71
Biz muammoga duch kelishimiz hamon miyamiz uni hal qilish usullarini
kurishga - farazlarni kashf qilishga kirishadi.
Faraz (gipoteza) (qadimgi grek
tilidan - asos, taxmin) — oldindan o’rganilgan faktlar,
hodisalar, jarayonlarning
muayyan
majmuiga asoslangan, ularni izohlash uchun ilgari suriladigan va
tasdiqlanishi yoki inkor etilishi lozim bo’ladigan nazariy taxmin.
Tadqiqot farazi - bu
bevosita kuzatilayotgan hodisa, o’rganilayotgan
hodisaning tuzilishi yoki uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalar xususiyati
haqidagi ilmiy asoslangan taxmindir. Farazlar mavjud
faktlar asosida ishlab
chiqiladi.
Xulosa sifatidagi faraz ob’ektiv voqelikda o’z ildizlariga ega bo’ladi,
fikrning bevosita kuzatilayotgan hodisalardan ularning
sababli izohlanishigacha
bo’lgan harakati hisoblanadi.
Farazning tabaqalashtiruvchi belgilari:
-Farazning uni yaratish uchun asos bo’lgan va asoslanishi uchun yaratilgan
faktlarga muvofiqligi tekshiriluvchanligi;
-Imkoni boricha kengrok xodisalar doirasiga nisbatan nisbat berilishi
mumkinligi;
-nisbatan soddaligi;
-mazmunida muammoni hal etish usullari va natijalari haqidagi taxminning
mavjudligi;
-mantiqan zid kelmasligi
-natijaga yo’naltirilganligi
FARAZLARNING TURLARI
Dostları ilə paylaş: