106
_______________________________________________________
4-MODUL
PEDAGOGIK ILMIY-TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISH VA
SAMARADORLIGINI BAHOLASH.
________________________________________________________
4.1.MAVZU.PEDAGOGIK ILMIY-TADQIQOT JARAYONINI
MODELLASHTIRISH.
REJA:
1. Modellashtirish jarayonini tashkil etish.
2. Modellarning turlari.
3. Modellashtirish –yaxlit tizim sifatida.
Tayanch so’zlar: modellashtirish, model, grafik modellash, matematik model.
1. Modellashtirish jarayonini tashkil etish
Tadqiqot ob’ektini tanlash bevosita muammoning qo’yilishi (maqsadi) bilan
uzviy
bog’liq.
Ilmiy
tadqiqotlarning
uzluksizligi
va
vaqt
bo‘yicha
chegaralanganligi uchun, tadqiqot ob’ekti ko’pchilik
hollarda, tadqiqotchiga
fanning
ushbu
tarmog’ini
rivojlanishining
o’tmishi bo’yicha beriladi.
Tadqiqotning aniq bir muddatda va mos chegaralarida
bajarilishi zarurligi hech
kimga sir emas, chunki tadqiqot ob’ekti muammo qo’yilishiga
qarab vaqt nuqtai
nazardan ham, ko’rsatkichlar fazosi nuqtai nazardan chegaralanadi, ya’ni
ko’rsatkichlarning aniqlanish va o’zgarish sohalari belgilab olinadi.
Modelni tanlash ham tadqiqot ob’ektiga mos holda olib boriladi.
Bunda
og‘zaki, ya’ni so‘zlar (fikrlar) orqali ifodalangan
modellarga asoslangan
fanlar
mavjud bo‘lsada, tadqiqot ob’ektini, tabiiy tillarning so‘zlari orqali ifodalovchi bu
model turli ilmiy-texnik tadqiqotlarda faqat boshlang’ich bosqichlarida yordamchi
vosita sifatida foydalaniladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda esa bu model turining
ahamiyati ancha yuqoriroq bo’ladi, chunki bularda soniy ma’lumotlardan tashqari
sifatiy ma’lumotlar o’rni ko’proq ahamiyat kasb etadi. Shunga o‘xshash chegarali
shartlar
grafik modellash jarayoniga ham tegishli. Bular ayniqsa, ma’lum
ko’rinishdagi va o’lchamdagi rasmlar,
sxemalar, shakllar,
grafiklar va ularning
turli masshtablardagi ko’rinishlarini tayyorlashda yaqqol seziladi. Ammo, ba’zi bir
tadqiqot sohalarida analitik modellarga yaqinlashtirilgan grafik modellarni yaratish
mumkin. Masalan, geometriya fanidagi turli qonuniy egri chiziqlar va sirtlar yoki
modelni muntazam ko’pyoqlar yoki graflar nazariyasi va h.k.