O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi


Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan 
pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining 
g’oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab 
chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish 
imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va 
shaxs ma’naviyatiga ziyon etkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. 
Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o’rganish, 
mavjud ko’rsatkichlar vositasida ularning sodir bo’lish sabablarini o’rganish, zarur 
chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga 
keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator ob’ektiv va 


91 
sub’ektiv omillarga bog’liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, 
maqbul, ayni vaqtda samarali bo’lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir. 
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan 
yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, ob’ekti 
va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va 
qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Ayni vaqtda, O’zbekiston 
Respublikasida pedagogik yo’nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik 
yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni 
aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy 
aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning 
psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta’minlashi, qarama-
qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o’rni va roli, shuningdek, 
dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi. Pedagogik ilmiy 
tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, 
izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega 
bo’lgan jarayon bo’lib, uning samarali bo’lishi uchun bir qator shartlarga rioya 
etish zarur. Ular quyidagilardir: 
-muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; 
-ilmiy farazlarning to’g’ri shakllantirilganligi; 
-vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to’g’ri belgilanganligi; 
-tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan ob’ektiv yondashuv; 
-tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, 
psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi 
qonuniyatlarining to’g’ri hisobga olinganligi; 
-tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini aytib o‘tish; 
-tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi. 
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo’nalishda, tadqiqotlarni olib borishda 
Pedagogik kuzatish metodi metodidan ham keng foydalanilmoqda. 
Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo’llash jarayonida, ta’lim muassasalarining 
o’quv-tarbiya ishlari jarayonini o’rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo 
holat aniqlanadi, tajriba- avvali va yakunida qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar 
o’rtasidagi farq to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’linadi. Pedagogik kuzatish 
murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, 
uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish 
mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, 
o’quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati 
yanada oshadi. 


92 
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo’l qo’ymaslik muhimdir. 
Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi: 
1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; 
2) kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo’yish; 
3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; 
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o’rganish; 
5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik.
Pedagogik tarbiya haqidagi fanda pedagogik reallikni haqiqat voqelik bilish 
usullsridan eng ko’p qo’llaniladigan usul bu kuzatuvdir. 
“Kuzatuv” iborasi bir necha ma’noga ega. Hayotiy ma’nosi insonning atrof-
muhit bilan chambarchas bog’liqligini qamrab oladi. Kuzatuv unga (insonga) 
muhitga 
moslashishiga 
o’z 
hatti-harakatlarini 
o’zgaruvchan 
sharoitga 
moslashtirishga yordam beradi. O’quv-ta’limiy kuzatuv o’quvchiga (talabaga) 
o’rganayotgan narsasi haqida bu narsaning jarayoni bir-biriga bog’liqligi miqdoriy 
sifatiy o’zgarishlari haqida tushuncha beradi.Pedagogik kuzatuv tarbiyachi, sinf 
rahbariga o’zini tutishini idrok etishdan iborat. Nazoratchi uchun kuzatuv, 
o’qituvchi hatti-harakati, ma’lum sharoitda sinf rahbarining harakati, uning kasbiy 
faoliyati orqali pedagogik jarayonning tuzilishini ochib beradi. Ko’rinib turibdiki, 
kuzatuv hayotiy yoki ilmiy (tadqiqot uchun) bo’lishidan qat’iy nazar pedagog 
uchun juda qimmatlidir. Kuzatuvchanlik – pedagogik mutaxasislikning qimmatli
qaratqichlaridan biridir.
Lev Tolstoyning pedagogik ijodidan ma’lumki, maktab –bu laboratoriya, bu 
yerda o’qituvchi hamma narsani kuzatishi o’z kuzatuvlarini tekshirishi va yana 
kuzatishi kerakdir. Fan olamida ilmiy tadqiqot kuzatuvlar – bu olimning umumiy 
qurolidir. Texnika rivojlanishi bilan tadqiqotchilar oddiy ko’z bilan 
ko’rolmaydigan narsalarning maxsus moslamalar yordamida bilib olmoqdalar. 
Fiziologiya va psixologiyadan ma’lumki, kuzatuvda barcha sezgi organlari 
qatnashsa, uning natijasi yuqori bo’ladi. Kuzatiayotgan ob’yektni insonni ko’rish, 
hidlash, sezish orqali har tomonlama ko’radi.
Tadqiqot kuzatuvi ko’rinishidan oddiyga o’xshasa ham murakkabdir. U 
mukammal bo’lishi uchun bir necha bosqich va shartlardan iborat. Uning 
murakkabligi yana shunda ko’rinadiki, kuzatuvchi maqsad qilib olgan tadqiqotini 
diqqt bilan har tomonlama o’rganish bilan birga sharoitni ham qo’shib o’rganishi 
kerak. Bu usulni ko’p olimlar ta’riflab berishgan. Jumladan, P.A.Gloriozov, 
V.I.Zagvyazinskiy, 
L.V.Zangol, 
E.I.Monoezonov, 
M.N.Skatkin, 
S.P.Sshapovalenko kabilar. Bu usulning ilmiy tushunchasi yuzaga kelgan: biror-bir 
pedagogic hodisa jarayonini kuzatish orqali aniq ma’lumotlar yordamida 
maqsadga erishish. 


93 
Faylasuf 
olimlar, 
sotsiologlar, 
iqtisodchilar, 
pedagoglar, 
psixolog-
ruhshunoslar uchun kuzatuv usuli, gnosologik qurol bo’lishi bilan birga uning 
umumiy tushunchasi ham uchraydi. Ba’zi mualliflar kuzatuv tushunchasini 
aniqlashda ham hayotiy, ham ilniy ma’nosini birlashtirishadi. Masalan falsafiy 
ensiklopedik lug’atda yozilishicha, kuzatuv oldinda (belgilangan) va aniq 
maqsadga yo’naltirilgan maqsadli faoliyatdir. Biroq bu yerda tushuncha 
ma’nosida kuzatuvning bir nechta ta’rifi ta’kidlangan: birinchidan, kuzatuv inson 
bajaradigan ish, ikkinchidan bu mehnat faoliyatining tarkibiy qismidir.
Pedagogika fanida uslub tushunchasiga qaytamiz. Tadqiqotchi talaba 
quyidagicha ta’rifni qo’llashi mumkin. 
Pedagogik tadqiqotda kuzatuv - bu sezgi organlari orqali qabul qilingan va 
kelayotgan ma’lumotni birlamchi qayta ishlangan pedagogik holatlarni bilish 
usuli. 
Kuzatuvning asosiy vazifasi: olimning kuzatuv ob’yekti bilan to’g’ridan-
to’g’ri va qarama-qarshi bog’liqligi sharoitda o’rganilayotgan jarayon haqidagi 
ma’lumotlarni tanlab olish
Falsafa nuqtai-nazaridan qaraganda, kuzatuv uslubi bilishning avvalida 
joylashgan bo’lib, tom ma’noda anglash bilan bog’liq bo’lgan “jonli kuzatuv”dir. 
Kuzatuv uslubiga asos-dialektikadir. Unga tayangan holdagina biz pedagogik 
jarayonning murakkab pedagogik holatlarini, unig muhim tomonlarini ocha 
olamiz.Kuzatuv fanga ma’lum bo’lgan va isbotlangan holatlarga qat’iy o’zgarishlar 
kiritishi mumkin. Kuzatuv shunday yangi dalil kiritadiki, avvalgi izohni talab 
qiladi Tadqiqotchining gneseologik qurollangan bo’lishi muvaffaqiyatning 
metodologik sharti hisoblanadi. Bu ayniqsa o’quv-tarbiyaga kerak, chunki ilmiy 
bilish o’quv bilim doirasiga joylashgan. Pedagogik kuzatuvda dialektika asosiy 
mazmunni tashkil etadi, uning talablariish tashkil etishga bog’liqdir.Materialistik 
dialektikadan ognli va mohirona ravishda foydalanish aniq va tushunarli natija 
olishga olib keladi. O’quvchining aqliy rivojlanishiga foydali mehnatningta’sirini 
tadqiqot uchun olaylik. Tadqiqotchi uchun bu ta’sirning xarakterini bilish qaysi va 
qay miqdordagi kuzatuv ob’yektlari yordam beradi. Nazar doirasida sinaluvchi 
shaxslar (o’quvchining yoshi, pedagogik, psixologik, sotsial, demokratik, tibbiy-
biologik ma’lumotlari) bo’lishi kerak. Ular o’rganayotgan fanlar, narsa mazmunini, 
bunga ishlab chiqarish va faoliyatga doir mavzular ham kiradi. O’quvchining ikkita 
bir-biriga bog’liq bo’lgan; pedagogik va iqtisodiy foydali mehnatning mazmuni, 
uslublari, vositalari va maxsuli bo’ishi kerak. Sinaluvchilarningishlab chiqarish 
faoliyatidagi intelektual siljishlarni o’lchaydigan “Apparat” uskuna ham 
zarur.Kuzatuv tadqiqoti uchun shunday ob’yektlar kerak. Shunisi aniqki, faqatgina 
materialistic dialektika asosidagina o’rganilayotgan pedagogic aloqalar ichiga 
kirish mumkin. Kuzatuvning mohiyati nimada? Bu savolga javob berish uchun 


94 
idrok etishga murojaat qilish kerak, chunki ilmiy kuzatishning psixologik 
xususiyati idrok etishda mujassam. Bu ibora mazmun jihatdan birdek emas. 
Jarayon –anglashdan natija idrok etishni ham bildiradi. Kuzatuv idrok etish 
jarayonini bildiradi. Aytish joizki kuzatuv va idrok etish sinonim ma’noda bo’lsa 
ham bir xil tushunchaga ega emas. Idrok etish – psixik jarayon:Kuzatuv –atrof-
muhit hodisalari pedagogik jarayonni bilish usulidir. Kuzatuv mohiyati tadqiqotchi 
ongida o’rganilayotgan ob’yektning miqdoriy, sifatiy, tarkibiy belgilar, vector, 
dinamik holati va o’zgarishlari aks etishi va jamlanishidan iborat. Kuzatuvning 
o’ziga xos xususiyati uni ham tadqiqiy maqsadni yechishga qaratilgan mustaqil 
uslub holida, boshqa uslublarning tarkibiy qismi sifatida ishlatsa bo’ladi. Masalan 
pedagogik tajribani uning borishi va natijasini o’tkazib bo’lmaydi. Biror uslub 
tarkibiga qarab, kuzatuv ixtisoslashadi. Masalan, statistik kuzatuvda pedagogik 
jarayonning miqdoriy ma’lumotlari jamlanadi.
Pedagogikada tadqiqiy kuzatuv turlari
Pedagogikada tadqiqiy kuzatuv mohiyatini tushunish uchun uni guruhlarga 
bo’lib olish kerak. Tadqiqotchini o’rganilayotgan ob’yekt bilan bog’liqligiga qarab 
quyidagi turlarga bo’lish mumkin. Bevosita va bilvosita ochiq va yopiq vaqt va 
joyiga ko’ra uzluksiz cheklangan, monografik va maxsus va hokazo. 
Kuzatuv turlari harakatchan bo’lagni sabab aniq va to’la bir guruhga jamlab 
bo’lmaydi. Bevosita kuzatuv – tadqiqotchi va o’rganilayotgan ob’yekt o’rtasida 
to’g’ridan –to’g’ri munosabatlar hech bir o’tish o’zgarishlarsiz bo’ladi.
Tadqiqotchining uch xil o’rni ajraladi: 
1. Tadqiqotchi – guvoh (betaraf) 
2. Tadqiqotchi – pedagogik jarayonning rahbari 
3. Tadqiqotchi – pedagogik jarayonda qatnashchi 
Qaysi rolda ishtirok etishiga qarab kuzatuv dasturi tuziladi, dalillarni to’plash, 
yig’sh uslubi va texnikasi tanlanadi.Bevosita kuzatuv bilvosita kuzatuvni to’ldirishi 
va o’zgartirishlar kiritishi mumkin.U tadqiqotchi dasturi va topshirig’i bo’yicha 
ishlaydigan vakil shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.Masalan Kuban Davlat 
Universiteti studentlarini 4 ta guruhga birlashtiramiz.Bir necha oy mobaynida ular 
o’qituvchisining dasturi asosida o’rta maktab bitiruvchilarini o’zini tutishini 
kuzatadilar, Bitiruvchilar hokimiyatga kelishiga joylashmoqchi bo’lishgan.Talaba 
aytilgan tajribani amalga oshirish uchun kichik o’quvchilar o’yinlarini 10-sinfdagi 
o’quvchilar kuzatuvini yo’lga qo’ydi. Amaliyot dasturini mukammal o’rgangan 
yigit va qizlar dalillar yig’ndisini qayd etdilar. 1-3-sinflar tanaffusda darsdan so’ng 
uyda o’zlashtirishni jismoniy ko’rsatkichi do’stona kompaniyalarga mas’uligiga 


95 
ko’ra bolali yoki yakka bolali oiladanligi, kun vaqti hafta kuniga va xonadonga 
qarab o’quvchilar o’yinda o’zini qanday tutishini kuzatdilar. O’yin qoidalariga 
rioya qilishi qoida bizilishlarga nisbatan chora ko’rishga ham e’tibor qaratishdi.
Mavzu: Bolalar erkin o’yinlarining tarbyaviy jihatlari. 
Bu misolda tadqiqotchi bevosita olgan keyin o’zi olgan kuzatuv natijalari 
bilan solishtirish va ko’proq sinaluvchilarni jalb qilish maqsadida: 
Bir maktabda bir guruh ota-onalarni o’z bolalarini maktab kun tartibi 
o’zgarganda moslashishini kuzatishini iltimos qilishdi. Bevosita kuzatuvda 
muvaffaqiyatga erishish tadqiqot qatnashchilarini tyyorgarligini, aniq va 
mazmunan ma’lumot berilganligiga bog’liq. Bir ob’yektni bir guruh bo’lib bir xil 
kuzatuv olib borish ishlatildi. Oxirida natijalar rahbarga uzatiladi. Masalan, 
pedagogik jarayonni kuzatuvchilardan biri dars davomida o’qituvchining 
harakatini kuzatadi. Boshqasi o’quvchilar harakatini, uchunchisi alohida bir 
o’quvchini harakatini jamladi. Tadqiqotchi topshirig’iga binoan o’quvchi o’z-
o’zini kuzatishi ham qiziq bo’ladi. Lekin bunday manba to’g’ri ma’lumot bera 
oladimi?
Bunday holatda o’quvchi tadqiqot ob’yekti emas, ishtirokchisi sifatida 
namoyon bo’ladi. Umuman olganda o’z-o’zini kuzatish o’rinli degan savolga ha 
deya javob berish mumkin. Biroq bunday qat’iy qaror qabul qilish ham noo’rin 
bo’ladi. Bu ayrim holdagi kuzatuv desa bo’ladi. O’z-o’zini kuzatishda olingan 
natijalar ishonarli ko’rinsada, ular baribir sub’yektdir. Shu bilan birga bu orqali 
pedagogik holatini ayrim noma’lum tomonlari ochiladi. Masalan, yuqori sinf 
o’quvchilari tadqiqotchi iltimosiga ko’ra, shu vaqti tuzlishini o’rgatish uchun
fanlardan topshiriqlarni bajarish navbatini har bir topshiriqga ketadigan vaqtini uy 
vazifalari tartibini qayd etadilar. Ba’zi hollarda ularni mustaqil ishlash 
samaradorligini kuzatishganda o’quvchining uslubini maqsadga muvofiqligi 
aniqlanadi. Abatta, bu ma’lumotlar tekshiriladi, kuzatishning boshqa turlari bilan 
solishtirib, aniqlab kiritiladi. Psixilogik tomondan mustaqil (o’z-o’zini) kuzatish 
inson ongi orqali psixomotor harakatlarini nazoratga olish degani. Faoliyat asab 
sistemasining turli bosqichlarida o’tishi mumkin. Ongli harakat (operatsiya) 
kechayotganda inson ongida faraz qilingan ma’no (mazmun) bilan birga “ongli 
nazoratdagi” ma’ni ham paydo bo’ladi. Bunda ikkala ma’no ham bir-biriga o’tishi 
mumkin. Shunga o’xshash narsa adabiyot o’qituvchisi insholarni tekshirganda 
bo’ladi. Ya’ni o’qituvchi avtor fikrlarini uning so’z bilan ifodalash shakliga 
ko’chiradi. Shunday qilib sinaluvchilar o’z-o’zini “mustaqil” kuzatuvini bo’lishini 
va maqsadga muvofiqligini inkor etib bo’lmaydi. Biroq olingan ma’lumotlar 
pedagog yoki psixolog uchun faqt yordamchi vazifasida keladi. 


96 
Kuzatuv tadqiqot usuli 
O’z-o’zini kuzatuvni tanlagan tadqiqotchilar uchun quyidagi qoidalar joiz: 
a) O’quv-tarbiya jarayonini tadqiqot qilishda o’z-o’zin kuzatuv o’quvchilarga 
va ayrim hollarda o’smirlarga tegishli. 
b) Ishga yollanga o’quvchilar mustaqil kuzatuv uslubi va natijalarni qayd etish 
haqida yetarlicha tavsiyalar olishi kerak.
c) O’quvchilar 
o’z-o’zini 
(mustaqil) 
kuzatuv 
ma’lumotlarini 
umumlashtirishda tadqiqotchi ularning individual xususisyati va yoshini, hamda 
ularning o’z fikrlarini e’tiborga olish kerak. 
Biz ko’rib chiqqan bevosita kuzatuvning turlarida tadqiqotchi pedagogik 
holatlarni dastur asosida harakatlangan boshqalarning idrik etishiga tayanadi.
Biror vosita yordamidagi kuzatuv bilan birgalikda o’quv va tarbiya 
natijalarining moddiy guvohi bo’lib xizmat qiladigan sinovdagilarning harakati 
faoliyati mahsuli yordamidagi kuzatuv ham ishlatiladi. Tadqiqotchi kuzatgan 
pedagogik 
jarayonning 
tabiiyligi 
kuzatuv 
natijalarining 
qimmatli 
va 
ob’yektivligiga ta’sir qiladi.Faqat sinaluvchilar harkati va sharoitini haqiqiyligi. 
Tadqiqotchi uchun boshqalarga o’qituvchi va o’quvchilarning sahnalashtirgani 
yoki tayyorlangani kerak emas. Ochiq kuzatuv shundayki, Bunda o’qituvchi va 
o’quvchilar kuzatayotganlarni ongli ravishda bilib turadilar. Tabiiyki o’zgalar 
oldida pedagogik holat o’zgaradi. Oddiy holatdagidan farqlaydi. Chunki inson 
hissiyoti va o’zini tutishi yakkalik holati va kuzatuvdagisi turlicha bo’ladi. 
Ayniqsa o’z mehnatini boshqalar qanday baholashiga befarq bo’lmaganlar uchun. 
Boshqalar tomonidan kuzatuvda sharoitni, normallashtirish uchun moslashish 
bosqichi muhim. Biroq moslashish bolalar fe’l-atvorida sun’iylik bo’lmasligini 
kafolatlashadi. Ular mehmonlar huzurida ko’proq o’zlarini bir xilda tutadilar. 
O’quvchilar o’zgalarning darsda ishtirokiga munosabatlarini anketa qilishganda, 
bu holga befarqlar bo’lmasligi aniqlandi. Bu esa shuni ko’rsatadiki, aniq natijalar 
olish uchun ochiq kuzatuv yetarli emas. Yopiq kuzatuv-jarayonni haqiqiy holatini 
beradi. Kuzatuvning bu turi ziddiyatli, lekin qimmatlidir.Ayniqsa pedagog o’zini 
tutishini ko’rinmay nazorat qilish ahloqdan emasdek ko’rinadi. Biroq o’qituvchi 
doimo bolalar kuzatuvida bo’ladilar. Nazorat ostida bo’lish o’qituvchi uchun oddiy 
holder. Odamlarni yopiq kuzatish television o’rnatmalar yordamida bo’lib ishlab 
chiqarishda, tibbiyot muassasalarida, ko’chalarda transport harkatini kuzatishda, 
universamlarning savdo zallarida keng qo’llaniladi. Germaniya gazetalarida 
yozilishicha, bir tomoni oynali devor bo’lgan sinf xonalari xalaqitsiz kuzatish 
imkonini beradi. Umuman bunda taassufni yengib o’tish kerak, chunki tashqi 
tomondan qaraganda ilmiy maqsadda kuzatuv bilan oddiy hayotdagi bildirmasdan 


97 
kuzatish va quloq tutish o’xshashdir. Ikkisidan biri: yoki biz pedagogik 
jarayonning ichiga kiramiz yoki yashirincha qilinayotgan kuzatuvdan uyalsak, 
haqiqiy ahvolni ko’ra olmaymiz. Yopiq nazorat uchun texnika vositalari 
bo’lmaganda tabiiy sharoitda foydalansa bo’ladi, ya’ni qulay o’rinni tanlab olib: 
Nazoratdagilarga bildirmagan holatda ko’z bilan quyidagicha kuzatish 
mumkin. 
-sport maydonida jismoniy tarbiya darslarini 
-maktab hovlisida matematikadan amaliy ishlarni 
-film, teleko’rsatuv, qiziqarli uchrashuvlardagi o’quvchilarningta’sirlanishi. 
Ayrim hollarda tadqiqotchilar o’zlarining birdaiga paydo bo’lish ta’siridan 
foydalanishadi, lekin bu o’quvchiga salbiy hissiyotlarni keltiradi.Tadqiqotchining 
odobi bildirmaslikning qay me’yorda bo’lishini har holda aytib turadi. 
Ochiq va yopiq kuzatuv yordamida olinganni taqqoslaganda bir turdagi 
kuzatuvdan ko’ra ularda voqealar holatini to’laroq ko’rsatadi, ochib beradi. 
Uzluksiz kuzatuv –pedagogik jarayonni boshidan oxirigacha kuzatish 
kerakligida qo’llaniladi. Kuzatuv vaqti sinaluvchilarning faoliyati davomiyligi va 
jismonanmumkin bo’lgan vaqtda o’tayotganiga bog’liq. Masalan dars tuzilishini 
muvofiqligini o’rganish uchun kuzatuv 45 minut oralig’ida o’tadi. Bunday holni 
boshqa darslarda kuzatish boshqa ob’yektni qayta ifodalash bo’ladi. Uzluksiz 
kuzatuvga yana bir misol bitta yoki bir nechta o’quvchining o’yinda o’zini tutishi 
bo’la oladi. O’yin aniq chegaraga,ya’ni boshi va oxiriga ega.Lekin boshi va oxiri 
yo’q bolgan jarayon bo’lishi, uni uzuq-uzuq bo’lishi uzluksiz kuzatuv olib borishga 
imon bermaydi. Bunday hollarda diskret (uzuq-uzuq) kuzatuvga murojaat qilinadi. 
Diskret kuzatuv nazoratdagi jarayon birdek bo’lmagandaginaqo’llanmaydi. 
Pedagogik jarayon yopiq bo’lganda, tadqiqotchiga faqat ayrim hollari ko’ringanda 
masalan, o’quvchilarni bir sharoitdao’zini tutishida qo’llansa foydali bo’ladi. 
Vaziyatni poylab yoki ataylab tashkil etilganda, tadqiqotchi nazoratdagi jarayon 
“kadr”larni kuzatadi. Monografik (bir mavzudagi) kuzatuv ko’p miqdordagi bir-
biriga turlicha bog’liq bo’lgan hodisalarni o’z ichiga olidi. Misol uchun 
N.K.Krupskaya nomidagi Moskva viloyati pedagogic institutining pedagogika 
kafedrasi o’qituvchilarining birinchi yil ishlayotganlarning (stajyor) kasbiy 
tayyorgarligini kuzatishini olsak. Oliygohdagi tahsilning sifatini keyingi 
qoldirilgan nazorat bilan kuzatish uchun ular bitirgan talabalar ish joyiga bordilar 
va talabalarning pedagogic kasbiy mahorati jamlamasini kuzatdilar. Yosh 
o’qituvchining ma’lum bir dars vaziyatida, sinfdan tashqari tadbirlarda, ota-onalar 


98 
yig’ilishlarida, maktab rahbarlari va jamoasi bilan muloqotdagi uslubi texnikasi, 
odati, madaniyati, ilmiyligi, bilimdonligi, mustaqilligi kuzatuvga olindi. Mazkur 
holatda kuzatuv ob’yekti ham o’qituvchilar, ham o’quv- tarbiya jarayonining 
ikkinchi tomoni bo’lmish o’quvchilar bo’ldi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin