72
Farazlar tushunchalarning nazariy talqin etilishini takrorlovchi
ierarxiya
-
tizimlarni hosil qiladi. Farazning ifodalanishi - tadqiqotning nazariy
tayyorlanishining yakunlovchi qismi.
Dissertatsiyaning nazariy bo’limini muayyan
bazaviy faraz negizida
ko’rilishi mumkin bo’lib, u mantiqiy dalillash, obro’li
mualliflarga tayanish,
amaliyotga va masala tarixiga murojaat etish yo’li bilan asoslanadi.
Agar tadqiqotchi
farazlarni ifodalagan bo’lsa, unda empirik ma’lumotlar
ularni tekshirish, tasdiqlash yoki inkor qilish uchun xizmat qiladi.
Agar avval-boshidan farazlar ilgari surilmagan bo’lsa,
unda tadqitqotning
ilmiy darajasi keskin pasayadi, uning natijalari va
umumlashmalari esa u yoki
boshsa indikatorlarning foizli ifodalari bayonlari va ancha jo’n tavsiyalardan iborat
bo’lib qoladi.
Farazlarni ilgari surish qoidalari
Faraz o’zi tegishli bo’lgan barcha faktlar bilan kelishgan bo’lishi yoki, hech
bo’lmaganda, ularga muvofiq bulishi kerak. Faktlar
turkumini izohlash uchun
ilgari surilgan ko’plab bir-biriga zid bo’lgan farazlar ichida shu faktlarning eng
ko’pini bir xilda izohlaydigani maqbulroqdir. Faktlarning bog’langan
turkumini
izohlash uchun imkoni boricha kamroq farazlarni ilgari surish kerak va ular imkoni
boricha maxkamroq bog’langan bo’lishi kerak. Farazlarni ilgari surishda uning
xulosalarining ehtimolli tusini idrok etish zarur. Bir-biriga zid keladigan farazlarga
asoslanib ish qilish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: