Nazorat uchun savollar: 1.Ilmiy tadqiqot ob’ekti va uning modelini tanlash qanday amalga oshiriladi?
2.Tadqiqot ob’yekti va predmetining muhim belgilari nimalarda iborat?
2.3-MAVZU. PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING MAQSADI VA VAZIFALARI 1. Tadqiqotning maqsadi-ilmiy izlanishning natijasi.
2. “Tadqiqot vazifalari” tushunchasi mazmuni
Tayanch so’zlar: tadqiqot maqsadi, tadqiqot vazifalari, analiz, sintez, model. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi tadqiqot o’zagini tashkil qiluvchi va
yangilik, originallikning muhim belgilariga ega masalalar doirasiga chiqib olishni
ta’minlaydi.
Tadqiqot maqsadi - bu tadqiqotchi o‘z ishini yakunlashda erishishni xohlagan
pirovard natijadir.Muammo yechimi magistrant ishining maqsadi sifatida ko‘rib
chiqiladi. Maqsad tadqiqotning xarakteri, borishi va vazifalarini belgilovchi o’ziga
xos oxirgi sababdir.Shu asosda ish tuzilishining aniq maqsadga bo‘ysundirilishi
kerak bo‘lgan mantiqiyligi kelib chiqadi.
Tadqiqot maqsadini ifodalashdagi «ishlatiladigan» iboralar va so‘z birikmalari: «aniqlash...»,«belgilash...»,«asoslash... », «anqlashtirish... », «ishlab chiqarish...». Misollar. Tadqiqot maqsadiMaktabgacha yoshidagi bolalar faoliyatini integratsiyalash
jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimini nazariy-
metodologik yondashuvlarning asoslanishidan iborat.
64 Tadqiqot maqsadiMaktabgacha yoshidagi bolalar faoliyatini integratsiyalash
jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimining ilmiy-uslubiy
va amaliy tavsiyalarning ishlab chiqilishidan iborat.