O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

II Bob.


123 
Dissertant bu yerda magistrlik dissertatsiyasini ishlab chiqish uchun asos qilib 
olingan korxona, tashkilot va birlashmaning qisqacha tavsifnomasini beradi, nima 
yuz berganligi, nima uchun boshqacha emas, aynan shunday bo‘lganligi, qaysi 
omillar qanday ta’sir qilganligini anglab olishga harakat qiladi. Umumlashmalar, 
xulosalarni tahlil, dalillarni ishlab chiqish jarayonidan ajratish amalda mumkin 
bo’lmaydi. Shunga qaramasdan, tahlil bilan umumlashma ajralib turadi. 
Tegishli paragraflarda quyidagilar mantiqiy izchillikda joylashtiriladi: 
tadqiqot ob’ektining funksiyalari, vazifalari va yo‘nalishi, tashkiliy tuzilmasi, 
boshqarish tizimi, uning tashqi va ichki omillarining o’ziga xos xususiyatlari, 
tadqiqot ob’ektining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari. O’tkazilgan tahlil asosida 
tadqiqot ob’ektidagi mavjud kamchiliklar va muammolar aniqlanadi. 
Shunday qilib, o’rganiladigan hodisalar va faktlar batafsil ko‘rib chiqiladi 
va tahlil qilinadi, tadqiqotning uslubiyoti va texnikasi bayon qilinadi. Bu yerda 
faktlarni ishlash va bir tizimga solishga alohida e’tibor qaratiladi. Fakt muayyan 
«faktik bilim» sifatida ko’rib chiqiladiki, uning funksiyalarini butun ilmiy bilishda 
ilmiy tadqiqot mantiqi aniqlashi kerak bo‘ladi. Faktlar qo’yilgan vazifani hal etish 
uchun yig’iladi. Shuning uchun yig’ilgan faktlar soni muayyan ma’noda optimal 
bo’lishi kerak. Faktlarni tahlil etish jarayoni – bu xususiy xulosalarning uzluksiz 
tizimi bo’lib, ular birlashib, muayyan manzarani hosil qiladi. Butunni qismlarga 
ajratish, elementlarni o’rganish bilan dissertant uzluksiz ravichda umumlashtiradi. 
U predmet, vaziyatni ko’rib chiqqanida umumlashma chiqaradi, buning orqasida 
nima turishini qayd qiladi. Bobning har bir paragrafi bayon qilingan material 
yuzasidan umumlashmalar bilan yakunlanishi lozim.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin