124
Ba’zan ish nomini o’zgartirishga ham to’g’ri keladi, lekin bunday holda uni
(yangi nomni) rahbar bilan kelishib olish zarur.
XULOSA
Dissertatsiya ishi o’tkazilgan tadqiqot natijasi aks
ettiriladigan xulosa bilan
yakunlanadi. Magistrlik dissertatsiyasining bu bo’limi odatda umumiy ish
hajmining 10-15% ni tashkil etadi.
Dissertatsiya ishida uning ayrim boblari ham xulosalar
va takliflar bilan
yakunlanishi mumkin, lekin ularning eng muhimlari butun ishning oxirida,
«Xulosa» bo’limida aks ettirilishi kerak. Olingan natija
bu xulosalar sifatida
ifodalanadigan vazifalar yechimidir.
Xulosa o’tkazilgan tadqiqot mantiqi bilan bog’liq bo’lgan xotima rolini
bajarib, u asosiy qismda to’plangan ilmiy axborotlar sintezi shaklida bo‘ladi.
Bunday sintez
olingan yakunlarning izchil, mantiqiy tekis bayoni va ularning
kirishda qo’yilgan va ifodalangan umumiy maqsad va aniq vazifalar bilan o’zaro
nisbatidir.
Demak, dissertatsiyaning yakunlovchi qismi o’tkazilgan
tadqiqotdan olingan
natijalarning oddiy bir ro’yxati emas, balki ularning yakuniy sintezidir, ya’ni ish
muallifining muammoni o’rganish va hal etishga kiritgan yangilikning ifodasidir.
Dostları ilə paylaş: