O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Adabiyotlarni o’rganish metodi - tadqiqot mavzusi bo’yicha pedagogika
psixologiya, madaniyat, iqtisod, siyosatga doir adabiyotlar va dissertatsiyalar 
o’rganishda qo’llaniladi. 
Pedagogik kuzatish - odatda tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni 
o‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o’zgarishlarni hisobga 
olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun 
qo’llaniladi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni 
va hodisalarini biror maqsadni ko’zda tutib idrok etish tashkil etadi. Bunda 
kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish ob’ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish 
uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi. 
Suhbat metodi so’rashning bir turi bo’lgani holda tadqiqotchining jiddiy 
tayyorgarlik ko’rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan, bevosita 
aloqada bo’lish vaqtida og’zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini 
yozmasdan erkin muomala shaklida qo‘llaniladi. 
Suhbat metodi - ta’lim muassasasi o’qituvchilari va o’quvchi-talabalar 
jamoasi hamda ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish 
olib borilganda qo’llaniladi. Suhbat metodidan farq qilib intervyu olish metodi 
savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo‘li bilan bayon qilishni 
nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. 
Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi va amaliyotida intervyu tashkil 
etishning ko‘p metodlari mavjud: 
- guruhlar bilan; 


88 
- intensiv; 
- sinash va h.k. 
Pedagogik so‘rov metodi - tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik 
tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu 
metodning asosini tashkil qiladi. So‘rash savollarning mantiqiy o‘ylangan 
sistemasini,ularning aniq ifodalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5ta) nazarda tuti-
ladi. Shuningdek, qat’iy shakldagi javobni («ha», «yo‘q») ham taqozo etishi 
mumkin. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin