131 Tadqiqot vazifalari Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ijtimoiy-pedagogik zaruriyat ekanligini nazariy-
empirik jihatdan asoslash;
Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash borasidagi xalqaro tajribani tahlil qilish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarni faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari va pedagogik-
psixologik imkoniyatlarini tavsiflash;
Bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash
modelini ishlab chiqish;
Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-
axloqiy tarbiyalashga yo’naltirilgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish;
Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish;
Tadqiqot ob’ekti sifatida maktabgacha katta va tayyorlov guruh yoshidagi
bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning
pedagogik jarayonlari bo’lib, Namangan, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridagi (jami
7 ta) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borildi.
Tadqiqot predmeti maktabgacha
yoshdagi
bolalar
faoliyatini
integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni, nazariy-
pedagogik tizimi.
Tadqiqot usullari Tadqiqot jarayonida ko’zlangan maqsadlarga erishish va
qo’yilgan vazifalar yechimini topish uchun pedagogik kuzatuv, tanqidiy-qiyosiy
tahlil, so’rovnoma, test, matematik-statistik tahlil, natijalarni umumlashtirish
usullaridan kompleks foydalanildi
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning baholash mezonlari va xaritasi, indeksi orqali
aniklashtirilgan;
xalqaro tajribalardagi maktabgacha yoshdagi bolalar integrallashgan
faoliyatning kontseptual yo’nalishlarini komparativ tahlili asosida bolalar
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mexanizmi takomillashtirilgan;
bolalar faoliyatining ma’naviy-axloqiy tarbiya vositasida rivojlantirish
modeli sub’ektlar faoliyati (o’yin, ijtimoiy, bilish, mehnat)ga oid xaritalar,
integrativ-variativ dasturlari mazmuni asosida takomillashtirilan;
maktabgacha yoshdagibolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladigan (“Ilk qadam” davlat o’quv dasturi
132 asosida ilg’or tajribalar, badiiy adabiyotlarni o’rganish, umumlashtirish va ulardan
foydalanish yo’llarini ishlab chikilgan;