67
- Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ijtimoiy-pedagogik zaruriyat ekanligini nazariy-
empirik jihatdan asoslash;
Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash borasidagi xalqaro tajribani tahlil qilish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarni faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari va pedagogik-
psixologik imkoniyatlarini tavsiflash;
Bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash
modelini ishlab chiqish;
Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-
axloqiy tarbiyalashga yo’naltirilgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish;
Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish;
Dissertatsiya mazmunini tashkil etuvchi muammo yechimining varianti
avval-boshda tadqiqotning asosiy farazi sifatida kristallashtiriladi (sxemaga
qarang). Bu dissertatsiya matnida tekshirilishi va dalillar bilan asoslanishi kerak
bo’ladigan sinovli yechimdir. Pirovard natijada adabiyotlar bilan ishlash ana shu
vazifaga xizmat qiladi.
Maqsad-vazifa: Bunda tadqiqot yo‘nalishi (sohasi), mavzu tanlanib,
uning dolzarbligi asoslanadi va maqsad ifodalanadi. Ma’lumki, har qanday ilmiy
tadqiqot ishida maqsad aniq bo‘lmas ekan, ishning oxirgi natijaga etib borishi
kafolatlanmaydi yoki tizimli ilmiy tadqiqot ishi ham bo‘la olmaydi. Ilmiy tadqiqot
ishi tizimli bo‘lmadimi, unday ishda samara ham ko‘rinmaydi.
Demak,
maqsad — tadqiqotchi ilmiy faoliyatda etib borishi kerak bo‘lgan
«ufq»ni belgilaydi. Bu «ufq»qa etib borish uchun esa maqsadlar ketma-ketligini
belgilab olish kerak va ular
vazifalar deb ataladi.
Tadqiqot vazifalarining, hattoki, tanlab olingan tadqiqot ob’ektida ajratib
olinadigan soni, amaliy jihatdan cheksizdir. Bu cheksizlik maqsadlari ketma-
ketligini ifodalanishiga qarab o‘zgarib boraveradi. Demak, har qanday ilmiy
tadqiqotda mavzu dolzarbligi, ob’ekt, maqsad, vazifa, metodologiya aniq bo‘lsa,
ilmiy tadqiqot ishini olib borish mumkin.
Bu umummetodologik metod ham bo‘lib, har qanday ilmiy tadqiqot ishi
ushbu qonuniyat asosida amalga oshirilidi. Shuning bilan birga ushbu tipdagi
tadqiqot ishlarini olib borishda quyidagi bosqichlar muhim ahamiyat kasb etadi:
Dostları ilə paylaş: