122
1) Nazariy va metodologik tusga ega tadqiqotlarda ishning ahamiyati –
tadqiqot asosiy natijalarining ilmiy maqolalarda, monografiyalar, darsliklarda e’lon
qilinishida; tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq qilinganligi haqidagi
mualliflik guvohnomalari,
hujjatlarning mavjudligida; tadqiqot natijalarining
ilmiy-amaliy konferensiyalar va simpoziumlarda sinovdan o‘tkazilishida; ilmiy
ishlanmalarning oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlaridagi o’quv
jarayonida
qo’llanilishida; xalq xo’jaligining u yoki boshqa tarmog’ini rivojlantirishga doir
davlat va mintaqaviy dasturlarning ishlab chiqilishida ishtirok etishda;
tadqiqot
natijalarining
yangi
me’yoriy va uslubiy hujjatlarning tayyorlanishida
qo‘llanilishida.
2
) Uslubiy yoki amaliy tusga ega tadqiqotlarda – bu ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy, yuridik tartibga solich va shu kabi tizimlarini
takomillashtirichga doir
takliflar; iqtisodiy mexanizmni, ijtimoiy jarayonlarni boshqarishni va shu kabilarni
takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar; vazirliklar, davlat qo’mitalari,
idoralar,
birlashmalar yoki bochqa manfaatdor tashkilotlarning foydalanishi uchun
tasdiqlangan yoki tavsiya etilgan me’yoriy va uslubiy hujjatlar.
Ishning tuzilishi.
Dissertatsiya ishining kirish, …. (soni) bob, … (soni)
paragraflar,
shuningdek, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, … (soni) manbalar, ...
(soni) ilovalardan iborat ekanligi ko’rsatiladi.
ASOSIY QISM
Dissertatsiya asosiy qismining boblarida o’rganiladigan hodisalar va faktlar
batafsil ko’rib chiqiladi va tahlil qilinadi. Asosiy qism
boblari va paragraflari
matnida sarlavhalar imkoni boricha asosiy so’zlardan (ya’ni asosiy ma’no yukini
tashuvchi) iborat bo’lishi kerak. Bunday so’zlar so’z yuritilayotgan predmetni aks
ettiradi yoki bu predmetning umumiy tavsifnomasini beradi. Uchbu sarlavhalar
aniq, lo’nda bo’lishi va paragraf mazmunini aniq aks ettirishi kerak.
I Bob.
Mavzuning
umumiy nazariy muammolari, shunga o’xshash vazifalarni hal
etish nazariyasi va amaliyoti holatining tahlilini, ma’qul bo’ladigan yechimlarning
ko’niktirilishi ehtimoli uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish natijalarini
o‘z ichiga oladi. Bu bobda dissertant deduksiyadan foydalanib, umumiydan
xususiyga qarab ilmiy tadqiqot o’tkazadi, bunda xususiy
hollarning butun bir
turkumidan bunday hollarning butun jami uchun umumlashtirilgan xulosa
chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: