O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə53/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

Talab etiladigan maydonni aniqlash.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning qiymat bahosi (meyoriy narxi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 19 maydagi 120-sonli “1998-2000 yillarda qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq aniqlanadi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning qiymat bahosi mavjud meyoriy ma’lumotlar asosida aniqlash uchun mo‘ljallangan.


Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning meyoriy baholari, banklardan ipoteka qarzlari berishda, hususiy turar joylar qurish uchun yer ajratib berish va dehqon xo‘jaliklariga meyordan ortiqcha yer ajratib berishda, yer solig‘i stavkalari miqdorini aniqlash, auksion orqali yer uchastkalarini sotish va qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda shu yerning dastlabki bahosini belgilash uchun qo‘llaniladi. Demak, yerlarning meyoriy bahosi quyidagicha hisoblanadi:

      • xo‘jalikning ichki miqyosida; tuproq sifati (boniteti) bir xilda teng bo‘lgan ekin yerlari va boshqa qishloq xo‘jalik yerlarining alohida uchastkalari: bu holda yerning meyoriy bahosi xo‘jalik ichidagi masalalarni yechish, dehqon va fermer xo‘jaliklariga, qurilishga, sug‘oriladigan yerlarni rekonstruksiyalashga va boshqa maqsadlarga yer ajratish uchun aniqlanadi.

      • umumiy miqyosda: qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi korhonalarning yer maydoni yoki qishloq xo‘jalik yerlarining asosiy turlari. Bu holda, yerning meyoriy bahosi, yerga soliq solish stavkasi miqdorini hisoblab chiqish, banklardan yer uchastkalarini garovga qo‘yib kredit olish uchun aniqlanadi. Davlat rejalarini tuzish maqsadida yerning meyoriy bahosini hisoblashning hududiy birligi tuman miqyosida yer uchastkalari, viloyat miqyosida esa ma’muriy tumanlar hisoblanadi.

Yer uchastkasi – o‘z chegaralangan belgisi, maydoni, joylashish joyi, huquqiy strukturasiga (yer egasi, yerdan foydalanuvchisi va boshqalar) ega bo‘lgan yer sathining qismi.
Shartli kadastrli gektar – hosildorligi paxta bo‘yicha gektariga 8 sentnYerni tashkil qiluvchi, boniteti 20 balli, past sifat yerning mahsuldorlik meyori.
Tuproq bonitirovkasi – qishloq xo‘jalik ekinlari o‘sishini va ball bonitetlarda (100 balli tizim bo‘yicha) ifodalanish uchun, ularni ahamiyatliroq tabiiy hususiyatlari bo‘yicha klassifikatsiyalash.
Yalpi mahsulot – maydon birligidan chiqqan jami dehqonchilik mahsulotlarining qiymatda ifodalanishi.
Sof daromad – yalpi mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar o‘rtasidagi farq.
Kadastrli hisoblangan hosildorlik – 100 ballik baholash shkalasi bo‘yicha 1 ball bahoga qabul qilingan s/ga hosildan kelib chiqib, qishloq xo‘jalik ekinlarining hisoblangan hosildorligi.
2.1-jadval. Ball bonitetlari bo‘yicha asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarining kadastrli hisoblangan hosildorligi, s/ga




Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin