O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi


  - rasm. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова


- rasm. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari 
 
 
 
 


106 
_______________________________________________________ 
 
4-MODUL
PEDAGOGIK ILMIY-TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISH VA 
SAMARADORLIGINI BAHOLASH. 
________________________________________________________ 
 
4.1.MAVZU.PEDAGOGIK ILMIY-TADQIQOT JARAYONINI 
MODELLASHTIRISH
REJA: 
1. Modellashtirish jarayonini tashkil etish. 
2. Modellarning turlari. 
3. Modellashtirish –yaxlit tizim sifatida. 
Tayanch so’zlar: modellashtirish, model, grafik modellash, matematik model. 
1. Modellashtirish jarayonini tashkil etish 
Tadqiqot ob’ektini tanlash bevosita muammoning qo’yilishi (maqsadi) bilan 
uzviy 
bog’liq. 
Ilmiy 
tadqiqotlarning 
uzluksizligi 
va 
vaqt 
bo‘yicha 
chegaralanganligi uchun, tadqiqot ob’ekti ko’pchilik hollarda, tadqiqotchiga 
fanning 
ushbu 
tarmog’ini 
rivojlanishining 
o’tmishi bo’yicha beriladi.
Tadqiqotning aniq bir muddatda va mos chegaralarida bajarilishi zarurligi hech 
kimga sir emas, chunki tadqiqot ob’ekti muammo qo’yilishiga qarab vaqt nuqtai 
nazardan ham, ko’rsatkichlar fazosi nuqtai nazardan chegaralanadi, ya’ni 
ko’rsatkichlarning aniqlanish va o’zgarish sohalari belgilab olinadi. 
Modelni tanlash ham tadqiqot ob’ektiga mos holda olib boriladi. Bunda 
og‘zaki, ya’ni so‘zlar (fikrlar) orqali ifodalangan modellarga asoslangan fanlar 
mavjud bo‘lsada, tadqiqot ob’ektini, tabiiy tillarning so‘zlari orqali ifodalovchi bu 
model turli ilmiy-texnik tadqiqotlarda faqat boshlang’ich bosqichlarida yordamchi 
vosita sifatida foydalaniladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda esa bu model turining 
ahamiyati ancha yuqoriroq bo’ladi, chunki bularda soniy ma’lumotlardan tashqari 
sifatiy ma’lumotlar o’rni ko’proq ahamiyat kasb etadi. Shunga o‘xshash chegarali 
shartlar grafik modellash jarayoniga ham tegishli. Bular ayniqsa, ma’lum 
ko’rinishdagi va o’lchamdagi rasmlar, sxemalar, shakllar, grafiklar va ularning 
turli masshtablardagi ko’rinishlarini tayyorlashda yaqqol seziladi. Ammo, ba’zi bir 
tadqiqot sohalarida analitik modellarga yaqinlashtirilgan grafik modellarni yaratish 
mumkin. Masalan, geometriya fanidagi turli qonuniy egri chiziqlar va sirtlar yoki
modelni muntazam ko’pyoqlar yoki graflar nazariyasi va h.k. 



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin