101
1.Kirish suhbati o‘quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan
ko‘zlangan maqsad hal etilishi zarur bo’lgan ishlar mohiyatining o’quvchilar
tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko’rishdan iborat. Bunday suhbatlar
o’quvchilarning o’quv salohiyatini aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil etish
hamda yangi bilimlarni o’zlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi.
2.Yakuniy
suhbat
o‘quvchilar
tomonidan
egallangan
bilimlarni
umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
3.Qisqa bayonli suhbat – o’quvchilarning boshlang’ich bilim darajasi
hamda ularning yangi o’quv metodikasini o’zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash
uchun tajribali o’qituvchilar tomonidan dars avvalida yohud o’rganilgan materialni
mustahkamlash uchun dars so’nggida qo’llaniladi.
4.Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo‘naltiriladi.
Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga “ha” yoki
“yo’q” tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, o’quvchilarni mustaqil fikrlash,
ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash,
dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin.
Suhbatlar, shuninigdek, unga shaxslarning jalb etilishiga ko’ra ham muayyan
turlarga bo’linadi. Ular :
Dostları ilə paylaş: