Mavzu bo‘yicha muammoli savollar va topshiriqlar: 1.Model yordamida qanday jarayonlar tasvirlanadi?
2.Qachon model yordamida eksperiment o‘tkazish amalga oshiriladi?
3. Modellashtirishda hisoblash texnikasi vositalari va dasturchilar
ishtiroki shartmi, agar shart bo‘lsa aniq misollar keltiring.
4.Formallashtirilgan modellardan qanday jarayonlarni boshqarishda
foydalaniladi?
Tadqiqotchiga mavzu materiallardan ijodiy amaliyotda foydalanishga oid tavsiyalar: • ilmiy tadqiqot ishini olib borishda modellash tadqiqot usulidan
foydalanish tadqiqot ob’ekti va uning tashkiliy -tuzilmaviy ko‘rinishini ifodalash
tili asosida ifodalanishiga imkoniyat yaratadi va unday jarayonni boshqarishni
kafolatlaydi;
• modellash yordamida kuzatish va ko‘rish hamda amalda bajarish mumkin
bo‘lmagan holatlar ustida eksperiment o’tkazishni amalga oshirish mumkin. Ta’lim
jarayonida modellashning imkoniyatlaridan samarali foydalanilsa ijobiy pedagogik
samaralarga erishiladi.
Hayotda uchraydigan barcha masalalarning matematik modelini tasvirlash
ancha murakkab ish hisoblanadi. Chunki, ular turli-tuman bo‘lib, ishlab chiqarishni
boshqarish, tabiat hodisalarining o‘rganish, maishiy xshmat ko‘rsatish, inshootlarni
loyihalashtirish, matnlarni tarjima qilish, mahsulot yetishtirishni rejalashtirish
hamda ko‘proq foyda olish, dars jadvalini tuzish uchun ularga mos matematik
modellar qurish kerak. Demak, matematik modellashtirish masalasini faqat
hisoblash texnikasi bo‘yicha mutaxassislar hamda matematiklar hal etmasdan,
unda turli soha mutaxassislari hamda dasturchilar birgalikda faoliyat ko‘rsatishlari
kerak.
Matematik model o‘rganilayotgan jarayonga aynan mos kelishini test, tajriba
yoki boshqa usullar yordamida amaliyotda tekshirilib ko‘riladi. Bu esa moslik