128
Ishda foydalanilgan adabiyotlarning bibliografik ro’yxati ishning oxirida
joylashtiriladi.
Adabiyotlar
bibliografik
bayonda
quyidagi
izchillikda
joylashtiriladi:
• qonunlar, me’yoriy-uslubiy hujjatlar va materiallar;
• mamlakatimizda va chet ellarda bosilgan ilmiy adabiyotlar (darsliklar,
o’quv qo’llanmalari,
monografiyalar, ilmiy maqolalar, ilmiy broshyuralar va
hokazo);
•
statistik, yo’riqnomaviy materiallar va tashkilotlar va korxonalar
hisobotlari;
• internet – resurslar.
Har bir boshlang’ich manbalar bo’yicha quyidagilar ko’rsatiladi:
• muallif familiyasi, so’ngra uning ismi-sharifi;
•
kitob nomi;
• shahar nomi;
• nashriyot nomi;
• bosilgan yili.
Agar kitob mualliflari uch va undan ortiq kishilardan iborat bo’lsa, unda
birinchi muallifning familiyasi, ismi-sharifini ko’rsatib, so’ngra “va boshqalar” deb
qo’yish ham mumkin.
Shaharlar nomlari qisqartirmasdan bosh kelishikda yoziladi. Moskva,
Leningrad, Sankt-Peterburg va Toshkent kabi shaharlar
nomlarini qisqartirib
yozish mumkin: Moskva - M., Leningrad - L., Sankt-Peterburg - SP., Toshkent - T.
Agar kitob ikki shaharda bosilgan bo’lsa, unda ikkalasi ham yoziladi, masalan, M.,
L.
Agar kitobni ikki nashriyot chiqargan bo’lsa, unda har ikkala nashriyot nomi
ham yoziladi, masalan: T.: «Fan», «Ekonomika».
Davriy matbuot haqidagi ma’lumotlarda quyidagilar ko’rsatiladi:
• muallifning familiyasi, ismi-sharifi;
• maqola nomi;
•
jurnal yoki gazeta nomi;
• seriya nomi;
• jurnal yoki gazetaning bosilgan yili;
• jurnal yoki gazeta jildi va raqami;
• sahifa raqami.
Ilmiy izlanish hisobotlarini bayon qilishda quyidagilar ko’rsatiladi: hisobot
nomi (so’ngra, qavs ichida «hisobot» so’zi yoziladi);
hisobotni chiqargan
tashkilotning shifri, inventar raqami, nomi, ilmiy rahbarning familiyasi, ismi-
sharifi, hisobotning chiqarilgan joyi, yili va sahifalari soni.