20.1.3 .Bog‘dorchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Bog‘dorchilik tovar mahsulotlarining rentabelligi keyingi yillarda bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida tashkil topadi. Bu ko‘rsatkich asosan sotish baholarining nisbatan oshishi hisobiga erishilgan. Ko‘pchilik xo‘jaliklarda yildan-yilga 1 s mevaning tannarxining ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Bu holat asosan hosildorlik va mehnat unumdorligi darajasining pastligi hamda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash xarajatlarining ko‘payishi bilan bog‘liq.
Sifatliroq va serdaromad mahsulotlarni ko‘proq ishlab chiqarish maqsadida quyidagi real imkoniyatlardan to‘laroq foydalanish zarur:
-hosildorligi hamda tovarlik hususiyatlari yuqori mevalar maydonini kengaytirish, yetarli miqdorda ko‘chatlar tayyorlash, ularni asosan kuz oylarida ekish;
-hosildorlikni oshirish uchun agrotexnologik jarayonlarni o‘z vaqtida sifatli qilib bajarish;
-har ikki – uch yilda gektariga 20-40 chirigan go‘ng, har yili 120-180 kg azot, 60-90 kg fosfor, 30-45 kg kaliy mineral o‘g‘itlarini solish;
-hosilga kirgan bog‘larni o‘rtacha 4-5 marta 600-700 m3 hisobida sug‘orish; yer ostisuvi 1,5-2,0 m chuqur joylashgan joylarda yanvar oyida 2 marta yaxob suvini berish, qulayrog‘i tomchilab sug‘orishni joriy etish;
-kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashni qisqa muddatlarda o‘tkazish;
-tovar mahsulotlarni bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari asosida tashkil topgan mavsumiy baholarda sotish, ularning nobud bo‘lishni keskin kamaytirish va h.k.
20.1.4 .Uzumchilikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
Uzumchilikning asosiy mahsuloti turli xil (xo‘raki, kishmish va sharopbop) uzumlar tarkibida inson organizmi uchun o‘ta foydali shakar (asosan glyukoza), organik kislotalar, teri oshlovchi bo‘yoqlar, fermentlar, vitaminlar, mineral tuzlar va boshqa xushbuy moddalarga boy.
Turli xil uzumlardan ilmiy asoslangan me’yorlarda (80-90 kg) yil davomida istemol qilish katta kaloriyali (go‘sht, yog‘ va boshqa) mahsulotlarning hazm bo‘lish darajasini yaxshilaydi, inson salomatligini mustahkamlaydi, umrini xam uzaytiradi.
Uzum mahsulotlarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati xo‘raki, mayizbop va sharobbop navlari bo‘yicha alohida – alohida tahlil etiladi va baholanadi.
Turli xil uzum navlarining biokimyoviy tarkibi keskin farq qiladi. Masalan, shakarlilik darajasi xo‘raki navlarda 20-25 % gacha, mayizboplarda 30-35 %, vinoboplarda 15-18 %gacha bo‘ladi. Ular to‘liq pishganda yig‘ib olinsa shakarlilik darajasi yanada oshadi.
Xo‘raki uzumlarning asosiy qismini aholi yoz va kuz oylarida istemol qiladi, bir qismini maxsus omborxonalarda saqlab kelasi yil hosili pishganga qadar ham foydalanadi.
Kishmishbop hamda qisman xo‘raki nav uzum quritiladi, mayiz va kishmish tayyorlanadi, yil davomida aholi tomonidan istemol qilinadi.
Sharobbop, qisman xo‘raki va kishmish navlarini oziq-ovqat sanoat tarmoqlari qayta ishlab sharoblar, shampan vinolar, konyaklar, murabbo, shinni, sharbat, kompot, mayonez va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Qayta ishlangan uzum mahsuloti qoldiqlaridan moy ishlab chiqiladi, chorvachilik omuxta yemlariga qo‘shiladi. Toklarning barglari va novdalari chorvachilikda ozuqa, shoxlari va poyalari yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.
Uzumchilikning yuqori xalq xo‘jaligi ahamiyatidan yana biri shundaki, ular 50-60 yillargacha hosil beradi. Ildizlari tuproqqa chuqur joylashadi, qurg‘oqchilikka birmuncha chidamli, tuproq unumdorligi nisbatan past, notekis yerlarda ham hosil beradi va h.k.
Demak, uzumchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sYermehnat va sYerdaromad hisoblanadi. Tarmoqni intensiv rivojlantirish mehnat, yer, suv va boshqa resurslar potensialidan samarali foydalanish uchun imkoniyatlar yaratadi.
Madaniy uzumchilik O‘zbekistonda taxminan 4-6 ming yildan beri rivojlantiriladi. Ammo, obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra uning sosial-iqtisodiy samaradorligidan uzoq yillar barqaror foydalanilmagan.
Sug‘oriladigan yerlarni kengaytirish yillarida tokchilikni rivojlantirish darajasi tezlashtirilgan (1-jadval).
Dostları ilə paylaş: |