36
dolzarbligi respondentlar fikriga tayangan holda aniqlanadi. Bu juda muhim
bosqich hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlanganlar turli soha vakillarining ilmiy tafakkuriga tegishlidir.
Shu bilan birga pedagog - tadqiqotchi o‘ziga xos ba’zi bir xususiyatlar bilan
farqlanib turadi.
Birinchidan, u yetarlicha pedagogik tajribaga ega bo‘lishi, kamida besh-o‘n
yillik
pedagogik jarayonning "ichida qaynashi" kerak. Shundagina, bu
jarayonning siru sinoatlaridan voqif bo‘ladi, uning nozik, ko‘z ilg‘amas joylarini
topadi, muammoni anglay oladi, mavjud ziddiyatlarni shakllantiradi va yangi
yechimini qidira oladi.
Ikkinchidan, pedagogik muammoning dolzarbligi respondentlar fikriga
tayangan holda aniqlanadi. Bu juda muhim bosqich hisoblanadi.
Ma’lumki shogirdni tayyorlashda kuchli shaxslar ko‘magiga tayanish bizda
qadimdan sinalgan usul. Ustoz o‘zining zaif tomonlarini
shogirdiga oshkor
qilmagan holda o‘zidanda kuchliroq ustoz huzuriga yuborishni lozim topgan.
Misol uchun Mashrab hurfikrlashda tashna edi. Birinchi ustozi Mulla Bozor Oxund
(XVII asr) Mashrabni o‘zidan kuchliroq bo‘lgan Hidoyatulloh Ofoq Hojaga
jo‘natadi. Sababi Bozor Oxund shogirdining fikrlashini bo‘lib qo’yishi, o‘zi
bilmagan holda unga zarar etkazishi mumkin edi. Natijada Mashrab Ofoq Hoja
huzurida valiy bo‘lib etishadi.
Pedagogik tadqiqotchi ob’ektlar (o‘qituvchi, tarbiyachi, o‘quvchi - talabalar va
boshqalar) bilan ish ko‘radi va pedagogik tajriba-sinov o‘tkazishda undan
ehtiyotkorlik talab etiladi, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlar qalbiga, dunyoqarashiga, erkin
fikrlashiga sinov davomida putur etmasligi lozim. Xullas, pedagogik voqelikni
to‘g‘ri aks ettirishda tadqiqotchi sog‘lom fikr sohibi bo‘lish uchun metodologik
madaniyatni egallashi shart ekan.
1
Ta’kidlash joizki, ayrim tadqiqotchilar pedagogik
tadqiqotlarning asoslarini
belgilashda pedagogikaning metodologik muammolarini umumnazariy muammolar
bilan almashtirib,
"statistik metodologiya", "pedagogik metodologiya" kabi
ifodalarda noto‘g‘ri talqin qilayotgan hollarga duch kelinmoqda. Sababi falsafa
fanigina metodologik baza hisoblanadi, uning barcha bo‘limlari, tushunchalar,
qonuniyatlari, toifalari metodologik ahamiyat kasb etishi e’tirof qilingan. Shu bilan
birgalikda filosofiyani metodologiya bilan to‘liq almashtirish ham yaramaydi:
metodologiya - bu boshdan - oxir filosofiya emas,
balki uning asosiy
funksiyalarini, ayrim jihatlarini o‘zida aks ettiradi, xolos.
Shunday qilib, hozirgi kunda pedagogika fanining metodologik asosi
filosofiyadir. Filosofiyaning bosh masalasi esa ob’ektiv borliq va inson
o‘rtasidagi o‘zaro aloqani oydinlashtirish hisoblanadi. Olam bilan odam
mavjudligini tadqiq qilish insonning cheksiz faoliyatini va xarakterini o‘rganishdir.
37
Individning shaxs darajasida namoyon bo‘lishida tarbiyaning yetakchi mavqeini
qadimdan faylasuflar tan olishgan va inson tarbiyasi muammosi falsafaning asosiy
masalalari qatoriga kiritilgan. Shu tariqa falsafiy ta’limotlar tarkibida pedagogik
fikr va g’oyalar vujudga kela boshlagan va yillar
davomida rivojlanib borgan,
natijada pedagogika mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Demak, hech
ikkilanmasdan aytish mumkinki, pedagogika fanining metodologiyasini jamiyat
taraqqiyoti qonunlarini ifoda etuvchi zamonaviy filosofiya, uning bilish
nazariyasi tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: