O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi


Farazlarni qurishning prosessual tuzilmasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Farazlarni qurishning prosessual tuzilmasi. 
Ushbu faktlar doirasini izohlovchi sabab haqidagi taxmin tuziladi. 
Yo’l qo’yilgan sababdan oqibatlar ajratiladi va tajribadagi ma’lumotlar bilan 
qiyoslanadi. 
Uning farazning tasdiqlanishi yoki inkor etilishiga olib boradigan barcha 
qoidalari astoydil tekshiriladi: 
izohlovchi 
Bayon 
qiluvchi 
Bashorat 
qiluvchi 
Farazlar-
asoslar 
Farazlar-
oqibatlar 


73 
• tasdiqlash uchun uning empirik ma’lumotlarning imkoni boricha ko’prog’i 
bilan kelishuvi talab qilinadi; 
• inkor qilish uchun tajribaga mos tushmagan bir faktning o’zi yetarli. 
Farazning 
ifodalanishidagi 
“qo’llaniladigan” iboralar va so’z 
birikmalari: 
«agar..., unda...», «chunki ...», «bo’lgani holda...» 
Ular tadqiqotchining e’tiborini hodisaning mohiyatini ochish, sababli-oqibatli 
aloqalarni belgilashga qaratadi. 
M A G I S T R L I K D I S S E R T A S I Y A S I  
Magistrlik dissertatsiyasining tanlangan mualliflik
annotatsiyasi bilan ishlashni davom ettiring va ushbu tadqiqot farazini ifodalashga 
harakat qiling. Tahlil tanqidiy nuqtai nazardan qaraladi va o‘rganilayotgan 
manbaga nisbatan yutuq hamda kamchiliklar baholanadi. Shular asosida ilmiy 
farazni ifodalab olish imkoniyati tug‘iladi. 
Ishchi faraz-kuzatilgan omilning jarayonning yoki hodisaning ehtimoliy, 
bashoratli, faraziy rivoji keltirib chiqaradigan tadqiqotchi tomonidan asoslab 
aytilgan fikr, qarash. 
Ilmiy farazni shakllantirishda mavjud bilimlar (tahlil qilingan) chegarasidan 
chiqadigan yangi mazmunli holatlar ifodalanadi. 
Ehtimoliy faraziy holatlarda yangi g‘oyalar, qarashlar, ta’limotlar olg’a 
suriladi hamda ular asosida yangi ilmiy natijalar paydo bo’lishi rejalashtiriladi 
Ilmiy faraz ilm-fanni rivojlantirishda va ilm-fan mazmunini o’rgatishda 
muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Ilmiy faraz dastlab ilmiy fikrga asoslangan bo‘lib, 
ichki his va sezgi bilan olg‘a suriladigan shaklda paydo bo‘ladi, chunki ilmiy 
dunyoqarash (tafakkur)siz fan-texnikada hech bir ilmiy g‘oya (fikr, ta’limot, 
qonuniyat)ni shakllantirib bo‘lmaydi. Ammo aniq bir hodisa jarayon yoki predmet, 
xullas manba to‘g‘risidagi taxmin yoki fikr ilmiy faraz bo‘la olmaydi. Faqatgina 
quyidagi-shartlarni qoniqtira oladigan taxminlar ilmiy faraz bo‘la olishi mumkin: 
1.Tahlil natijasida shakllangan xulosa taxminlarning barchasiga teskari 
bo‘lmasligi kerak; 
“ Shakllangan xulosa”ning ro‘y berish ehtimolligi asoslangan bo‘lishi kerak; 
2. Shakllangan xulosaning nechog‘lik muammo yechimiga erishishiga ta’sir 
ko‘rsata olishgiga e’tibor qaratilib, unga muammo yechimiga yetgunga qadar 
suyana olishga imkoniyat yaratilgan bo‘lishi lozim; 
3.Ishchi faraz tadqiqot manbaiga mos muammo yechimiga yerishishni 
ta’minlamog‘i lozim; 


74 
Ishchi faraz ilmiy tadqiqot ishining asosiy sharoitlarini, harakatlantiruvchi 
kuchini aniqlaydi. Ishchi faraz, ilmiy tadqiqot ishining rivoji va hech bo‘lmaganda 
shunga yaqin natijani qo‘lga kiritishni o‘z zimmasiga oladi. Ammo buni olg‘a 
surilgan faraz nazariy va amaliy asoslangandan keyingina olish mumkin, ya’ni 
ilmiy tadqiqot ishi jarayonida asoslangan, tasdiqlangan va rivojlangan ishchi faraz 
ilmiy nazariyaga o‘sib o‘tadi. 
To‘liq ilmiy asoslangan, tahliliy ishchi faraz keyingi ishlarni 
rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ladi, chunki har qanday ilmiy tadqiqot ishida 
nazariy va amaliy qism bo‘lib, ular tadqiqot manbaini tasdiqlaydigan aniq 
ko‘rsatkichlarga (omillarga, vositalarga, parametrlarga) ajratish imkonini beradi. 
Bulardan tashqari ishchi faraz ilmiy tadqiqot ishining asosiy poydevorlaridan biri 
bo‘lib, uning yordamida ilmiy tadqiqot ishini to‘g‘ri boshqara oladigan dastlabki 
analitik ishchi faraz shakllantiriladi va shu asosda muammo yechimi bo‘yicha 
ilmiy izlanishlar boshlab yuboriladi. 
Ishchi faraz - kuzatilgan omilning, jarayonning yoki hodisaning ehtimoliy, 
bashoratli, faraziy rivoji keltirib chiqaradigan tadqiqotchi tomonidan asoslab 
aytilgan fikr, qarash. Ma’lumotlarni o‘rganish manbai va unga tegishli. 
Ilmiy faraz — bu avvalo, ilmiy fikrga asoslangan bo‘lib, u ichki his va sezgi 
bilan olg‘a suriladigan shaklda paydo bo‘ladi, chunki ilmiy dunyoqarash 
(tafakkur)siz fan - texnikada hech bir ilmiy g‘oya (fikr, ta’limot, qarash, 
qonuniyat)ni shakllantirib bo‘lmaydi. 
Ishchi faraz, ilmiy tadqiqot ishining rivoji va hech bo‘lmaganda shunga yaqin 
natijani qo‘lga kiritishni o‘z zimmasiga oladi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin