O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi


Pedagogik kreativlik pedagogning kreativlik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Pedagogik kreativlik pedagogning kreativlik 
potensialini 
rivojlantiruvchi metodlar
 
- kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish; 
- yangi-yangi g‘oyalarni yaratishda faollik ko‘rsatish; 
- ilg‘or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o‘rganish; 
- hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish


42 
Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari pedagogik 
muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni 
amalga oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi.
Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati 
ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi 
va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani 
kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik 
yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib 
boriladi. Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu 
faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy 
faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni 
tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga 
alohida e’tibor qaratishi zarur.
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala 
yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning 
rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o‘z oldiga muammoli masalalarni qo‘yish 
orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo‘lgan dalillar bilan to‘qnash 
keladi. Buning natijasida o‘z ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishga nisbatan 
ehtiyoj sezadi.
Kreativlik potensialiga ega pedagog o‘zida quyidagi malakalarni namoyon eta 
oladi: 
Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga 
oshirishi unda kreativlik potensialini yanada rivojlantiradi. Natijada pedagog: 
- bajariladigan vazifaning mohiyati va ahamiyatini belgilay bilish; 
- masalaning qo‘yilishini tahlil qila olish; 
- masalani hal qilish rejasini tuzish; 
- masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz, sintez,
induksiya, deduksiya, taqqoslash va b.)larni qo‘llash; 
- masalani hal qilish usullarini tanlay olish; 
- qabul qilingan qarorning to‘g‘riligini asoslash va qayta tekshirish; 
- masalani hal qilishda kichik tadqiqot (izlanish)ni olib borish; 
- masalani hal qilish sharoiti, jarayonning borishi va masala yechimi yakunlarini 
umumlashtirishga oid dalillarni rasmiylashtirish
- ijodiy fikrlashga odatlanadi; 
- ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish
ko‘nikmalarini puxta o‘zlashtiradi; 
- pedagogika yoki mutaxassislik fani yutuqlari 
hamda ilg‘or tajribalardan foydalanish
imkoniyatlarini mustaqil tahlil qiladi; 

pedagogik jamoa tomonidan olib borilayotgan
ilmiy tadqiqot va ijodiy loyihalarni 
bajarishda faol ishtirok etadi


43 
Pedagogning kreativ potensiali quyidagi tarkibiy asoslarni o‘z ichiga oladi: 
Pedagogning kreativlik potensiali ko‘p darajali jarayon va u quyidagi
tamoyillarga tayanadi: Pedagogning kreativlik potensiali darajasini aniqlovchi 
mezonlar quyidagilar sanaladi: 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin