bu aloqaning doimiyligini ta’minlashga harakat qilishlari kerak.
Lekin hozirgi davrda qishloq xo‘jaligi korhonalari aksariyat asosiy va aylanma vositalarni hizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning tashkilotlaridan, bazalardan (yoqilg‘i, kimyoviy vositalar), birjalardan, auktsionlardan hamda ko‘rgazmalardan sotib olmoqdalar. Ulardan sotib olinayotgan ishlab chiqarish vositalarining bahosi vositachilik ustamasi evaziga ancha yuqori bo‘lganligi sababli ko‘plab mablag‘lar ortiqcha sarflanmoqda.
Kelajakda qishloq xo‘jalik korhonalari ishlab chiqarish vositalarini barpo etish manbalari hamda shakllantirish yo‘llarini rivojlantirishga alohida e’tibor berishlari, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishga Yerishishlari maqsadga muvofiqdir. Bunda ular hamkorlar bilan imkoniyat doirasida uzoqroq muddatga shartnomalar tuzishga intilishlari, shartnomalarning sifatli tuzilishini, to‘liq bajarilishini ta’minlab, o‘zaro ishonch muhitini yaratishlari kerak.
SHu bilan birga ichki va tashqi investitsiyalarni olib kirishga va ularning ko‘lamini kengaytirishga katta e’tibor berish lozim. Buning uchun katta, kichik hajmdagi hamkorlikni rivojlantirish zarur. SHu yo‘llar bilan tarmoq va xo‘jalik rahbarlari asosiy va aylanma vositalarga bo‘lgan talabini qondirishga Yerishishlari mumkin.

Qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan asosiy va aylanma vositalarni sanoatdagi nodavlat mulkchiligidagi mustaqil hissadorlik jamiyatlari ishlab chiqarib sotmoqdalar. Bu jarayonda sanoat korhonalari yakkahokimlik mavqeiga egadirlar. Bunday imkoniyatga ega bo‘lgan subektlarning biri “O‘zkimyosanoat” kompaniyasidir. U ma’lum darajada monopol huquqqa ega bo‘lganligi munosabati bilan sotish narhlarini yuqori o‘rnatish imkoniyatiga ega.


Sanoat korhonalarida qishloq xo‘jaligi uchun zarur hisoblangan asosiy va aylanma vositalarning narhlarini, narhlar o‘rtasidagi mutanosiblikka asoslangan holda davlat tamonidan tartibga solinishi maqsadga muvofiqdir.
Asosiy va aylanma vositalarning narhlarini oshishi hamda ularni yangilarini sotib olish natijasida tarmoq xo‘jaliklarining fondlar bilan ta’minlanishi oshishiga olib keldi. SHu bilan birga asosiy vositalar tarkibida ham sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Xo‘jaliklar mexanizatorlar uchun qulay imkoniyatlarga ega bo‘lgan baquvvat, serunum traktorlar, kombaynlarni turli yo‘llar bilan ola boshladilar. Jumladan, «Magnum» “MTZ-80, “TTZ-80.11” rusumli traktorlarini, «Keys» kombaynlarini va boshqa texnikalarni. Ular qishloq xo‘jaligida qo‘l mehnati mashina va mexanizmlar yordamida bajarilishini ta’minlamoqda.
Kelajakda bu o‘sish sur’atini yanada oshirishga Yerishish lozim. Buning uchun tarmoqda mavjud bo‘lgan barcha asosiy va aylanma fondlar (vositalar)dan yil mobaynida to‘liq va maqsadga muvofiq samarali foydalanish zarur. YAngi, serunum texnikalardan, samarali tehnologiyalardan oqilona foydalanish natijasida dastavval mehnat hamda mablag‘ sarflari tejalishini ta’minlab, yetishtiriladigan mahsulotlarning bir birligi tannarxini pasaytirib, ekinlar hosildorligini, chorva hayvonlari mahsuldorligini oshirish evaziga olinadigan pul daromadlari hamda sof foyda miqdorini ko‘paytirishga Yerishish lozim.
Avvalo, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida band bo‘lgan barcha rahbar, mutaxassis va ishchi-hizmatchilarning asosiy va aylanma vositalardan samarali foydalanish jarayonidagi munosabatlari to‘g‘ri shakllantirilishi, malakalari, ma’suliyatlari oshirilishi taqazo etiladi. Shuningdek, ularda mulkka egalik qilish hissini real shakllantirish va mulkdan samarali foydalanish manfaatdorlik yuksalishini ta’minlashiga amalda ishonch uyg‘otish kerak. Bu ularning mehnatlari ongli va maqsadga muvofiq izga tushishiga olib keladi.

