O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

59 
aniqlik yoki qisqalikni tanlashi kerak bo‘ladi, yaxshisi esa har ikkalasini ham o‘z 
joyida qo‘llagan yaxshi. 
Nazorat uchun savollar: 
1.Pedagogik tadqiqotlar muammosi nimalardan iborat? 
2. Muammoning qo‘yilishida nimalarni hisobga olish kerak? 
3.Dolzarblik, aniqlik tushunchalarini izohlab bering? 
2.2. MAVZU. PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING OBYEKTI VA 
PREDMETI. 
Reja: 
 
1.Tadqiqot obyekti haqida tushuncha 
2. Tadqiqot ob’yekti va predmetining muhim belgilari. 
Tayanch so’zlar: tadqiqot ob’yekti, tadqiqot bosqichlari,ob’yekt,
matematik model, fizikaviy model. 
 
1.Tadqiqot obyekti haqida tushuncha 
Ilmiy tadqiqot ishlarining dastlabki bosqichi o‘zidan oldingi erishilgan (fan, 
ta’lim, texnika va texnologiya sohalari) yutuq va kamchiliklarni o‘rganish, tahlil 
qilish va tegishli xulosalar chiqarish hamda yondosh sohalar ma’lumotlarini ham 
o’rganishdan boshlanadi. Ayniqsa, pedagogik tadqiqotlarda bularga qo‘shimcha 
ravishda muammo yechimini izlashga zamonaviy texnika va pedagogik 
texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini baholashni ham talab qiladi. Bu 
borada tadqiqotchi yuqoridagi bosqichni o‘tamasa, ishlangan muammolarni 
ishlashga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin va ayrim hollarda mavjud ishlanmalarga 
nisbatan soddaroq (pastroq darajadagi) ishlanmalarga urinish hollari ham uchrab 
qolishi mumkin. Shu sababli ham bu dastlabki bosqich ilmiy tadqiqot ishlarning 
asosiy bosqichlaridan biri bo‘lib, uning samarali bo‘lishi tadqiqotchining ilmiy 
salohiyatining yuksakligiga va ustozining (ilmiy rahbarining) keng qamrovli 
bilimga ega bo‘lishiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. 
Demak, bu jarayon ham o‘ziga xos murakkabliklarga ega, chunki bu bosqich 
orqali ilmiy tadqiqot ishiga «poydevor» qo‘yilishi boshlanadi. Ya’ni muayyan soha 
bo‘yicha e’lon qilingan juda katta hajmdagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni sinflab 
biror tizimga keltirish va ularni axborotga aylantirish lozim bo‘ladi. 
Ilmiy tadqiqot ishini olib borishda mazkur muammo, asosan ikki 
bosqichda olib boriladi. Quyida biz ular to‘g‘risida qisqacha to‘xtalamiz. 



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin