Dastlabki faraz, ya’ni ishchi faraz aniq ifodalangan tadqiqot muammosiga va
yig’ilgan dastlabki materialning tanqidiy tahlili natijasiga tayangan holda
shakllantiriladi. U bir necha variantda ifodalanadi va ularning ichidan muammo
qo‘yilishiga mosi tanlab olinadi. Ishchi farazni ifodalashning turli usullari bor.
Ular, asosan tadqiqot muammosini aniqlashda va mavzu dolzarbligini asoslashda
nazariy ma’lumotlarga asoslanadi va tadqiqot manbasini chuqurroq o‘rganish
imkonini beradi. Ishchi farazni shakllantirishda anketa so‘rovlari, suhbatlari,
mutaxassis-olimlar bilan maslahatlar va ayrim hollarda dastlabki tajriba-sinov
ishlari ham o‘tkaziladi
DolzarblikYangilik, jamiyat hayoti bilan bog‘liqlik, yetilgan ziddiyat,
aniqlik Tipik kamchiliklari: mavzuning asossiz kengligi, global tusdagi mavzu
ifodalanishida mavhumlik. Masalan, agar «Davlat boshqaruvi» mavzusi
tanlanadigan bo‘lsa, unda bunday mavzu ilmiy ish uchun yaramaydi, haddan ortiq
mavhum bo‘ladi. Birmuncha torroq mavzuni tanlagan ma’qulroq. Muammolilik«Maktabgacha ta’lim –pedagogik fan sifatida » mavzusi
o‘quv ishi (referat, kurs yoki diplom ishi) uchun bo‘lishi mumkin, lekin uning
nomida muammo yo‘q. Hatto o‘quv maqsadlari uchun ham qandaydir aniq bir
jihatni olgan yaxshi: « Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o’yin vositasida maktabga tayyorlash». Bunda muammo yaqqol ko‘rinib turibdi: Maktabgacha
ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga qanday tayyorlashimiz ko’rinib turibdi. Ilmiy
ish uchun undan ham aniqroq mavzuni tanlagan ma’qul: « Maktabgacha yoshidagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimi». Aniqlangan mavzuga muvofiq ravishda aniq-ravshan
ifodalangan maqsad shakllantiriladi.
Tushunchalarning aniqligi Masalan,
«rivojlanish masalalari», «tarbiyaning pasayishi», «muammo falsafasi», «muammoning izoxlanishi» kabi va
boshqa ikki xil ma’noli va noaniq ifodalarni ishlatmaslik kerak.
Lo‘ndalik « O’zbekistonda maktabgacha yoshidagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik mexanizmini takomillashtirish.» Bunday nom to‘g‘ri va ishlatish mumkin, lekin
juda uzun. Uni qisqaroq ifodalagan ma’qul: « Maktabgacha yoshidagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimi ». Birinchi nom ancha aniqroq, lekin idrok etish qiyinroq.
Darvoqe, qisqa nomning ham o‘z kamchiliklari bo‘ladi, shuning uchun muallif