100
(bor taqillashi, qadam taqillashi) bo’lishi. Shuning uchun bo’shliqlarni yo’qotib
montaj qilinadi. Yopiq yozuv juda qimmatlidir. Pedagogik odobdan chetga
chiqmasdan tadqiqotchi apparatni ma’lum vaqtga sozlaydi, pedagogik jarayonni
magnitafon orqali uzoqdan boshqaradi. Pedagogik tadqiqotlardan boshqa usullar
kabi kuzatuv ham cheklangan ma’lumotlarni beradi. Shuning uchun uning
samaradorligi, tadqiqotchining boshqa uslublar bilan aralashtirib ishlashiga
bog’liq.
Suhbat metodi fanga qadimdan ma’lum, hatto undan o’z faoliyatida Suqrot
ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funksiyalar (aqliy
fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi)
bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi
fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga
imkon beradi.
Suhbat faoliyatini endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim
metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini
ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning
diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga
ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa
diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda
bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat
o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar,
jarayonlar asosida tashkil etilib, o’quvchilar tahlil yordamida xususiy
xulosalarga keladi. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar,
tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi.
Suhbat ko‘proq o’quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni
tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o’zlashtirilgan
bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Mazmuniga ko’ra suhbat turli
ko’rinishlarda tashkil etiladi. Ya’ni :
6)
Dostları ilə paylaş: