O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Tadqiqot vazifalari. Qo’yilgan maqsadga muvofiq ishda quyidagi vazifalar 
belgilangan: 


67 
- Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ijtimoiy-pedagogik zaruriyat ekanligini nazariy-
empirik jihatdan asoslash; 
Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash borasidagi xalqaro tajribani tahlil qilish; 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni faoliyatini integratsiyalash jarayonida 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari va pedagogik-
psixologik imkoniyatlarini tavsiflash;
Bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash
modelini ishlab chiqish; 
Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-
axloqiy tarbiyalashga yo’naltirilgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish;
Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish; 
Dissertatsiya mazmunini tashkil etuvchi muammo yechimining varianti 
avval-boshda tadqiqotning asosiy farazi sifatida kristallashtiriladi (sxemaga 
qarang). Bu dissertatsiya matnida tekshirilishi va dalillar bilan asoslanishi kerak 
bo’ladigan sinovli yechimdir. Pirovard natijada adabiyotlar bilan ishlash ana shu 
vazifaga xizmat qiladi. 
Maqsad-vazifa: Bunda tadqiqot yo‘nalishi (sohasi), mavzu tanlanib, 
uning dolzarbligi asoslanadi va maqsad ifodalanadi. Ma’lumki, har qanday ilmiy 
tadqiqot ishida maqsad aniq bo‘lmas ekan, ishning oxirgi natijaga etib borishi 
kafolatlanmaydi yoki tizimli ilmiy tadqiqot ishi ham bo‘la olmaydi. Ilmiy tadqiqot 
ishi tizimli bo‘lmadimi, unday ishda samara ham ko‘rinmaydi. 
Demak, maqsad — tadqiqotchi ilmiy faoliyatda etib borishi kerak bo‘lgan 
«ufq»ni belgilaydi. Bu «ufq»qa etib borish uchun esa maqsadlar ketma-ketligini 
belgilab olish kerak va ular vazifalar deb ataladi. 
Tadqiqot vazifalarining, hattoki, tanlab olingan tadqiqot ob’ektida ajratib 
olinadigan soni, amaliy jihatdan cheksizdir. Bu cheksizlik maqsadlari ketma-
ketligini ifodalanishiga qarab o‘zgarib boraveradi. Demak, har qanday ilmiy 
tadqiqotda mavzu dolzarbligi, ob’ekt, maqsad, vazifa, metodologiya aniq bo‘lsa, 
ilmiy tadqiqot ishini olib borish mumkin.
Bu umummetodologik metod ham bo‘lib, har qanday ilmiy tadqiqot ishi 
ushbu qonuniyat asosida amalga oshirilidi. Shuning bilan birga ushbu tipdagi 
tadqiqot ishlarini olib borishda quyidagi bosqichlar muhim ahamiyat kasb etadi: 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin