O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

107 
Matematik modelBuning ta’rifi mazkur qo’llanmaning 6.1-qismida beriladi. 
Bu turdagi model ilmiy-texnik tadqiqotlar yechimlarini topishda muhim rol 
o’ynaydi. 
Fizikaviy model-ushbu ko’rinishdagi modellar ashyoviy ko’rinishda 
bo’ladi va ular ma’lum qonuniyat (mezon, qoida va shu kabilar) asosidagi vositalar 
majmuasidan iborat bo’ladi, ya’ni u ma’lum darajada (muammo maqsadi va 
echimini qanoatlantiradigan darajada)gi qurilma yoki qurilmalar majmuasidan 
iborat bo‘ladi. Ular asosan quyidagi holatlarda bo’ladi: »ob’ekt bilan tabiatan bir 
bo’lgan kichraytirilgan (k o’lchamli) yoki ixchamlashtirilgan masshtabdagi model; 
-boshqa tabiatga ega bo‘lgan model dastgohning laboratoriya maketi, o’lchov 
– zanjirli mexanik qurilma bilan almashtirish maketi;
- mashina yoki mexanizmning harakatdaga kichik o‘lchamli (laboratoriya 
uchun) maketi; 
-jarayon va hodisalar faoliyati kechishini ifodalovchi 
kompyuterli maketlar va shu kabilar. 
Deyarli har qanday matematik (analitik) yoki fizikaviy kompyuterlar 
yordamida raqamli shaklda (dasturlar asosida) amalga oshirish mumkin. Bunda 
matematik model yoki kompyuterda modellashtirish hosil bo‘ladi. 
Modellash har doim boshqa ilmiy va maxsus usullar bilan birga qo‘llaniladi. 
Avvalo, modellash eksperiment bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli ham 
jarayon yoki hodisaning modeli yaratilib, keyin modeldan maxsus algoritm 
yordamida yechim olinadi-da, o’sha yechimlar tadqiqot ob’ekti, muammo maqsad 
va vazifalariga to’g’ri kelishi tekshiriladi. Bunda modelning manbaga nisbatan 
adekvatligi, uning muammo yechimi bilan adaptatsiyalashishi, muammo 
yechimlarining model yechimi bilan identifikatsiyalanuvi va h.k. model bilan 
manbadagi o’xshashlik mezonlari tekshiriladi. Demak, biror hodisani uning 
modelida o’rganish eksperimentning alohida turi, deb aytish mumkin. Modelda 
o’rganish yordamida mumkin bo’lmagan holatlarini ham eksperimental o’rganish 
imkonini beradi. Matematik model faqat ob’ektning o’zini emas, balki ular amal 
qiladigan qoidalarining ma’lum majmuini tavsiflaydigan aksiomalar tizimini ham 
qamrab oladi. Qoidalar majmui berilgan ob’ekt ustidan amalga oshirish mumkin 
bo‘lgan amallarni belgilaydi. Dalillar yig’ilishi bilan model asta-sekin matematik 
nazariyaga aylanadi, bu nazariyaning o’zi axborotning yangi manbai bo’lib xizmat 
qila boshlaydi, yangi fenomenlarning mavjudligini aytib beradi, u yoki bu 
jarayonlarni chuqurroq o’rganishni talab etadi, yangi texnikani yaratish va 
rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlaydi. Xuddi shu formalashtirilgan modellar 
texnika taraqqiyotining biriga aylanadi. Hayotda uchraydigan barcha masalalarning 
matematik modelini tasvirlash ancha murakkab ish hisoblanadi. Chunki, ular turli-
tuman bo‘lib, ishlab chiqarishni boshqarish, tabiat hodisalarining o‘rganish, 


108 
maishiy xizmat ko‘rsatish, inshootlarni loyihalashtirish, matnlarni tarjima qilish, 
mahsulot yetishtirishni rejalashtirish hamda ko‘proq foyda olish, dars jadvalini 
tuzish uchun ularga mos matematik modellar qurish kerak. Demak, matematik 
modellashtirish masalasini faqat hisoblash texnikasi bo‘yicha mutaxassislar hamda 
matematiklar hal etmasdan, unda turli soha mutaxassislari hamda dasturchilar 
birgalikda faoliyat ko‘rsatishlari kerak. 
Matematik model o’rganilayotgan jarayonga aynan mos kelishini test, tajriba 
yoki boshqa usullar yordamida amaliyotda tekshirilib ko’riladi. Bu esa moslik 
darajasini belgilaydi va zarur bo‘lsa modelni yanada aniqlashtirish imkonini 
beradi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin