O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Dastlabki faraz, ya’ni ishchi faraz aniq ifodalangan tadqiqot muammosiga va 
yig’ilgan dastlabki materialning tanqidiy tahlili natijasiga tayangan holda 
shakllantiriladi. U bir necha variantda ifodalanadi va ularning ichidan muammo 
qo‘yilishiga mosi tanlab olinadi. Ishchi farazni ifodalashning turli usullari bor. 
Ular, asosan tadqiqot muammosini aniqlashda va mavzu dolzarbligini asoslashda 
nazariy ma’lumotlarga asoslanadi va tadqiqot manbasini chuqurroq o‘rganish 
imkonini beradi. Ishchi farazni shakllantirishda anketa so‘rovlari, suhbatlari
mutaxassis-olimlar bilan maslahatlar va ayrim hollarda dastlabki tajriba-sinov 
ishlari ham o‘tkaziladi
Dolzarblik Yangilik, jamiyat hayoti bilan bog‘liqlik, yetilgan ziddiyat, 
aniqlik Tipik kamchiliklari: mavzuning asossiz kengligi, global tusdagi mavzu 
ifodalanishida mavhumlik. Masalan, agar «Davlat boshqaruvi» mavzusi 
tanlanadigan bo‘lsa, unda bunday mavzu ilmiy ish uchun yaramaydi, haddan ortiq 
mavhum bo‘ladi. Birmuncha torroq mavzuni tanlagan ma’qulroq.  
Muammolilik «Maktabgacha ta’lim –pedagogik fan sifatida » mavzusi 
o‘quv ishi (referat, kurs yoki diplom ishi) uchun bo‘lishi mumkin, lekin uning 
nomida muammo yo‘q. Hatto o‘quv maqsadlari uchun ham qandaydir aniq bir 
jihatni olgan yaxshi: « Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o’yin vositasida 
maktabga tayyorlash». Bunda muammo yaqqol ko‘rinib turibdi: Maktabgacha 
ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga qanday tayyorlashimiz ko’rinib turibdi. Ilmiy 
ish uchun undan ham aniqroq mavzuni tanlagan ma’qul: « Maktabgacha yoshidagi 
bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning
pedagogik tizimi». Aniqlangan mavzuga muvofiq ravishda aniq-ravshan 
ifodalangan maqsad shakllantiriladi. 
Tushunchalarning 
aniqligi 
Masalan, 
«rivojlanish 
masalalari», 
«tarbiyaning pasayishi», «muammo falsafasi», «muammoning izoxlanishi» kabi va 
boshqa ikki xil ma’noli va noaniq ifodalarni ishlatmaslik kerak. 
Lo‘ndalik « O’zbekistonda maktabgacha yoshidagi bolalar faoliyatini 
integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik 
mexanizmini takomillashtirish.» Bunday nom to‘g‘ri va ishlatish mumkin, lekin 
juda uzun. Uni qisqaroq ifodalagan ma’qul: « Maktabgacha yoshidagi bolalar 
faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning
pedagogik tizimi ». Birinchi nom ancha aniqroq, lekin idrok etish qiyinroq. 
Darvoqe, qisqa nomning ham o‘z kamchiliklari bo‘ladi, shuning uchun muallif 



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin