O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

paydo bo’ladi). 
Ilmiy tadqiqotni o’tkazishga ehtiyojning belgilanishi. 
Agar ilmiy tadqiqot ma’lum va hamma tomonidan qilinishi mumkin bo’lsa, 
unda bunday tadqiqotni o’tkazish talab etilmaydi. 


65 
Markaziy ilmiy, ko’pincha ilmiy-ommaviy nashrlar bo’yicha batafsil tahlil 
o’tkazilganidan keyin va shunga o’xshash yechimlar topilmaganida tadqiqotchi 
original yechimni topish uchun to’liq ilmiy tadqiqotni o’tkazish bo’yicha reja 
tuzishi kerak bo’ladi. 
lmiy tadqiqot maqsadlarining belgilanishi va joy-joyiga qo’yilishi 
Maqsad — ehtiyoj mahsuli. Aniq ifodalangan ehtiyoj ko’pincha maqsadni 
belgilaydi. Ilmiy tadqiqotni o’tkazishda asosiy maqsad shu asosiy maqsaddan kelib 
chiqadigan, jami bo’lib ilmiy-texnik ishga singib ketadigan kichik maqsadlarga 
bo’linib ketadi. Ularni o’z o’rinlariga to’g’ri joylashtirish zarur, shunda 
maqsadlarning joy-joyiga tushishi va ilmiy izlanishdagi muayyan izchillik hosil 
bo’ladi. 
Dissertatsiyaning predmetli sohasining bir tizimga solinishi. 
Bir tizimlilik — ilmiylikning muhim belgilaridan biri. Bilimning ilmiy 
tizimga solinishi to’liqlikka intilish, bir tizimga solishlikning asoslari va ularning 
ziddiyatli emasligi haqidagi aniq tasavvur bilan tavsiflanadi. Bir tizimlilik tadqiqot 
predmeti va ob’ektini tasniflash mahorati orqali amalga oshiriladi. Tasniflash 
tadqiqotni nafaqat bir tizimli qiladi, shu bilan birga ishlab chiqayotgan ilmiy 
nuqtani aniq belgilaydi. 
Tasniflashga talablar - predmetli sohani 3 - 6 ta muhim belgilarga qarab 
bo’lish, ravshanlik va ko’rgazmalilik, bir tizimga solinayotgan predmetli sohaning 
imkoni boricha to’laroq qamrab olinishidir. 
Tadqiqot maqsadlari va tipi, yangilik elementlari asosidagi vazifalar doirasi: 
• Ma’lum g’oyalarning chuqurlashtirilishi, ularning foydasiga mantiqiy
va amaliy tusdagi qo’shimcha dalillarning keltirilishi, yangi hayotiy faktlar
yoki raqiblarning dalillari munosabati bilan ularning himoya qilinishi; 
• 
masalaning rivojlangan nazariyasining yaratilishi, unga ma’lum g’oyalar 
asosida amaliy tusdagi faktlarning qo’shilishi; 
• 
yangi g’oyalarning ilgari surilishi, yangi takliflarning ishlab chiqilishi, 
yangi xulosalarning olinishi, yangi shakllar va qonuniyatlarning ochilishi, eski 
xulosalar va qoidalarning qayta ko’rib chiqilishi, shakllar, kategoriyalar, 
qonunlarning yangicha talqin qilinishi; 
• yangi nazariyalar, konsepsiyalarning ifodalanishi. 
Adabiyotlarga murojaat etish, ularning tanlanishi, ular ustidagi ishning 
mantiqiyligi va izchilligi muammoning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi
sizning sa’y-harakatlaringizning aniqligi va samaradorligi esa muammoning 
qo’yilishining aniqligi va mantiqan to’g’riligiga bogliq bo’ladi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin