Ikkinchi bosqich - yig‘iladigan ma’lumotlarni axborotlarga almashtirish ,
ularni o‘rganish bosqichi. Bunda olinadigan axborot (ishning muallifi, nomi,
sarlavhasi, chiqqan vaqti, nashri, yili , turi va h.k.) muayyan muammo yechimiga
mos aniq tizimga bo‘lmog‘i lozim. Zamonaviy adabiyotlarda (kitoblarda)
annotatsiya shartli holda bo‘ladi. Agarda tanishilayotgan materiallarning kerakligi
aniq bo‘lib qolsa, uni yana yaxshilab o‘qib,tahlil qilib chiqish kerak. Tahlil paytida
61
quyidagi ketma-ketlikka rioya qilinsa, yaxshi bo‘ladi: (Mavzu: o‘rganilayotgan
muammo), (asosiy mazmuni-maqsadi-mohiyati-muammo yechimi va unga bog‘liq
ko‘rsatgichlar yechimlar topishda ishlatiladigan mezonlar, farmonlar, qonunlar) -
(qo‘yilgan muammoning izlanayotgan yechimiga mos ishlanmalar mavjudligi) -
(tahlil natijasi orqali qaralayotgan muammo yechimiga etishga bo‘lgan ta’sir
bahosi).
Ob’ekt: Bu har qanday ilmiy tadqiqotda asosiy bosqich bo‘lib, bunda
ob’ektni tanlash va asoslash ko‘zda tutiladi. Ob’ektni tanlashda quyidagi ikki
holatni hisobga olish kerak:
- tadqiqot ob’ektlarining tadqiqot olib borish uchun o‘rganilishi
zarurligi va muhimligi;
- ob’ektni o‘rganish zarurligi ko‘proq fundamental (ilmiy-nazariy)
tadqiqotlarga xos va ob’ektning o‘rganilishi muhimligi esa ilmiy-amaliy (ilmiy-
uslubiy, ilmiy-metodik va shu kabi) tadqiqotlarga xos bo‘ladi.
Fundamental tadqiqotlar jamiyat uchun (umuminsoniyat uchun) istiqbolli
yo‘nalishdagi (sohadagi) keng qamrovli tadqiqot olib borishga mo‘ljallangan
bo‘lib, u ilm-fanning asosiy vazifasini va xalqning turmush darajasini yuqori
saviyaga yetkazishni ta’minlovchi amaliy tadqiqotlar asosidir.
Ilmiy-amaliy tadqiqotlar ko‘proq xalq xo‘jaligining muhim sohasidagi
vazifalarning yangi pog‘onalarga ko‘taradi. Jumladan, ta’lim-tarbiya jarayonining
mazmun-mohiyatini, o‘qitish uslubini va texnologiyasini yangi istiqbolli
pog‘onaga ko‘taradi yoki ishlab chiqariladigan mahsulotning ishlab chiqarish
qiymatini pasaytiradi, mustahkamligi (yaroqliligi)ni kuchaytiradi, shuningdek,
foydalanishga qulayligini ta’minlaydi yoki biror texnologik jarayon kechishining
optimal varianti tanlanadi yoki biror texnika ishlab chiqariladi, yoki ishlab
chiqilgan texnika takomillashtiriladi va vaqtning chegaralanganligi: har qanday
tadqiqotni olib borishda, unda muammo qo‘yilishi va vazifalarni e’tiborga olgan
holda ma’lum bir chegaralangan muddat bo‘lishi shart, aks holda ish rejasiz bo‘lib,
vaqtlar o‘tishi bilan tadqiqot dolzarbligi o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin.
Ayniqsa, ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarida, ob’ektni tanlashda muhim ahamiyat kasb
etadi va hattoki tajriba-sinov ishlarini olib borishda vaqtning optimal chegarasini
tanlash tadqiqot samaradorligini ta’minlash mezoni ham bo‘lib olishi mumkin.
Aytaylik pedagogik tajriba sinov ishlari (TSI)ni iyul va avgust oylariga
rejalashtirildi. Bu maqsadga muvofiqmi? Yoki g‘alla ekishda olib boriladigan
TSIni saratonga belgiladik. Bu to‘g‘ri yo‘lmi? Demak, ob’ekt va u bilan olib
boriladigan ilmiy tadqiqot ishi mazmun-mohiyati o‘zaro aloqadorlikda olib
borilishi lozim, biri ikkinchisisiz faoliyat yuritilsa, samarasiz, vaqt me’yorisiz
ilmiy faoliyat yuzaga kelib, ularda ilmiy yangilik bo‘lishining o‘zi ham alohida
muammoga aylanadi.
62
Shuni ham ta’kidlash kerakki, tadqiqot ob’ektini faqat «predmet»: asbob-
uskuna, moslama, mexanizm, mashina va shu kabilar ko‘rinishida tushunish kerak
emas, balki u algoritm, usul, metodologiya, texnologiya, tamoyillar, qonunlar,
qoidalar ishlab chiqarish jarayoni ham bo‘lishi mumkin. Faqatgina ayrim
tadqiqotlarda tadqiqot ob’ekti bilan predmeti ustma-ust tushishi mumkin. Ular
ayrim yangi modda, qurilma, asbob va h.k.ni hosil qilishda uchrashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |