4.2.Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirich va himoya qilish Dissertatsiya ishining muayyan kompozitsion tuzilishi an’anaviy tarzda qaror
topgan, uning asosiy elementlari quyidagi tartibda joylashgan bo’ladi:
1. Titul varag’i
2. Mundarija
3. Kirish
4. Asosiy qism (3 bob)
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
7. Ilovalar.
Titul varag’i va mundarija Titul varag’i dissertatsiya ishining birinchi sahifasi hisoblanadi va qat’iy
belgilangan qoidalar bo’yicha to’ldiriladi. Titul varag’idan keyin mundarija joylashtiriladi. Boblar va paragraflarning
shu yerda ko’rsatilgan nomlari, shuningdek, ularning izchilligi dissertatsiya matni
va dissertatsiyaning mantiqiy sxemasiga mutlaqo mos bo’lishi kerak.
Kirishda dissertatsiya tadqiqotining metodologik apparati o’z aksini topadi. U
himoyaga tayyorlangan dissertatsiya ishining keng annotatsiyasi shaklida
rasmiylashtiriladi.
Kirich odatda dissertatsiya umumiy hajmining 10-15% ni tashkil etadi.
Kirishda quyidagilar aks ettiriladi:
Tadqiqot mavzuining dolzarbligi. Dissertatsiyaning kompozitsion tuzilishi nuqtai nazaridan olganda mavzu
dolzarbligining asoslanishi kirish qismining taxminan bir sahifasini egallashi va
uchbu mavzuga nima uchun ayni hozir murojaat qilishning maqsadga muvofiqligi,
ilmiy va amaliy zarurat nimadan iboratligi, tadqiqot predmeti haqidagi hozirgi
ilmiy tasavvurlarning qanday holatda ekanligi izohlab berilishi kerak.
Tadqiqot maqsadlari va vazifalari.
Bu dissertatsiya tadqiqotining strategiyasi va taktikasidir. Dissertatsiya
tadqiqotining maqsadini ifodalashda shuni nazarda tutish kerakki, dissertatsiya
uchinchi bobining nomi va mazmuni maqsadni ochib berishi lozim. Vazifalarning
sanab o’tilishi implitsit ravishda butun ish matnining rejasi va ichki mantig’ini
beradi.