O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə45/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

15.3 Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rentabelligi va foyda me’yori.

Korhonalarning foydalilik yoki zararlilik darajasini belgilash uchun rentabellik ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Rentabellik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini o‘zida aks ettiruvchi umumlashgan ko‘rsatkich hisoblanadi. U foydalanilgan va iste’mol qilingan ishlab chiqarish resurslari - mehnat, yer-suv, moddiy hamda ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish xarajatlari orqali yetishtirilgan mahsulotdan olingan samaraning miqdor va sifatini, ishlab chiqarishni kengaytirilgan tarzda rivojlantirish imkoniyatini, xodimlarning o‘z mehnatlari natijasidan moddiy manfaatdorligini aks ettiradi.


Rentabellikda mutloq ko‘rsatkich - bu foydadir. Foyda - bu realizasiya qilish natijasida olingan sof daromadning qismi bo‘lib, u mahsulot sotishdan keladigan mablag‘dan - sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarni yoki to‘la tannarx qiymatini chiqarib tashlangan qismiga teng bo‘ladi:
F = PT-TT
Foyda – bu faqat ishlab chiqarish jarayonida tashkil topgan natija hisoblanib qolmasdan, balki mahsulotlarni sotish jarayonida erishilgan oxirgi iqtisodiy ko‘rsatkichdir. Eng avvalo unda jonli mehnat xarajatlari ifodalanadi, chunki uning asosida yalpi daromad yotadi, xodimlarning jonli mehnati bilan yangi mahsulot yaratiladi. Mehnat unumdorligi qancha yuqori bo‘lsa, yangidan yaratilgan qiymatdagi ish haqi salmog‘i shuncha oz bo‘ladi, uning bir qismi foydani tashkil qilishga ketadi. Foydada, shuningdek buyumlashgan mehnat xarajatlarining samaradorligi aks etadi. Mahsulot birligi hisobiga to‘g‘ri kelgan moddiy xarajatlar va ish haqi xarajatlarining kamayishi, baho o‘zgarmaganda foydani ko‘paytiradi va nihoyat bu ko‘rsatkichda mahsulot sifati namoyon bo‘ladi. Foyda bir qator muhim iqtisodiy vazifalarni bajaradi:

  1. O‘lchash vazifasi - foydadan ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi.

  2. Taqsimlash vazifasi - qo‘shimcha mahsulotni taqsimlash vositasi sifatida. 3.Rag‘batlantirish vazifasi - iqtisodiy rag‘batlantirish fondini shakllantirish

manbai sifatida.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish rentabelligi sotilgan mahsulot bo‘yicha hisoblanadi va ifodalash shakliga bog‘liq holda absalyut va nisbiy ko‘rsatkichlarda xarakterlanadi. Foydani aniqlash uslubi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 1995 yil 27 yanvar 9-onli buyrugiga asosan tasdiqlangan
«Foydani hisoblash nizomi» bo‘yicha, keyinchalik, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5-fevraldagi 54-son qaroriga asosan olib boriladi yoki «Moliyaviy natijalarni shakllantirish» bo‘limidagi ma’lumotlar asosida hisoblanadi.

  1. Yalpi foyda(zarar)(YaF) - qishloq xo‘jalik korhonasida tovar mahsulotini sotishdan tushgan tushum, ya’ni sof pul tushumidan (SST)sotilgan mahsulot, tovar, ish va hizmat-larni ishlab chiqarish tannarxi(IT) olib tashlanadi. Bunda sof pul tushumi jami pul tushumidan qo‘shimcha qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, tashqariga chiqarilgan tovar solig‘i, tovar sotib oluvchi tovarni qaytarib berish mumkin bo‘lgan skidkalarni (tabiiy kamayish) chiqarish yo‘li bilan aniqlanadi:

YaF = SST-IT

  1. Korhona asosiy faoliyatidan olingan foyda (zarar) (AFF). Buni aniqlash uchun yalpi foyda (zarar)dan sotish va ma’muriy xarajatlar(davriy xarajatlar)(DX) ayrilib, asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromadlari(BD) va xarajatlari(BZ) ham mos ravishda qo‘shilib va chiqarib tashlanadi:

AFF =YaF-DX+BD-BZ

  1. Korhonaning umuxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar)(UF). Asosiy faoliyatdan olingan foyda(zarar)dan olingan dividentlar, zayomlar bo‘yicha foizlar, valyutaning kurs farqi, boshqa moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromad- lar(MD)qo‘shilib, xarajatlar va bank prosentlari(BX) ayriladi.

UF =AFF+MD-MX

  1. Soliq to‘laguncha foyda(zarar)(STF) umumxo‘jalik fao-liyatidan olingan foyda plyus favqulotda( ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan qurilgan foyda(FF) va minus zarar(FZ) sifatida aniqlanadi:

STF =UF+FF-FZ

  1. Sof foyda(zarar)(SF). U soliq to‘langandan keyin xo‘jalik sub’yekt ixtiyorida qoladi, o‘zida daromad(foyda)dan to‘lanadigan soliqni(DS) va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni(BS) chiqarib tashlangan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:

SF =STF-DS-BS
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish rentabelligining mutloq ko‘rsatkichi bilan bir qatorda uning nisbiy ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich o‘zida rentabellik normasi va foyda normasini ifoda etadi.
Qishloq xo‘jalik korhonalari mahsulotlari o‘simlikchilik va chorvachilik tarmoqlari doirasida ayrim ekinlar va chorva hayvon turlari doirasida, ayrim mahsulot ishlab chiqarish va sotish harajatlari rentabelligi aniqladanadi. Bu ko‘rsatkichni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish jarayonlarida qilingan harajtlarning qoplash muddatlarini aniqlashda univYersal deb hisoblanadi.
Shu bilan birga foyda samaradorlikni yagona va butun qamrab oluvchi ko‘rsatkich hisoblanmaydi. Yangidan yaratilgan qiymatning bir qismi sifatida, u moddiy ishlab chiqarish sohasidagi xodimlar qo‘shimcha mehnati bilan yaratilgan qo‘shimcha mahsulotni pulda ifodalangan qismini ifodalaydi. Uning miqdori ma’lum darajada mahsulot bahosi darajasining asoslanganligiga bog‘liq. Bundan tashqari, foyda strukturaviy o‘zgarishlarga, yuqori rentabelli mahsulot turlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish yo‘li bilan va past rentabelli mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirish yo‘li bilan ham oshishi mumkin. Rentabellikning absalyut ko‘rsatkichi foydaning absalyut miqdorida ifodalanadi.
D = PT-MX
Foydaning absalyut miqdori muhim ahamiyatga ega, u iqtisodiy rag‘batlantirish fondini vujudga keltirishni miqdoriga bog‘liq. Shu bilan birga foydaning absalyut miqdori ishlab chiqarish faoliyatninig iqtisodiy natijalarini to‘la baholashga imkon bermaydi. Amaliyotda ishlab chiqarishda har turdagi mahsulot foydaning absalyut miqdori ko‘p yoki oz olinishi mumkin. Ikki holatda ham mahsulot ishlab chiqarish rentabelli bo‘ladi, lekin uning darajasi turlicha bo‘lishi mumkin, chunki bu tannarxga bog‘liq. Shuning uchun klassik iqtisodchilar shunday deb yozadilar: «Boylik darajasi - mahsulotning absalyut miqdori bilan emas, qo‘shimcha mahsulotni nisbiy miqdori bilan o‘lchanadi». Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish rentabelligini to‘la xarakterlash uchun nisbiy ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi: rentabellik darajasi va foyda normasi. Rentabellik darajasi sof foydani kommYersiya tannarxiga bo‘lish orqali aniqlanadi va foizlarda quyidagi formulalar bilan hisoblaniladi:
F PT-KT PT
R =----* 100 R =----------*100 R = *100
TT TT TT
O‘zbekiston Respublikasining korhonalar bankrotligi va sanasiyalari masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi tomonidan(1997 yil17 aprel 4-son buyrug‘i)hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi bilan (1997 yil 30 may) kelishilgan holda "Korhonaning moliyaviy tahliliga doir uslubiy tavsiyalar (instruksiya)" bo‘yicha olib boriladi. Ushbu yo‘riqnoma bo‘yicha rentabellikning quyidagi ko‘rsatkichlari hisoblanadi:

  1. Mahsulot sotishning rentabelligi koeffisiyenti sotilgan mahsulot birligiga qancha foyda to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Bu koeffisiyent narx belgilash siyosatidagi o‘zgarishlarni va xo‘jalik yurituvchi sub’yektning sotilgan mahsulot tannarxini nazorat qilib turish qobiliyatini ko‘rsatadi. Koeffisiyent dinamikasi narxlarni qayta ko‘rib chiqish yoki moddiy zahiralardan foydalanish ustida nazoratni kuchaytirish zarurligidan dalolat beradi. Uning pasayishi turli sabablarga ko‘ra korhona mahsulotlariga talabning pasayganligini ko‘rsatadi. Rentabellikning ushbu ko‘rsatkichi quyidagicha hisoblanadi:

Agar mahsulot sotish rentabelligi koeffisiyenti hisobot davrida 0 dan kam qiymatga ega bo‘lsa, unda qishloq xo‘jalik korhonasi bu ko‘rsatkich bo‘yicha zarar bilan ishlaydi deb hisoblanadi.

  1. Asosiy vositalar va oborotdan tashqari boshqa aktivlarning rentabelligining koeffisiyenti asosiy vosi-talar va oborotdan tashqari boshqa aktivlardan foydalanish samaradorligini aks ettiradi, ya’ni qishloq xo‘jalik korhonasining moliyaviy xo‘jalik faoliyatida ishlatadigan aktivlardan foyda yoki zarar ko‘rish darajasini ko‘rsatadi:

SF(Z)
Rav = < 0
A1
bunda, SF(Z)-soliqqa tortishga qadar bo‘lgan foyda(zarar) A1-uzoq muddatli aktivlar
Agar aktivlarning rentabelligi koeffisiyenti (zarar-lilik ko‘rsatkichi) hisobot davrida 0 dan kam qiymatga ega bo‘lsa, unda qishloq xo‘jalik korhonasi bu ko‘rsatkich bo‘yicha zarar bilan ishlaydi deb hisoblanadi.

  1. Hususiy kapitalning rentabelligi koeffisiyenti o‘z kapitalidan foydalanish samaradorligini ko‘rsatadi. Koeffisiyent dinamikasi korhona aksiyalari kotirovka darajasiga ta’sir qiladi. Bu koeffisiyent darajasi investisiya qilgan kapitaldan foydalanish samaradorligini belgilash va bu ko‘rsatkichni ushbu mablag‘larni boshqa qiymatli qog‘ozlarga sarflashdan olishi mumkin bo‘lgan daromad bilan pasayishi ham mahsulotlarga talabning pasaygani va aktivlarning ortiqcha to‘planib qolganidan dalolat beradi:

SF(Z)
Rxk =
Xkk
Bunda, Xkq- qishloq xo‘jaligi hususiy kapital qiymati.
Agar hususiy kapital rentabelligi koeffisiyenti 0 dan kichik bo‘lsa, unda qishloq xo‘jalik korhonasi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha zarar bilan yakunlangan hisoblanadi.

  1. Permanent kapitalning rentabelligi koeffisiyenti korhona faoliyatiga sarflangan kapitaldan (o‘zining va qarzga olingan) foydalanish samaradorligini aks ettiradi.

SF(Z)
Rpk =
P1+Xkk
bunda, P1-o‘z mablag‘ manbalari
Agar permanent kapital rentabelligi koeffisiyenti 0 dan kichik bo‘lsa, korhona ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha iqtisodiy nochor hisoblanadi.

  1. Kapital umumiy aylanuvchanligining rentabelligi koeffisiyenti korhona butun kapitalining aylanish tezligini aks ettiradi. Uning o‘sishi korhona mablag‘lari oborotining jadallashganligini yoki narxlarning infilyasion o‘sishini anglatadi.

T
Rkua = < 0


BYa

bunda: BYa - balans yakuni


Agar kapital umumiy aylanuvchanligining rentabelligi koeffisiyenti 0 dan kichik bo‘lsa, korhona ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha iqtisodiy nochor hisoblanadi.
Rentabellikning ko‘rsatkichlari ichida sotilgan mahsulotlarning tannarxiga kiritilgan xarajatlar rentabelligi univYersal ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichni ayrim korhona, tarmoq va mahsulotlar bo‘yicha hisoblash mumkin.
Rentabellikni oshirish omillari deganda eng avvalo foyda omillari tushuniladi.
Foyda omillari 2 guruhga bo‘linadi:

  1. Mahsulot ishlab chiqaruvchiga bog‘liq bo‘lgan va sub’yektiv xarakterga ega bo‘lgan ichki omillar.

  2. Mahsulot ishlab chiqaruvchiga bog‘liq bo‘lmagan va ob’yektiv xarakterga ega bo‘lgan tashqi omillar.

  1. Ichki omillarga sotiladigan mahsulot miqdori, uning sifati, ishlab chiqarish xarajatlari kiradi. Sotiladigan mahsulot miqdori yalpi mahsulot hajmiga va uning tovarlilik darajasiga bog‘liq. Yalpi mahsulot hajmining o‘sishida sotishga mo‘ljallangan mahsulotning miqdori absolyut ko‘payadi. Shuningdek, uning ishlab chiqarish ichki iste’moliga ketadigan qismining o‘sishi nisbiy ko‘payadi. Yalpi mahsulotning ana shu ichki iste’molga ketadigan qismi o‘sish sur’atining pasayishi tovarlilik darajasining oshishiga va shu asosda pul tushumining ko‘payishiga sharoit yaratadi. Yuqori sifatli mahsulot ancha yuqori sotish bahosini ta’minlagani uchun, mahsulot sifati pul tushumi orqali foyda miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi.

Pul tushumi miqdori mahsulotni sotish muddatlariga, sotish bozoriga va uning tarkibiga bog‘liq. Bundan tashqari pul tushumi sotish kanallariga ham bog‘liq. Uning davlatgami, matlubot kooperasiyasigami yoki bozorgami sotilishi ham alohida ahamiyatga ega.
Foydaning muhim omillaridan biri mahsulot tannarxidir. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi yoki oshishi foyda miqdoriga ancha sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

  1. Tashqi omillarga mahsulotni ishlab chiqaruvchilar taklifi va ular o‘rtasidagi raqobat, mahsulotga bo‘lgan bozor talabi kabilar kiradi. U yoki bu mahsulotga yuqori yoki past talab, shuningdek raqobatchilarning mavjudligi yoki qatnashmasligi, sotiladigan mahsulot miqdoriga, baho darajasiga va pirovard natijada foyda miqdoriga ta’sir qiladi.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rentabelligi omillari ekstensiv va intensiv xarakterga ega. Ekstensiv omillar – bu rentabellikka sotilayotgan mahsulotning miqdoridagi o‘zgarishlar orqali ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Intensiv omillar – sotish baholarining o‘sishi va mahsulot tannarxining pasayishi orqali ta’sir ko‘rsatadigan omillardir.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rentabellik ko‘rsatkichlari yillar bo‘yicha oz yoki ko‘p miqdorda tebranib turadi, bu ham bo‘lsa, mahsulot tannnarxi va bahoning o‘zgarishi oqibatidadir. Shuning uchun rentabellik dinamikasi tendensiyasini tahlil etganda, shuningdek u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish qulayligini iqtisodiy asoslash paytida bir necha yillardagi rentabellikning o‘rtachasidan foydalaniladi. O‘rtacha ko‘p yillik baholar ko‘rsatkichida sotilgan mahsulotning miqdori va sifati to‘g‘risida o‘rtacha ma’lumotlar aks etadi, mahsulot birligining o‘rtacha ko‘p yillik tannarxida esa iqlim sharoiti va ishlab chiqarish sharoitlaridagi o‘zgarishlar ta’siri aks etadi. Bir va bir turdagi mahsulotlarning qator yillardagi o‘rtacha rentabellik ko‘rsatkichlarini taqqoslash shu turdagi mahsulot ishlab chiqarish retabelligining o‘zgarishidagi barqaror tendensiyalar haqida ob’yektiv ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi; turli xildagi mahsulotlar
o‘rtacha rentabellik ko‘rsatkichlarini taqkoslash esa, qaysi turdagi mahsulot qulayroq, daromadliroq ekanligi to‘g‘risida fikr yuritishga imkon beradi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rentabelligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash, bir tomondan, mahsulot sotishdan kelgan pul tushumini ko‘paytirish imkoniyatlarini aniqlashga, boshqa tomondan–mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanishni talab etadi.
15.4 Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi ko‘p va turli tuman omillar va sharoitlar ta’siri ostida shakllanadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirish muammosining qiyinligi shundan iboratki, bu omillar bir-biridan alohida mustaqil harakat qilmaydi. Ular bir-biri bilan mustahkam aloqada, bir-biri bilan bog‘liq. Bu omillarni uchta aspektda o‘rganish tavsiya etiladi:
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillari : I.Resurslar va xarajatlar bo‘yicha:

      1. Mehnat sig‘imi;

      2. Yer sig‘imi;

      3. Fond sig‘imi;

      4. Material sig‘imi.

II.Vujudga kelishining asosiy yo‘nalishlari:

  1. Tehnologiya;

  2. Ixtisoslashtirish va konsentrasiya;

  3. Mehnatni tashkil qilish va mehnat haqi;

  4. FTT va ilg‘or tajriba;

  5. Xo‘jalik hisobi va ijara.

III.Xo‘jalik yuritish darajasi bo‘yicha:

  1. Xalq xo‘jaligi;

  2. Tarmoq;

  3. Ichki xo‘jalik.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligiga ta’sir qiluvchi resurslar potensialigining sifat omillari ham mavjud bo‘lib, u quyidagi sxemada ko‘rsatilgan:
Ma’lumki, sof daromad va foyda - ikki xil iqtisodiy kategoriyadir. Agar sof daromad vujudga kelgan barcha qo‘shimcha mahsulot qiymatini ifodalasa, foyda

  • tovar mahsulotini sotishdan olingan qisminigina ifodalaydi. Sof daromadning bir qismi baho va soliq siyosati va har xil to‘lovlar orqali davlat va mahalliy buyudjetlarga borib tushadi va umumxalqq ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Foyda - sotilgan tovar mahsulotidan tushgan pul mablag‘idan shu mahsulotni to‘la ishlab chiqarish xarajatlarining (markazlashgan to‘lovlar ham shunga kiradi) chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanadi:

YaM YaD SD F


S = ; S = ; S = ; S = ;
EkMay EkMay EkMay
4.Fondlardan foydalanish samaradorligi
YaM AF
FK = ----- FS = -----
AF YaM
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish har bir so‘m xarajatga va qo‘llanilgan resurslarga ko‘proq mahsulot va foyda olish demakdir.Bu esa butun xalq xo‘jaligi uchun ham, qishloq xo‘jaligi uchun ham katta ahamiyatga ega:

  1. Mahsulot birligiga mehnat va resurslar qancha kam sarflansa, mavjud resurslardan ko‘proq mahsulot olinadi va ular arzon bo‘ladi.

  2. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish katta iqtisodiy samara beradi. Agar respublika bo‘yicha mehnat unumdorligi 1% ga oshirilsa, hisob-kitoblarga qaraganda bir yilda qo‘shimcha 0,3 mlrd. so‘mlik yalpi qishloq xo‘jalik mahsuloti olinadi. Shuningdek mahsulot tannarxini 1% ga tushurish ham taxminan 0,2 mlrd. so‘mlik yalpi foyda keltiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini samaradorligini 1% ga oshirish esa 0,6 mlrd. so‘mlik kapital qo‘yilmani kamaytiradi.

  3. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish samaradorligi qishloq xo‘jalik xom ashyosidan tayyorlanadigan oziq-ovqat va keng iste’mol buyumlariga qo‘yiladigan baholarning darajalariga ham bog‘liq. Chunki xarajat kam bo‘lsa, Erkin baholar ham bozorda pastroq bo‘ladi.

  4. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish xo‘jaliklarning daromadining ko‘payishga va rentabellikning oshishiga olib keladi. Qancha ko‘p sifatli va arzon mahsulot ishlab chiqarilsa va sotilsa, ishlab chiqaruvchilarning daromad ko‘payadi, ko‘proq ishlab chiqarishni rivojlantirishga, mehnat haqini oshirishga va madaniy-maishiy sharoitlarga mablag‘ ajratiladi

Nazorat uchun savollar:



  1. “Samara” va “samaradorlik” tushunchalarini qanday tushundingiz

  2. Iqtisodiy samaradorlikka ta’rif bering.

  3. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlarini sanab bering.

  4. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rentabelligi va foyda me’yori.

  5. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari.


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin