O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki 
faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo’yicha o’zlashtirilgan nazariy bilim va 
amaliy ko’nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o’z 
mohiyatiga ko’ra quyidagi savollardan iborat:
2) 
ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob 
berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar “ha”, “yo’q”, “qisman” yoki “ijobiy”, 
“qoniqarli”, “salbiy” va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali 
savollarga javob beradilar). 
3) to’g’ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o’z 
yondashuvlariga ko’ra to’g’ri deb topgan javob variantini belgilaydilar). 
Test metodini qo’llashda aniqlanishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va 
malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu 
metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo’yicha tahlil etish 
imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod 
ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar 
yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob 
variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o’z fikrini batafsil ifoda 
etish imkoniyaga ega emas.
Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni 
qo’llashdan ko’zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik 
hamda pedagogik yo’nalishlarda o’rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat 


104 
bo’lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g’oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini 
asoslashga xizmat qiladi. 
Bolalar ijodini o’rganish metodi. Mazkur metod o’quvchilarning muayyan 
yo’nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan sohalari bo’yicha 
bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Uni 
qo’llashda o’quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, 
referatlari, hisobotlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi 
shundaki, u ma’lum o’quvchiga xos bo’lgan individual imkoniyatni ko’ra olish, 
baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o’rganishning quyidagi shakllari mavjud:
1) fan olimpiadalari; 
2) turli mavzulardagi tanlovlar; 
3) maktab ko’rgazmalari; 
4) festivallar; 
5) musobaqalar. 
Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib 
ko’rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish 
imkoniyatlarini o’rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning 
kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o’z in’ikosiga ega 
bo’la olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan 
muammo yechimini topishga yo’naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni 
aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan 
foydalangan tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning 
samaradorligini aniqlash hamda unga baho bera olishi zarur. Pedagogik tajriba 
tashkil etilish sharoitiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil etiladi. 
Xususan: 
1) tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; 
2) tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi; 
PEDAGOGIK TAJRIBA 
Tabiiy tajriba 
Laboratoriya tajribasi 
Tajriba ishi 
3- chizma. Pedagogik tajriba turlari 


105 
3) tadqiqot ob’ektlari va usullarining to’g’ri tanlanishi; 
4) tajriba o’tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi; 
5) zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning 
yaratilganligi; 
6) tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta 
ishlash. 
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga 
kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. 
Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda 
tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi, muammo 
holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta 
tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko’rsatkich 
hisoblanadi. Ayni vaqtda, pedagogik yo’nalishda, tadqiqotlar olib borishda 
St’yudent, Kivirlyag, Rokich, V.P.Bespalko hamda V.V.Grechixin metodlaridan 
keng foydalanilmoqda. 
Pedagogika fani o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud 
pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan 
metodlari bilan o‘rganadi.
Demak, zamonaviy pedagogikadaga ilmiy-tadqiqot metodlari pedagogik 
jarayon qatnashchilarini har tomonlama chuqur o‘rganishga, pedagogik 
muammolar yechimini topishga xizmat qiladi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin