68
aniqlashdir. Ko‘pchilik tadqiqot ob’ektlarida tahlil bosqichini bajarish dastlabki
ishlardan biri hisoblanadi.
2. Sintez: Ushbu bosqichda qonuniyat (E) va ob’ektning tuzilishini
aniqlash ishlarini hal etadi.
3. Korreksiya (tuzatishlar kiritish): Bu bosqichda asosan kirish
ma’lumotlari
x, va ularni qayta ishlash G‘ qonuniyati orqali chiqish natijalarini U,
ni olish jarayoni faoliyat ko‘rsatadi.
4. Barqarorlik: Yuqoridagi bosqichlarni amalga oshirish davomida
nazorat qilinmaydigan tashqi omillar (ko‘rsatkichlar, parametrlar, masalan,
harorat, namlik va h.k.) o‘zgarmas hisoblanadi va ular boshqarilmaydigan omillar
deb hisoblanadi. Ammo ularning amaliyotdagi o‘zgarishi ilmiy tadqiqot ishiga
ta’sir ko‘rsatadi, chunki tadqiqot jarayonidagi shart-sharoitlar mazkur ishning
samarali kechishida muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli ham barqarorlik, aniq (real)
shart-sharoitlarda ilmiy tadqiqotlarni bajarish tizimining ishga yaroqliligini
ta’minlaydi.
5.Model: U tabiat va jamiyatdagi ob’ektlarda bevosita nazariy va amaliy
tadqiqotlarni olib borishda ilmiy tadqiqot ishining asosini tashkil etib, juda
murakkab tadqiqot bosqichi hisoblanadi. Shuning uchun ham ilm-fan faqatgina
ob’ektlar bilangina emas, balki ularning modellari bilan tadqiqot o‘tkazadi. Bunda
olingan natijalar ob’ektlarda tekshirib ko‘riladi, ya’ni bilimni tushunishlik bu
- o‘zlashtirish va boshqa ko‘rsatkichlarni sintez qiluvchi yakuniy natijalarni
ifodalovchi bir muncha umumlashgan sifatdir.
U bilimning chuqurliligi, mukammalligi va tizimlanganligiga qarab bir
bilimning o‘zi turlicha tushunilishi, ifodalanishi va undan foydalanilishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: