29
2. Metodologik ta’minot manbalari.
3. Pedagogik ijodkorlik va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Tayanch so’zlar: Loyiha, refleksiya, tushuncha, ob'ektivlik,
tizimlilik,
kreativlik
2.1.Metodologik tadqiqot va maxsus ilmiy tadqiqot.
Falsafiy nuqtai nazardan metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil
etish va qurish prinsiplari va usullari tizimi,
shuningdek, bu tizim haqidagi
ta’limot (nazariya) sifatida qabul qilinadi. Aniqrog‘i, metodologiya predmeti -
faoliyatni tashkil etish haqidagi nazariya demakdir.
Bu erda qaysi faoliyat haqida fikr yuritilyapti?
Ilmiy faoliyat nazarda tutilyaptimi yoki pedagogik faoliyat?
Bu savolga javobni quyidagi tahlil natija asosida topish mumkin.
Arap o‘qituvchi kundagi odatiy nomahsul (reproduktiv) faoliyat bilan
mashg‘ul bo‘lib, har doim o‘zi o‘zlashtirgan bir xildagi texnologiya bilan ish
ko‘rsa
"dars beruvchi" sifatida faoliyat ko‘rsatsa, bu yerda metodologiya haqida
gap bo‘lishi mumkin emas.
Aksincha,
mahsuldor (produktiv) faoliyat namoyish
etib, misol uchun, ilmiy - tadqiqiy pedagogik faoliyat ko‘rsatsa yoki o‘zining
xususiy mualliflik o‘qitish tizimini yaratsa, shubhasiz,
metodologik faoliyat
vujudga keladi. Keyingi holatda ikki qarama - qarshi tushuncha -
loyiha va
refleksiya - asosiy o‘ringa ko‘tarilyapti. Ma’lumki, har qanday mahsuldor faoliyat
loyihalash ko‘nikmalarini talab etadi. Ilmiy-tadqiqiy ishlarning quyidagi
bosqichlari - ziddiyatlarni aniqlash, muammoni ifodalash, farazlarni qurish va
h.k. - mantiqan tadqiqot loyihalash usulidir.
Amaliy pedagogik faoliyatda ham ta’lim (tarbiya)
tizimlarini loyihalash
ishlari amalga oshiriladi. Bunga
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida
yaratilgan zamonaviy ta’lim tizimi, uni rivojlantirish konsepsiyasi
("portlash
effekti") misolida iqror bo‘lishimiz mumkin.
Ijodiy faoliyatni tashkil etishda har doim refleksiya -loyihaning, jarayon va
natijalarning doimiy tahlili muhim o‘rin tutadi.
Xulosa sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot metodologiyasi ham,
amaliy
pedagogik faoliyat metodologiyasi ham quyidagi uchlik yaxlitligida qurilishi
mumkinligini ta’kidlash lozim: "loyiha texnologiya (ilmiy-tadqiqiy yoki
pedagogik) refleksiya" (A.M. Novikov).
Bu yondashuvlarga tayanib hamda mavjud adabiyotlar tahlili asosida
pedagogika
metodologiyasini
quyidagicha
ifodalash
mumkin:
pedagogika
metodologiyasi o’zida pedagogik nazariya asoslari va tuzilmasi haqidagi bilimlar
30
tizimini, pedagogik hodisa va jarayonlarni tadqiq qilishning yondashuvlarini,
pedagogik voqelikni haqqoniy ifoda etadigan axborotlarni olish
usullarini,
shuningdek, bu bilimlar tizimini qo‘lga
kiritish
bo‘yicha faoliyat tizimini
mujassamlashtiradi. Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rifda ilmiy bilishning ikki jihati -
bilimlar tizimi va ilmiy-tadqiqiy faoliyat qamrab olingan. Yoki ikki faoliyat turi -
metodologik tadqiqot va metodologik ta’minot hisobga olinyapti. Agar birinchisining
vazifasi pedagogika fanlari rivojining qonuniyatlari va yo’nalishlarini,
pedagogik
tadqiqot
larning sifat va samaradorligini oshirish prinsiplarini, ularning tushunchalari
tarkibini aniqlashtirsa, ikkinchisi – metodologik
bilimlardan tadqiqot dasturlarini
asoslashda va sifatini
baholashda foydalanishni anglatadi.
Shu
bilan birgalikda
pedagogik muammolarning umumnazariy muammolar bilan almashtirishga yo‘l
qo‘yib bo‘lmaydi.
Chunki, birinchisi
"qanday qilib metodologiyani pedagogikaga qo‘llash
Dostları ilə paylaş: