60 Birinchi bosqich - tadqiqot manbai va unga tegishli ma’lumotlarni izlash.
Ushbu bosqichdagi ilmiy tadqiqot ishida manbani o‘rganish adabiyotlarni
(monografiya, maqola, tezis, referat va h.k.) izlashdan boshlanadi. Bunda, ayniqsa,
monografiyalar va ilmiy anjumanlar materiallarining o‘rni beqiyos.
Ma’lumki, monografiya to‘liq bibliografik ko‘rsatkichga ega bo‘ladi va
ayni bir muammo yechimiga bag‘ishlangan bo‘ladi, shuningdek, ilmiy
anjumanlardagi ma’lumotlar ham muayyan muammoga (yo‘nalishga) tegishli eng
zamonaviy natijalar bo‘ladi. Shu sababli ham bular orqali tadqiqot qilinadigan
muammoga zamonaviy istiqbolli yondashuvlarni (zamonaviy tadqiqot usuli bilan
tanishish) bilish va asosiy adabiyotlar bilan tanishish imkoniyati tug‘iladi.
Umuman olganda, ushbu bosqichni quyidagi ketma-ketlikda olib borilsa ijobiy
samaralarni qo‘lga kiritish mumkin:
- bibliografik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ish yuritish. Ularda muayyan
muammoga tegishli ilmiy, ilmiy-uslubiy jihatdan tayyorlanib, keng tarqalishiga
erishilgan kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy tavsiyanomalar va
ko‘rsatmalar, broshyuralar, davriy ilmiy va ilmiy-uslubiy jurnallardagi maqolalar,
ilmiy anjumanlar materiallar (maqolalar, tezislar), dissertatsiyalar, avtoreferatlar va
shu kabilarga e’tibor beriladi;
- fan va texnikaning muayyan muammoga tegishli referativ jurnallarini va
informatsion varaqalarni hamda boshqa ommaviy axborot vositalaridagi
ma’lumotlarni o‘rganish;
- muayyan muammoga tegishli jurnallardagi ma’lumotlarni muntazam
ravishda o‘rganib va kuzatib borish;
- institutlar ilmiy ishlari bo‘yicha maqolalar to‘plamlarini va an’anaviy
ilmiy-amaliy anjumanlari materiallarini muntazam ravishda o‘rganib borish;
- «INTERNET» xalqaro tarmog‘idan muayyan muammo yechimiga
bag‘ishlangan axborotlarni to‘plash va o‘rganish.
- Ma’lumot manbalarini izlash (kutubxona, ilmiy anjumanlarga qatnashish,
«INTERNET» tarmog‘ida shug‘ullanish, respublika va mintaqaviy ilmiy markazlar
faoliyatidan o‘rganish, ilmiy tadqiqot ishlaridan foydalanish, tadqiqot manbaidagi
suhbatlar uyushtirish, anketa savollariga javoblar olish va h.k.) tadqiqotchining
ilmiy tadqiqot ishiga qanday jalb qilinganlik harakatiga bog‘liq va u ilmiy
faoliyatning uzviy bosqichi bo‘lib, salmoqli o‘rniga ega bo‘ladi.