Magistrlik dissertatsiyasi rejasining tuzilishi
Birinchisi — tanlangan mavzuni boshlang’ich
asos qilib olish va uning asosida maqsad va
Ikkinchisi
—
to’plangan
materialga
asoslanish,
uning
variantlar
117
Magistrlik dissertatsiyasi rejasining tuzilmasi va mazmuniy ko’rsatkichlari
Kirish - mavzu va uning ahamiyatining asoslanishi, nima uchun ayni shu
mavzuning tanlangani, unga qiziqish nima bilan bog’liqligi sabablari izohini o’z
ichiga oladi. So’ngra tanlangan mavzu bo’yicha adabiyotlar sharhi beriladi.
Kirishda muallif o’z oldiga qo’ygan maqsad va bu maqsadni amalga
oshirishga xizmat qiladigan vazifalar aniq ifodalanadi, muammoni hal etish
metodologiyasi ko’rsatiladi.
Asosiy qism. Uch bo‘limdan iborat bo’ladi:
a) muammoning nazariy fikrdan o’tkazilishi;
b) asosiy qismning birinchi bo’limida bayon qilingan nazariyani dalillar
asosida tasdiqlaydigan empirik, faktik materialning bayon qilinishi; iqtisodiy
amaliyotni tahlil etish va muammolarni ilgari surish;
v) muallifning tadqiqot muammosini hal etish bo‘yicha tavsiyalari.
Xulosa Muammo ustidagi mushohada natijalari, ich muallifi chiqargan
xulosalar, shuningdek bunday xulosalarning amaliyot uchun yoki muammoning
keyingi o’rganilishi uchun ahamiyatining baholanishini o’z ichiga oladi.
Rejaga talablar:
a) masalalar tanlangan mavzuga muvofiq bo’lichi va uning doirasidan chetga
chiqmasligi kerak;
b) mavzu masalalari mantiqiy izchillikda joylashishi kerak;
v) rejaga tadqiqotning asosiy jihatlarini aks ettiradigan mavzu masalalari
kiritilishi kerak;
g) mavzu har tomonlama tadqiq qilinishi lozim.
Rejalashtirish turlari
• Ishchi rejasi – tadqiqotning qoralama nusxasi, u keyinchalik aniq
belgilarga ega bo’ladi.Izchil bo’limlar o’rtasidagi mantiqiy bog’lanish ishchi
rejasining yaroqliligining zaruriy shartidir.
|