121 Muammoning ishlab chiqilganlik darajasi. Bu yerda ushbu muammoning turli jihatlari bilan shug’ullangan
mamlakatdagi va chet ellardagi olimlarni sanab o’tish, yetarli darajada
yoritilmagan masalalarni qayd qilish kerak. Muallif mavzuni yaxshi
o’zlashtirganligi, ilmiy matnlar va bibliografik material bilan ishlash uslubini
egallaganligini
namoyish
etishi,
bundan
oldingi
tadqiqotchilar
va
zamondoshlarning bu muammo yechimiga qo’shgan hissasini to’g’ri baholay
olishini tasdiqlahhi lozim.
Mabodo bu muammo yetarli darajada yaxshi o’rganilgan bo’lsa, unda mazkur muammoga mavjud nuqtai nazarlarning tasnifini taklif qilish yanada yaxshi bo’ladi. Agar muammo yaxshi o’rganilmagan, olimlarning diqqatini o’ziga jalb etmagan bo’lsa, unda buni qayd qilib o’tish kerak bo’ladi, chunki bunda ijod qilish imkoniyati yanada kengayadi. Pirovard natijada adabiyotlar tahlili ayni shu mavzuning hali ochib
berilmaganligi (yoki faqat qisman ochib berilganligi yoki boshqa jihatdan ochib
berilganligi) va shuning uchun bundan keyin ishlab chiqilishi zarurligi to’g’risidagi
xulosaga olib kelishi kerak.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Bu yerda tadqiqot jarayonida asosiy xulosa sifatida olingan, to’g’ri qo’yilgan
masaladan va bu masalaga javob beradigan tadqiq etilgan zaruriy va yetarli
holatlardan mantiqan kelib chiqadigan fikrlar qisqacha bayon qilinadi. Bu
aniqlangan yangi fakt, qo’yilgan vazifaning asosli yechimi, yangi ma’lumotlarning
ilmiy muomalaga olib kirilishi, ma’lum faktning yangicha sharoitlar uchun
tasdiqlashi bo’lishi mumkin. Yangilikni olingan natijani ma’lum bo’lgan natijalar
bilan solishtirish orqali ko’rgazmali tarzda ko’rsatish ham mumkin.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqot ob’ekti va predmeti o’zaro bir-biri bilan umumiy va xususiy sifatida
o’zaro nisbatda bo‘ladi. Ob’yektda uning tadqiqot predmeti bo’lib xizmat qiladigan
qismi ajratib ko’rsatiladi. Dissertantning asosiy e’tibori ayni shu narsaga qaratiladi,
aynan tadqiqot predmeti dissertatsiya ishining titul varag’ida sarlavha sifatida
ifodalangan mavzuini belgilaydi.