110
o‘xshashlik koeffisientini aniq bilish va shu asosda xulosa chiqarish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
O’xshashlikning ushbu metodi modellash metodiga asos qilib olingan. Bu
borada «Ilmiy modellash» (8.1.) va «Modellash yordamida baholash» (8.4.) nomli
mavzularda yetarlicha ma’lumot berildi. Ushbu ishimizning mazkur qismida ularga
misol keltirish bilan kifoyalanamiz.
1. O’qitishni harakatchan model yordamida boshqarish
O‘qituvchida shakllangan bilim, ko‘nikma va malaka (BKM), o‘qitish
vositalari
hamda qurollari, ilg‘or pedagogik texnologiyalar (IPT) va boshqa
mavjud imkoniyatlarini maqsadga muvofiq yo’naltira olish qobiliyatlari hamda
Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari asosida ta’lim
oluvchiga nisbatan
ta’limning aniq maqsadini belgilab olish mumkin. Bu o’z navbatida IPTni qo‘llash
jarayoni rejasini iishab chiqishga, ya’ni tadqiqot vazifalarini belgilab olishga olib
keladi. Belgilangan maqsad va vazifalarni e’tiborga olgan holda o’qitishning
harakatchan modeli (O‘HM) yaratiladi. O‘HMni yaratish ta’lim texnologiyasining
asosiy talablaridan biridir. O’HM o’qitishni boshqarish
tizimining asosiy
rostlagichi hisoblanadi, ya’ni o’qitish tizimini boshqarishning sifat ko’rsatkichi,
harakatchan model ko’rinishi, yo’nalishi va funksiyasiga qarab o’zgarib, rostlanib
boradi. O’HM ko’rsatkichlari (parametrlari) quyidagi tamoyillar asosida o’z
vazifalarini yo’nalishi uchun o’rinlidir. Undagi bayon qilingan ketma-ketlikdan
ixtiyoriy ta’lim yo’nalishida foydalanish mumkin. Bu ta’lim
texnologiyasida
samaradorlikni aniqlash mezoni an’anaviy ta’lim texnologiyasi bilan O’HM ta’lim
texnologiyasi solishtiriladi va natijalar uch xil ko’rinishda xulosalandi va tavsiyalar
beriladi.
Dostları ilə paylaş: