90
ta’minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish yo’lida
darsliklar quyidagi
vazifalarni bajaradi:
Motivatsion vazifa - bu vazifa o’quvchilarni ushbu fanni o’rganishga
yo’naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi
rag’bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;
Axborot vazifasi o’quvchilarga axborotlarni yetkazish, samarali usullar
yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga
imkon beradi;
Nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta’lim jarayoni, uning natijalarini
tekshirish, o’quvchilarda o’zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo’lgan
ko’nikma, malakalarni shakllantirish uchun o’rganish
mashqlarini tavsiya etishni
nazarda tutadi.
Muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta’limning
boshqa vositalari (xaritalar, ko’rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb
etishni ifodalaydi;
Rivojlantiruvchi–tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining o’quvchilarga
ma’naviy-axloqiy ta’sir ko’rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan
mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni
shakllantirishdan
iborat;
O’qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur
bo’lgan konspekt yozish,
umumlashtirish, asosiysini ajratib ko’rsatish, mantiqiy
eslab qolish kabi malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida
ko’zga tashlanadi.
Ta’lim mazmuni o’quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli
xil o’quv qo’llanmalari: adabiyot va tarix xrestomatiyalari, izohli lug’atlar,
matematika, fizika, ximiya bo’yicha masalalar to’plamlari, georafiya, biologiya
bo’yicha
atlaslar, til bo’yicha mashqlar to’plamlari va boshqalarda ochib beriladi.
O’quv qo’llanmalari darslikning ba’zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni
hal etish maqsadiga ega bo’ladi (axborot, mashq qilish, tekshirish).
Dostları ilə paylaş: