85
2. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari tasnifi va tavsifi
Tayanch so’zlar: metod, pedagogik kuzatish, suhbat, statistika,
modellashtirish.
Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya tizimi faqat insoniyat
aniqlagan bilimlarni
o‘zlashtirishgina emas, balki jamiyat endi hal qilishi va bunda bugungi o‘quvchi-
talabalar qatnashishi lozim bo‘lgan masalalar bilan tanishishini ham talab qiladi.
Bunday masalalar kosmosni o‘zlashtirish, atom energiyasidan tinchlik
maqsadlarida foydalanish, cho’llarni hosildor yerlarga va bog’-rog‘larga
aylantirish, qishloq xo’jaligini intensivlashtirish va hokazolardan iborat bo’lishi
mumkin. Xalq xo’jaligi va fan-texnikaning hamma sohalarida juda katta
burilishlar ro’y bermoqda va har bir o‘qituvchi o’zining tarbiyalanuvchilarini o’zi
o’qitadigan fan sohasi bo‘yicha navbatdagi qayta qurilishlar va erishilgan yutuqlar
bilan keng tanishtirishi kerak. Bu ishni o’quvchi-talabalarga mos metodda va o’quv
dasturiga muvofiq amalga oshirish lozim. Mazkur talabning
ikkinchi xususiyati
pedagogning o’quvchi-talabalar fikr doirasini kengaytirishga doimo g’amxo‘rlik
qilishidir. Shunday qilib, ilmiy, ya’ni tadqiqot metodi tadqiqotchi nazariy hamda
amaliy bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan tadbirdir.
Unga quyidagi muayyan talablar qo‘yiladi:
1. Ilmiy materialini o’rganishning tadqiqotchi tavsiya etgan metodi
respondentlarda fikrlashning dialektik qarashlari, irodaviy xususiyatlari va
xulqining shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtai nazaridan
metod tarbiyaviy tusda bo‘lishi ham mumkin.
2. Tadqiqot metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo‘lishi zarur.
Shundagina tadqiqotchi mazkur metod orqali qanday masalalar
qo‘yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday
masalalarni hal qilib
bo‘lmasligini ko‘ra oladi.
3. Tadqiqotning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.
4. Tadqiqot metodining tushunarliligi o‘quvchi-talabalar uchun qabul
qilinishi va qo‘llanishi, o‘quv materialini o‘rganishning metodi esa
bilimlarni o‘zlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq bo‘lishi shart.
5. Tadqiqotning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir.
6. Bilimlarning puxtaligi va asosliligi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega.
7. Tadqiqot metodida nazariy va amaliy hodisalarni muvofiqligiga
erishmay ham dars o’tib bo’lmaydi.
Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko’zda
tutiladi va shuning
uchun u qandaydir maqsad qo’yishni, ilmga erishish bo’yicha faoliyat metodi ana
shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi.
86
Har qanday faoliyat uning ob’ektini bilishni talab qiladi. Nihoyat, metod maqsadga
olib borishi kerak, aks holda, u qo’ygan maqsad uchun yaroqsizligini, yo
bo’lmasa, bu holatda uning umuman noto’g’ri qo’llanganligini e’tirof etish lozim.
Shunday qilib, har qanday ta’lim metodini qo’llashdan ko’zlangan maqsadni, shu
maqsadni amalga oshirish faoliyatini va faoliyatni
bajarish vositalarini talab
qiladi. Bu vositalar faoliyat ob’ekti to’g’risidagi predmetli yoki aqliy bilimlar,
qo’yilgan maqsadga albatta erishishdan iborat bo’lishi mumkin. Bularning
hammasi ham qanday metodga nisbatan maqsadga muvofiqdir, lekin o’qitish
metodlari uchun etarli emas. Tadqiqot metodlarini quyidagilarga bo’lish mumkin:
— tafakkur, xotira, diqqat va xayolning alohida operasiyalarini
tarkib
toptiradigan va faollashtiradigan metodlar;
— fikrlash
faoliyatida
muammoli
va
izlanishli
vaziyat
larni vujudga keltiradigan metodlar;
— Tadqiqotlarning ilmiy materialini o‘zlashtirishi bilan bog’liq
kechinmalari va hissiyotlarini faollashtiradigan usullar;
— nazorat tadqiqotlarning o’zini-o’zi
nazorat metodlari;
Tadqiqot jarayonida jamoaviy va shaxsiy o’zaro munosabatlarini
boshqarish metodlari;
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tutgan o’z
yo’li, tamoyillari tarbiya jarayonida hali avvalgi keksa avlod oldida turgan yangi
masala va muammolarni yechish uchun zarur bo’ladigan xislat va sifatlar
shakllantirilishini taqozo etadi.
Ijtimoiy zaruriyatdan kelib chiqqan holda, yoshlarga pedagogika
ilmidagi tushunchalar, ta’riflar milliy istiqlol mafkurasiga mos umuminsoniylik
ruhida tushuntirilmog’i maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Albatta, ta’lim va tarbiyada umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy
o’ziga xoslik nisbati, muvozanati alohida ahamiyatga ega. Yana bir tomondan
ta’lim nazariyasini, ta’lim -tarbiya mazmunini, shaklini va uslublarining asosiy
jіhatlari Sharqda ishlab chiqilib, Yevropa orqali o’zgarib, rivojlanib yana Sharqqa
qaytib kelganini va dunyo pedagogik jarayonini bir butunligini hisobga olinsa,
quyidagi tushunchalarda xususiy milliylikdan ko’ra, umuminsoniylik jihatlarining
ko’pligi ko’zga tashlanib turadi. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari
qanchalik to’g’ri qo’llansa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va
takomillashtirish shu darajada yuksaladi. Lekin ilmiy tadqiqot metodlarining aniq
chegaralangan tizimi hozirgacha fanda yaratilgan emas. Pedagog pedagogik
jarayonda o‘z auditoriyasidagi tarbiyalanuvchilarning xarakter-xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda ularning psixologiyasini chuqur o’rganishda bir qator
metodlarni qo’llashi mumіsin. Chunki pedagogning asosiy maqsadi dars
87
jarayonini tarbiyaviy ta’sirini oshirish hisoblanadi. Buning uchun quyidagi
pedagogik ilmiy tekshirish metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1. Adabiyotlarni o’rganish metodi
2. Pedagogik kuzatish metodi.
3. Suhbat metodi (yakka tartibda, guruh bilan).
4. Pedagogik so’rash metodi.
5. Test sinovlari metodi.
6.Ta’lim
muassasasi
hujjatlarini
tahlil
qilish
metodi.
7.Eksperement-tajriba-sinov metodi.
8. Statistika ma’lumotlarinn tahlil qilish metodi.
9. Matematika va kibernetika metodi
10.Modellashtirish metodi.
Ta’lim metodlarini tanlash bilan bir qatorda o‘qituvchi darsdagi talabalarni
yosh va individual xarakter xususiyatlarini o’rganishi hamda tahlil qilishi shart.
Dostları ilə paylaş: