75
____________________________________________________________
3-MODUL
MAKTABGACHA PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING
METODOLOGIK TAMOYILLARI
___________________________________________________________
3.1-mavzu. Maktabgacha pedagogik tadqiqotlarning tamoyillari
Reja:
1. Pedagogik tadqiqotlarning umumiy konkret–metodologik tamoyillari.
2. Shaxsiy-faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv.
Tayanch so’zlar: kasbiy “akme”, akmeologiya, refleksiv
yondoshuv,kompetensiyaviy akmeologik yondoshuv, professionalizm, kasbiy
kompetentlik, akmeogramma
Metodologiyaning pedagogika uchun muhimligi, bir tomondan, fan rivojining
umumiy
xususiyatlari bilan, ikkinchi tomondan, pedagogik
bilimlar rivojining
o‘ziga xosligi bilan,
uchinchi tomondan, bilish bosqichlarining murakkabligi
bilan belgilanadi. U o‘zining rivojlanishi davomida boyib boradi, tajriba orttiradi,
ob’ektiv voqelik hodisasi sifatida tarbiyaning muhim qonuniyatlari va tamoyillarini
ochib beradi.
Pedagogik tadqiqotlarning zamonaviy yo‘nalishlari
dolzarb va amaliy
jihatdan muhim masalalarning yangicha yechimlarini izlab topish jarayonining
tezlashuvi, ayni vaqtda istiqbolli muammolarning
nufuzi oshib borayotganligi
bilan tavsiflanmoqda. Bunda ikki yo‘nalishdagi tadqiqotlar alohida ko‘zga
tashlanadi:
1. Umumiy
xarakterdagi
yirik
tadqiqotlarni
talab
etadigan
keng doiradagi muammoni o‘rganish.
2. Murakkab
pedagogik jarayonlarning ichki, nozik
qirralarini topishga imkon beradigan
tor muammolar yechimiga
qaratilgan chuqur detalli o‘rganish.
Dostları ilə paylaş: