56
tahlilidan keyin murakkab sistemani tadqiq qilish bilan xarakterlidir. Shunday qilib
tahlil va sintez bog’liq va bir birini to’ldiradi.
Induktiv usul shundan iboratki, xususiyni, yolg’izni kuzatishdan
umumiy xulosa qilinadi, ayrim faktorlardan – umumiyga. Induktiv usul tabiiy va
amaliy fanlarda eng keng tarqalgan usul va uning negizida xususiyat va sababiy
xossalarining ma'lum fakt va ob'yektidan noma'lumga, hali tadqiqlanmaganga
o’tkazish.
Deduktiv usul induktivga teskari umumiy asosga ko’ra xususiy holatini
chiqazish. Deduktiv usul ko’pincha aniq fanlarda qo’llaniladi, masalan,
matematikada, nazariy mexanika, ularda xususiy aloqalari umumiy qonun yoki
aksiomadan keltirib chiqaziladi. Induksiya va deduksiya o’zaro xuddi sintez va
tahlildek bog’langan.
Ilmiy abstraktsiya qilish. Bu usul ko’rilayotgan hodisaning, ba'zan jiddiy
bo’lmagan tomonini xususiydan uzoqlashishda, ya'ni e'tiborni umumiyga jalb
qilishda qo’llaniladi. Ilmiy abstraktsiya qilish muhimini, umumiyini ajratib
ob'yektv reallikni bilishni chuqurlashtiradi.
Nazariy ilmiy tadqiqot jarayonida tadqiqotchi fikran bo’laklanadigan
(ajratib olingan) ayrim xossalari, xususiyatlari, aloqalari va o’zaro aloqalariga
tayanib oxirida ilmiy abstraktsiya bo’lgan ilmiy tushuncha, qonuniyat va boshqa
umumiy qonuniy holatlarini oladi. Ular har qaysi fanning fundamentidir, unda
odatda fanning shu sohasi hamma bilim sistemasi konsenrlashadi.
Formallash, bunda hodisa, joriy matematik atamada formulalarda
ifodalanadi, bunda maxsus simvolika qo’llaniladi, keyin ular bilan ma'lum qoida
bo’yicha ishlar bajariladi. Formallashtirish matematik abstraktsiyalashning negizi
hisoblanadi. U matematik apparatni undan uzoqlashgan fanda ham qo’llash
imkoniyatini beradi, masalan, meditsinada, til bilishda, biologiyada va sh.k.
Pedagogik fanlarda nazariy tadqiqot va umuman matematik usullar keng
qo’llaniladi.
O’xshashlik. Yaxlitlikda alohida ob'yektning ba'zibir belgisi bo’yicha
o’xshashligi. O’xshashlik usuli shundan iboratki, o’rganilayotgan ob'yektning
ba'zibir belgilarining yoki xossalarining o’xshashligidan o’rganilmagannining
boshqa belgi va xossalari o’xshashliklari haqida ham xulosa qiladi. O’xshashlik
usuli modellash jarayonida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: