104
bo’lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g’oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini
asoslashga xizmat qiladi.
Bolalar ijodini o’rganish metodi. Mazkur metod o’quvchilarning muayyan
yo’nalishlardagi layoqati,
qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan sohalari bo’yicha
bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Uni
qo’llashda o’quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari,
referatlari, hisobotlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Metodning afzalligi
shundaki, u ma’lum o’quvchiga xos bo’lgan individual imkoniyatni ko’ra olish,
baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o’rganishning quyidagi shakllari mavjud:
1) fan olimpiadalari;
2) turli mavzulardagi tanlovlar;
3) maktab ko’rgazmalari;
4) festivallar;
5) musobaqalar.
Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib
ko’rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish
imkoniyatlarini o’rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning
kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o’z in’ikosiga ega
bo’la olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan
muammo yechimini topishga yo’naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni
aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan
foydalangan tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan
maxsus metodikaning
samaradorligini aniqlash hamda unga baho bera olishi zarur. Pedagogik tajriba
tashkil etilish sharoitiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil etiladi.
Xususan:
1) tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;
2) tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;
PEDAGOGIK TAJRIBA
Tabiiy tajriba
Laboratoriya tajribasi
Tajriba ishi
3- chizma. Pedagogik tajriba turlari
105
3) tadqiqot ob’ektlari va usullarining to’g’ri tanlanishi;
4) tajriba o’tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi;
5) zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning
yaratilganligi;
6) tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil
qilish va natijalarni qayta
ishlash.
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga
kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda
tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi,
muammo
holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta
tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko’rsatkich
hisoblanadi. Ayni vaqtda, pedagogik yo’nalishda, tadqiqotlar olib borishda
St’yudent, Kivirlyag, Rokich, V.P.Bespalko hamda V.V.Grechixin metodlaridan
keng foydalanilmoqda.
Pedagogika fani o‘z mazmunini boyitish va
yangilash maqsadida mavjud
pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan
metodlari bilan o‘rganadi.
Demak, zamonaviy pedagogikadaga ilmiy-tadqiqot metodlari pedagogik
jarayon qatnashchilarini har tomonlama chuqur o‘rganishga, pedagogik
muammolar yechimini topishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: