2-jadval
Tekstil sanoatining tolaga kuygan talablari
Tola tipii
|
Shtapel vazn uzunligi, mm
|
Uzilish kuchi, gk
|
Chizikli zichlik (metrik soni) m/teks
|
Nisbiy uzilish kuchi, GK/teks
|
Tola chikishi, %
|
Sanoat talabi, %
|
I
|
40-41
|
4,7
|
127(7900)
|
57,0
|
32
|
3
|
II
|
38-39
|
4,7
|
137(78900)
|
34,0
|
33
|
4
|
III
|
37-38
|
4,7
|
147(6800)
|
32,0
|
34
|
5
|
IV
|
35-35
|
4,7
|
167(6000)
|
28,0
|
34,5
|
12
|
V
|
33-34
|
4,7
|
179(5600)
|
26,5
|
36
|
64-66
|
VI
|
32-33
|
5,0
|
200(5000)
|
25,0
|
37
|
10
|
VII
|
Ekilmaydi
|
Paxta yetishtiriladigan hududlarda eng hosildor va sifati yuqori g‘o‘zaning ekiladigan barcha navlari ikki guruhga bo‘linadi:
UzuntolalinavlarІ, ІІ, ІІІ - tiptolalarbersa, ІV, V, VІ - tiptolalarniesao‘rtatolalinavlarberadi.
O‘rta tolali g‘o‘za navlarini Davlat nav sinovidan o‘tgan, tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan bir nechtasi ekilmoqda, jumladan:
Namangan-77. G.S.Zaysev nomidagi g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot instituti va Qizil Rovot tajriba xo‘jaligida yaratilgan. Nav o‘rtapishar bo‘lib, o‘suv davri 110 - 125 kun. Vilt kasalligiga chidamli. Bir ko‘sakdagi paxta massasi 5,2 g, tola chiqishi 33,3 foiz, shtapel uzunligi 33,7 mm, tolaning uzilish kuchi 4,7 gk, nisbiy uzilish kuchi 26,2 gk/teks. Tolasi V- tip. Hosildorligi gektariga o‘rtacha 44 s.
Unumdor bo‘z o‘tloq va o‘tloq–botqoq tuproqlarda gektariga 80-90 ming tupdan, sho‘rlangan yerlarda 120-140 ming tupni tashkil etgani ma’qul. Bo‘z tuproqlarda o‘g‘itlarning me’yori N250P175K125 kg/ga.
S-6524. G.S.Zaysev nomidagi g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot institutida duragaylash yo‘li bilan yaratilgan, o‘rtapishar. Tola uzunligi 35,2 mm, tola pishiqligi 4,5-4,6 gk, nisbiy uzilish kuchi 28,5 gk/teks, tola chiqishi 33-34 foiz. Tolasi IV- tipga mansub.
S-6530. G.S.Zaysev nomidagi g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot institutida duragaylash yo‘li bilan yaratilgan. O‘rtapishar navlar guruhiga kirib, vilt kasalligiga chidamli. O‘suv davri 114-124 kunni tashkil etadi. Bir ko‘sakdagi paxta massasi 5,4-6,2 g, tola chiqishi 36,8-37,2 foiz, shtapel uzunligi 35,2 mm, pishiqligi 4,5 gk, nisbiy uzilish kuchi 27,1 gk/teks. Hosildorligi gektariga 40-48 s gacha yetadi.
S-4727. G.S.Zaysev nomidagi g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot institutida duragaylash yo‘li bilan yaratilgan. O‘suv davri 132- 136 kun. Ko‘sakdagi paxta massasi 6,3-6,8 g, tola chiqishi 36 foiz, shtapel uzunligi 33,2 mm, tolaning pishiqligi 4,6-4,8 gk, nisbiy uzilish kuchi 26,2 gk/teks. Tolasi V-tip. Kasallikka chidamsiz.
Dostları ilə paylaş: |