O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

89 
Zero, shaxs tarbiyasidek murakkab jarayonga hech qachon e’tiborsiz bo’lmaslik 
zarur. 
Mavzu bo‘yicha muammoli savollar va topshiriqlar: 
1. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari qanday turlarga ajratiladi? 
2. Pedagogik kuzatish qanday maqsadda qo’llaniladi? 
3. Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish metodiga ta’rif bering? 
 
3.4-MAVZU. ADABIYOTLAR, ARXIV MATERIALLARINI 
O‘RGANISH
Reja: 
1. 
Pedagogik kuzatish metodi.

Suhbat metodi va uni o‘tkazish metodikasi. 

Anketa metodi va uni o‘tkazish metodikasi 
Tayanch so’zlar: darslik, suhbat, suhbat turlari, tushuntirish, anketa, 
pedagogik kuzatish metodi, test, ochiq va yopiq testlar,matematik-statistik metod. 
O’quv adabiyotlari orasida darslik alohida o’rin tutadi. Darslik muayyan 
o’quv fani bo’yicha ta’lim maqsadi, o’quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq 
belgilangan ilmiy bilimlari to’g’risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba bo’lib, u 
mazmuni va tuzilishiga ko’ra fan bo’yicha yaratilgan o’quv dasturiga mos keladi. 
Namunaviy o’quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq holda 
Respublika Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan barcha 
maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etiladi. 
G’oyaviy va metodik jihatdan mukammal bo’lgan darslik ta’lim mazmuniga 
qo’yiladigan barcha talablarga javob bera olishi, o’quvchilar uchun qiziqarli, iloji 
boricha qisqa, tushunarli, ko’rgazmalilik nuqtai nazaridan estetik xususiyatga ega 
bo’lishi kerak. Darslik bir vaqtning o’zida ham barqaror, ham qulay tarkibiy 
tuzilmaga ega bo’lishi kerak. Darslik barqarorligiga ko’ra mustahkam asosga ega, 
mobilligiga ko’ra ega asosiy tuzilmaga daxl etmagan holda yangi bilimlarni 
tezlikda kiritish imkoniyatini namoyon etadi. Ularga qo’yiladigan talablar turli-
tuman va qarama-qarshi bo’lib, mukammal darsliklarning yetishmovchiligi doimo 
his etiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muqobil, parallel darsliklar nashr 
etiladi, shu sababli o’qituvchilar va o’quvchilar ular orasidan eng yaxshilarini 
tanlab olish imkoniyatiga egalar. Darslik o’quvchilarning ta’lim jarayonida ongli 
ravishda va faol ishtirok etishlari, o’quv materialini to’la o’zlashtirishlarini 


90 
ta’minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish yo’lida darsliklar quyidagi 
vazifalarni bajaradi: 
Motivatsion vazifa - bu vazifa o’quvchilarni ushbu fanni o’rganishga 
yo’naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi 
rag’bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat; 
Axborot vazifasi o’quvchilarga axborotlarni yetkazish, samarali usullar 
yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi; 
Nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta’lim jarayoni, uning natijalarini 
tekshirish, o’quvchilarda o’zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo’lgan 
ko’nikma, malakalarni shakllantirish uchun o’rganish mashqlarini tavsiya etishni 
nazarda tutadi. 
Muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta’limning 
boshqa vositalari (xaritalar, ko’rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb 
etishni ifodalaydi; 
Rivojlantiruvchi–tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining o’quvchilarga 
ma’naviy-axloqiy ta’sir ko’rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan 
mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan 
iborat; 
O’qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur 
bo’lgan konspekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko’rsatish, mantiqiy 
eslab qolish kabi malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida 
ko’zga tashlanadi. 
Ta’lim mazmuni o’quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli 
xil o’quv qo’llanmalari: adabiyot va tarix xrestomatiyalari, izohli lug’atlar, 
matematika, fizika, ximiya bo’yicha masalalar to’plamlari, georafiya, biologiya 
bo’yicha atlaslar, til bo’yicha mashqlar to’plamlari va boshqalarda ochib beriladi. 
O’quv qo’llanmalari darslikning ba’zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni 
hal etish maqsadiga ega bo’ladi (axborot, mashq qilish, tekshirish). 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin