Xorazm-127. 163-F navi S-9062 navi bilan chatishtirilib, ko‘p marotaba yakka tanlash hamda qayta tanlash yo‘li bilan yaratilgan. 2002 yilda Davlat Reyestriga kiritilgan.
O‘suv davri 120-130 kun. Poyasi tik, bo‘yi 90-120 sm, tanasi yashil, o‘rtacha tuklangan. Hosil shoxlari 5-6 bo‘g‘imdan chiqadi. 1,0-1,5 tipda shoxlaydi. Chigiti och yashil, kulrang. 1000 dona chigit massasi 122-132 g. Moydorligi 24,5 foiz. Tola chiqishi 36,5-38,4 foiz, tola uzunligi 34,5-36 mm, uzulish uzunligi 26,2 gk, nisbiy uzulish kuchi 26,0-27,3 gk/teks. Sifat markazi ma’lumotiga ko‘ra, tolaning mikroneyr ko‘rsatkichi 4,2-4,4 ga teng.
Uzun (ingichka) tolali navlardan quyidagilar ekiladi:
TYermiz-16. O‘zPITISurxondaryo filialida A.G.Gavrilov, N.Xolmurodov va boshqalar tomonidan duragaylash usulida yaratilgan. Bir ko‘sakdagi paxta massasi 3,2 g, tola chiqishi 33,7 foiz. Shtapel uzunligi 39,1 mm, tolaning pishiqligi 4,6-4,7 gk, nisbiy uzilish kuchi 36,6 gk/teks, o‘suv davri 119 kun. III tip tola beradi. Fuzarioz vilt kasalligiga chidamli.
TYermiz-24. O‘zPITI Surxondaryo filialida tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Bir ko‘sakning vazni 2,8 g, tola chiqishi 33 foiz. Tola shtapeluzunligi 39,7 mm. Tolaniig pishiqligi 4,7 gk, nisbiy uzilish kuchi 36,2 gk/teks. II tip tola beradi.
TYermiz-31 navi O‘zPITI Surxondaryo filialida A.E.Avliyoqulov, A.A.Tvorogova, Sh.I.Ibragimov va boshqalar tomonidan 6608.V x TYermiz-11 navlarini chatishtirish va turlararo duragaylash hamda qayta tanlash yo‘li bilan yaratilgan. 1997 yilda Davlat reyestriga kiritilgan. Navning tupi cheklangan tipda, konussimon, bo‘yi 100-120 sm, ayrim hollarda har bir tupida 1-2 ta uzun hosil elementlari, 2-3 ta ko‘sak bo‘ladi. Birinchi hosili 3-4 bo‘g‘inlarida paydo bo‘ladi. Ko‘sagi o‘rtacha kattalikda, tuxumsimon, yuraksimon, o‘tkir burunli, yaxshi ochiladi, ochilgach paxtasi chanoqlardan to‘kilmaydi. Tolasining pishiqligi 4,8 gk, nisbiy uzilish kuchi 33,3 gk/teks, uzunligi 38,9 mm, tola chiqishi 34,6 % gacha. O‘suv davri 115 kun. Tolasining rangi oppoq, jahon standartiga to‘g‘ri keladi. Fuzarioz va ildiz chirish kasalliklariga chidamli.
S6037.G.S.Zaysevnomidagig‘o‘zaseleksiyasivaurug‘chiligiilmiytadqiqotinstitutidaYu.XutornoyvaSh.I.Ibragimovlartomonidanchatishtirishyo‘libilanyaratilgan. Ko‘saginingmassasi 3,6-3,8 g, tolachiqishi 30-31 foiz. Tolauzunligi 40-41 mm, pishiqligi 4,3-4,6 gk, nisbiyuzilishkuchi 35,5 gk/teks. Kasallikkachidamli.
O‘zbekiston paxtachiligida istiqbol vazifa uning yalpi hajmini keskin kamaytirmaslik, uning sifatini yaxshilash, asosiy qismini mintaqada qayta ishlash hisoblanadi. Paxtachilik va u bilan bog‘liq bo‘lgan xalq xo‘jaligi tarmoqlarini intensiv rivojlantirish, mavjud mehnat, yer, suv va boshqa moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi, respublika iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga real sharoit yaratadi.
Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda) Respublikada g‘o‘zaning quyidagi navlari: Andijon -37,21.UZ.2012 y., An-16, 9.UZ.2011 y., Besh qaxramon, 9.UZ.2011 y., Gulbahor-2, 9.UZ.2012 y., Do‘stlik-2, 2.15.UZ.2011 y., Ko‘paysin, 9.UZ. 2012 y., Navbahor-2, 9.UZ.2013 y., Ibrat, 3. UZ.2011 y., S-6775, 2.UZ.2013 y., S-8284, 2.UZ. 2014 y., Sulton, 2.UZ.2011 y.rayonlashtirilgan:
Dostları ilə paylaş: |