  • Ayni paytda korhonalar ixtiyoridagi barcha asosiy va aylanma fondlar (vositalar)dan yil davomida, oqilona hamda samarali foydalanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni vaqtida, sifatli amalga oshirish lozim. SHundagina korhonalarning joylashishi, ixtisoslashishi va ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlanganligiga, ular o‘rtasidagi mutanosiblikka alohida e’tibor beriladi. Agarda xo‘jaliklar barcha vositalar bilan talab darajasida yaxshi ta’minlanmagan bo‘lsa, bu masalani hal etish imkonini beruvchi tadbirlarni, yo‘llarni aniqlash zarur. Jumladan, asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun quyidagi masalalar vaqtida, sifatli amalga oshirilishini ta’minlashga doimo e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:

  • korhonalarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini me’yoriga yetkazishga, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni, ya’ni bir dona qishloq xo‘jalik mashinasiga bir nechta mexanizmlar bo‘lishini ta’minlashga;

  • mehnat vositalarning holatini, ya’ni ishga yaroqliligini yaxshilashga, ularning mustahkamligini ta’minlashga;

  • MMTP ning texnik hizmat ko‘rsatishini yaxshilash, tez va arzonroq qurish, rejadagi mavjud qurilish materiallaridan oqilona foydalanishga;

  • sanoat korhonalari yetkazib beradigan qishloq xo‘jalik mashinalari va texnikalarini arzonroq baholarda, qulayroq usullarda sotib olishga;

  • qishloq xo‘jaligiga yangi, samarali tehnologiyalarni joriy qilish va hokazolar;

  • mexanizator kadrlarning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirishni rivojlantirishga.

  • Aylanma fondlar (vositalar) dan samarali foydalanishda quyidagilarga e’tibor berilishi zarur: qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini o‘sishiga, hayvonlar mahsuldorligining oshishiga, mahsulot sifatini yuksalishiga, mineral o‘g‘itlar, ozuqalar, urug‘lar. Yoqilg‘I mahsulotlarining tejamli sarflanishiga.

Aylanma fondlar (vositalar) dan samarali foydalanishda quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor berish kerak:

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalaniladigan mehnat predmetlarini tadbirkorlik bilan arzonroq baholarda sotib olish, o‘zlarida ishlab chiqariladiganlari tannarxini tushirish va sifatini yaxshilashga;

  • mehnat va mablag‘ sarflarini tejash, buning uchun yangi texnikalar, ilg‘or tehnologiyalar kengroq va tezroq joriy etilishini ta’minlashga;

  • aylanma vositalarning optimal (maqbul) tarkibini ta’minlashga;

  • aylanma fondlarning aylanish davrini qisqartirishga;

  • ilmiy-texnik taraqqiyot natijalarini qishloq xo‘jaligiga joriy qilishga;

  • mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish va uni rag‘batlantirishni rivojlantirishga.

  • Infratuzilma subektlari faoliyatlarini rivojlantirish va ularning hizmat haqlarini arzonlashtirish lozim.

Bu kabilarning hal etilishi kelajakda qishloq xo‘jaligidagi asosiy aylanma vositalardan, fondlardan, mablag‘lardan yil davomida samarali foydalanilishini ta’minlaydi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin