O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


O‘simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotini o‘rganish hususiyatlari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə61/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

20.1.2.O‘simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotini o‘rganish hususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti qonunlari, mexanizmlari va kategoriyalari talablarini hamda madaniy qishloq xo‘jaligi ekinlarining botanik, agrotexnik va boshqa hususiyatlarini hisobga olib ular quyidagi turkumlar bo‘yicha hisob-kitob qilinadi va rivojlanish natijalari baholanadi:
1. Boshoqli va dukkakli don ekinlari mahsulotlari;
2. Texnika ekinlari mahsulotlari;
3. Kartoshka ekini mahsulotlari;
4. Sabzavot ekinlari mahsulotlari;
5. Poliz ekinlari mahsulotlari;
6. Chorva ozuqalari va ekinlari mahsulotlari;
7. Mevali dov-daraxtlar mahsulotlari;
8. Tokzorlar mahsulotlari;
9. Pillachilik, tut daraxtlari mahsulotlari;
10.Gulzorlar mahsulotlari;
11.Ixota daraxtlar va o‘rmonzorlar mahsulotlari;
12.Tabiiy pichanzorlar va yaylovlar mahsulotlari va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan madaniy ekinlar o‘z navbatida kichik guruhlarga bo‘linadi. Masalan, don ekinlari oziq-ovqatga, yem-xashakka va boshqa maqsadlarga foydalanilishi bo‘yicha, texnika ekinlari – tola, shakar, yog‘ beruvchi va boshqa turlarga bo‘linib hisob-kitob qilinadi, oxirgi natijalari baholanadi.
Madaniy o‘simliklar mayda guruhlarining o‘ziga xos hususiyatlarini har tomonlar hisobga olib, ularning natura va qiymat shaklidagi iqtisodiy samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy ko‘rsatkichlar tizimi yaratilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
1.Yerni ekishga tayyorlash, ekinlarni eki shva parvarish qilish, hosilni yig‘ib olish usullari.
2.Elita va tovar urug‘lar, ko‘chatlar yetishtirish va ulardan foydalanish.
3.Ekinlarni almashlab ekish rejalaridan foydalanish.
4.Mineral va organik o‘g‘itlardan me’yoriy darajada foydalanish.
5.Mashinalar tizimini yaratish va foydalanish.
6.Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish.
7.Sug‘orish usullarini takomillashtirish.
8.Ekinlar hosildorligini hisob-kitob qilish.
9.Ekinlar mahsulotlarini sifati buyicha navlarga bo‘lish.
10.Mahsulotlardan sof va qayta ishlangan holda foydalanishni va saqlashni tashkil etish.
11.Ekinlar ekish, parvarish qilish, hosilni yig‘ib olish va boshqa jarayonlarda mehnatni me’yorlash, razryadlarga bo‘lish, mehnatni tashkil etishva unga haq to‘lash.
12.Tarmoqlarda kapital quyilmalardan foydalanish samaradorligini oshirish.
13.Mahsulotlar tannarxi, sotish baholari, rentabellik ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri hisoblash va tahlil etishva hokazo.
Ayrim va guruh ekinlar bo‘yicha texnologik jarayonlarni tashkiliy va iqtisodiy munosabatlari, tarixiy davrlar bo‘yicha tahlil qilish va baholash o‘ta murakkab ishdir. U maxsus ilmiy tadqiqot institutlarining izlanish natijalari asosida bajariladi. Ushbu darslikda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish yillaridagi Yerishilgan yutuqlari va ayrim kamchiliklarni qisqa muddatlarda kamaytirish chora-tadbirlari bayon etilgan, xolos. Keltirilgan jadvallarda keyingi 10 yillikda, ya’ni 2005-2014 yillarda qishloq xo‘jaligi ekinlari yalpi hosili va hosildorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, unda mamlakatimizda g‘alla mustaqilligiga Yerishish davri raqamlarda aks etgan. Tahlil etilayotgan davrda g‘alla 1,2 martaga, jumladan bug‘doy ham 1,2 martaga, makkajo‘xori 2,5 martaga, dukkakli don ekinlari 3,3 martaga oshgan. Paxta-xom ashyosi -8,8 ga kamaygan. Bu asosan ekin maydonlari kamayishi hisobiga bo‘lgan.Kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari ham mos ravishda – 2,6; 2,6 va 2,7 martaga ko‘paygan. Shu davrda barcha qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi (arpadan boshqa) oshib borgan.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin